Yakuniy test (6-sinf) Quyidagilarni



Download 19,71 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi19,71 Kb.
#952382
Bog'liq
Yakuniy test


Yakuniy test (6-sinf)
1.Quyidagilarni davrlari bilan bir-biriga muvofiqlikda joylashtiring? 1. So’nggi paleolit 2. Neolit 3.Eneolit
a. doimiy turar joylar b. turar joylar qurilishi c. paxsa imoratlar qurilishi d. ko’p xonali uylar
A. 1-a,c 2-b 3-d B. 1-b 2-a,c 3-d
C. 1-c 2-d 3-a,c D. 1-d, 2-a,c 3-b
2. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davrida “qizilqoshlilar” qo’zg’oloni bo’lib o’tdi? A)Sin B)Shan C)Chjou D)Xan
3. Qayerda yasalgan mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug`i o`zga yurtlarga ham tarqalgan edi? A)Xorazm D)Baqtriya C)Hindiston D)Mesopotamiya 4. Doro I hukmronligining nechanchi yilida Marafon jangi sodir bo`ldi? A)22 B)32 C)36 D)28
5. Quyidagilardan to`g`ri javobni belgilang. A)Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan
B)Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga Suza saroy devorlariga o`yib yozilgan
C)Ekbatan shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo`lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan D)Midiyada jahonda qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan
6.Rim shahriga asos solinishi va Rim imperiyasining tashkil topishi orasida necha yil farq bor? A)244 yil B)322 yil C)648 yil D)724 y
7.Quyidagi qaysi tarixiy davrda asta-sekin urug` jamoalarining manzilgohlari shakllanib borgan?
A)so`nggi paleolit B)mezolit C)neolit D)eneolit
8. Qadimda makedonlar va yunonlar o'rtasida bo'lib o'tgan Xeroniya jangidan 10 yil o-'tgandan so'ng ...
A) Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi janggi bo 'lib o'tdi B)Aleksandrning sharqqa yurishlari boshlandi C)Aleksandr Maroqandani egalladi D)Aleksandr Fors davlatini zabt etdi. 9.Mil.avv XI asrda Falastinda … A)Tir-Sidon podsholigi vujudga keldi B)22 undosh harifdan iborat bo’lgan alifbo yaratildi C)Isroil davlati vujudga keldi D)ishlab chiqarish yuksalib davlat gullab-yashnadi
10.Qaysi hukmdorlar davrida o’z mamlakatlari gullab yashnagan, ravnaq topgan ? 1.Solon 2.Drakont 3.Ashoka 4.Kiaksar 5.Oshshurbanapal 6.Perikl 7.Kanishka 8.Sarduri I 9.Chandragupta 10.U Di 11.Kir II 12.Kambiz A)1,3,5,7,9,11 B)2,3,4,6,8,10 C)1,2,5,9,11,12 D)3,4,6,7,10
11.Yunon-Eron urushi tarkibidagi Marafon jangidan 10yil o'tgandan so'ng - ...
1) Fermopil jangi bolib o 'tdi 2) Plateya shahri yaqinida yunonlar tomonidan forslar qo 'shini tor-mor keltirildi 3) Ahamoniylar davlatida Kserks hukmronligi boshlandi 4) Misrda eroniylarga qarshi qo 'zg 'olon boshlandi 5) Leonid boshchiligida "Uch yuz spartaliklar jasorati" yuz berdi 6)yunonlar va forslar o'rtasida Salamin bo'g'ozida hal qiluvchi dengiz jangi bo 'lib o 'tdi 7) Sparta va Aflna o 'rtasidagi Peloponnes urushi boshlandi 8) Kserks qo 'shini Shimliy Yunonistonni egallaydi. A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,7,8 C) 2,3,4,6,8 D) 1, 5, 6, 8
12. Salavka ... davlat hukmdori bo'ldi.
A) Aleksandrning xohishi bilan B) Bobilda bo'lib o'tgan xalq yig'inining qarori bilan C) uzoq davom etgan o'zaro urushlardan keyin D) mahalliy aholini o'z tomoniga og'dirish bilan
13. Kimning hukmronligi davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko’rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi? A) Kanishka B) Vima Kadfiz C) Kudzula Kadfiz D) Vasudeva
14. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi ro’y bergan asrda bo’lgan voqealarni toping.
1.Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oldi 2.Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozib, amalga kiritdi 3.Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib oldilar 4.Afina eng qudratli davlatga aylanib, demokratiya ravnaq topdi 5.O’rta Osiyo hududida Qadimgi Baqtriya davlati vujudga keldi 6.Misr yagona davlatga birlashdi.
A)1,2,3,4 B)1,3,5 C)1,2,4 D)1,2,5,6
15. Quyidagi mulohazalarning qaysi biri notog’ri?
A. 12 jadval qonunlari asosan plebeylar va patritsiy tengsizligini qonunlashtirgan. B. Kushon podsholigi davrida Hindiston, Xitoy, Rim imperiyalari bilan savdo va elchilik aloqalari yo’lga qo’ilgan. C. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, savdo sotiq yuksak darajada rivojlangan. D. Ahamoniylar davlatida davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan strategy shug’ullangan.
16.Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang?
1. O’rta Osiyoda zardushtiylik dinining vujudga kelishi 2. Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning tashkil topishi. 3. O’rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi 4. Old Osiyoda chorvachilik vujudga keldi
a) eneolit b) bronza c) mezolit d) temir
A.1-b 2-a 3-d 4-c B. 1-a 2-c 3-d 4-b C. 1-d 2-a 3-c 4-b D. 1-d 2-a 3-b 4-c
17. O’tmishdagi ulug’vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan inshootni toping. A)Kolizey B)Panteon C)Parfenon D)Piramida
18. Quyidagi voqealarning qaysi biri nisbatan keyinroq yuz bergan?
A) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratildi
B) Xett podsholigi tashkil topdi
C) Doriylar tomonidan Sparta davlatiga asos solindi
D)Isroil podsholigi vujudga keldi
19Quyidagilardan o’rta paleolit davriga oidlarini toping? 1.neandertal odam 2. Teshiktosh g’ori 3. Buyuk muzlik davrining boshlanishi 4. Turar joylar qurishning boshlanishi 5. Ilk diniy tasavvurlarning vujudga kelishi
A. 1,2,4 B. 2,3,5 C. 1,2,5 D. 3,4
20.Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan paytda O’rta Osiyo janubida…
1)xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi 2)sug’orma dehqonchilik vujudga kela boshladi 3)xom g’shtdan bir xonali uykar qurila boshlandi 4)pishiq g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi 5)idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi
A)1,2,3 B)1,3,5 C)1,2,5 D)2,4,5
21. Guyshuan Kushon davlatiga asos solgan asrda bo’lgan voqealarni toping?
1. Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi 2. Rim eng yirik va aholisi ko’p davlatga aylandi 3. Strabon yashab ijod qilgan 4. Xristianlik vujudga keldi 5. Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylandi 6. Xorazmda taqvim yaratildi 7.Iso tug’ildi
A. 1,3,5,6 B. 2,4,6,7 C. 2,4,5,7 D. 2,3,5
22. ”Avesto”da keltirilgan tarixiy atamalarni mazmuni bilan mos keluvchi javob variantini toping.
1)zantu 2)varzana 3)nmana 4)vis 5)dah’yu
a)urug’ jamoasi b)katta patriarxal oila c)qabilalar ittifoqi d)qabila e)hududiy qo’shnichilik jamoasi
A)1a,2b,3c,4d,5e B)1d,2a,3b,4c,5e C)1e,2d,3c,4b,5a D)1d,2e,3b,4a,5c
23. Kserks armiyasidagi eng yaxshi suvoriylar qaysi xalq vakillari bo’lishgan?
1.so’g’dlar 2.xorazmiylar 3.saklar 4.massagetlar 5.baqtriyaliklar
A)1,3,4 B)2,3,5 C)1,2 D)3,5
24. 1.Dionis 2.Geya 3.Demetra 4.Artemida 5.Gefest
a)temirchilikva hunarmandchilik xudosi b)Yer ilohasi c)o’rmonlar va ovchilik xudosi d)sharob xudosi e)dehqonchilik va hosildorlik ilohasi
A)1a,2b,3c,4d,5e B)1e,2d,3c,4b,5a C)1d,2b,3e,4c,5a
D)1c,2d,3a,4b,5e
25. To’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratib ularni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab bergan yunon olimini toping.
A)Demokrit B)Geraklit C)Aristotel D)Arximed
Quyida nomlari keltirilgan yunon xudolarini ularning vazifalari bilan mos keluvchi javob variantini toping.
26. Yunon-fors urushlarida sodir bo’lgan janglarning qaysi birida forslar g’alaba qozongan?
A)Marafon jangida B)Fermopil jangida C)Salamin jangida D)Plateya jangida
27.Finikiyaliklar qo’shnilariga qanday mahsulotlar sotishgan?
A.yog’och, metallar, gazlama B. metall, qul, don C. g’alla, metall, gazlama D. g’alla, qul, metall
28.Chorvachilik va dehqonchilik qaysi davrning eng kata ixtirosi hisoblanadi?
A. bronza B. eneolit C.neolit D.temir
29. Bir vaqtda bo’lgan voqealarni toping?
1. O’rta Osiyoda temirdan ilk mehnat qurollari yasalgan 2. Chjou davlatining markaziy zaiflashadi boshladi 3.Urartu davlati gullab yashnadi 4. Buyuk yunon koloniyalashtirish davri 5. “Avesto”ning ilk qismi pado bo’lgan
A.1,2,5 B. 2,3,4 C.1,3,5 D.2,4,5
30. Finikiyada alifbo yaratilganidan necha asr o’tib yunonlar uni o’zlashtiradi?
A. 1 B. 3 C.4 D. 2
31. Xitoyda “sariq ro’mollilar” qo’zg’aloni bo’lgan davrda yashagan tarixchini toping?
A. Strabon B. K.K. Ruf C. Arrian D.Poliyen
32.Qaysi davrga kelib qabilalar o’troq turmush tarziga o’tadi?
A. neolit B. eneolit C. bronza D. mezolit
33. Isroil podsholigi hozirgi qaysi davlat hududida tashkil topgan edi?
A. Falastin B. Suriya C. Livan D. Armaniston
34. O’z davlatida cheklanmagan hokimyatga ega bo’lgan lavozimlarni toping?
1. Satrap 2. Strateg 3.Diktator 4. Liktor 5.Prokonsul
A. 1,3,5 B. 2,3 C.1, 2,3 D. 1,4,5
35.Finikiyaliklarning Tir,Sidon, Ugarit singari dengiz bo’yi shaharlari qaysi dengiz bo’yida vujudga kelgan edi?
A. Qora dengizi B. O’rtayer dengizi C. Egey dengizi D. Sariq dengiz
36. Makedoniyalik Aleksandr O”rta Osiyoga qilgan yurishlari natijasida qaysi hududlarni bosib ololmadi? 1)Xorazm 2)Marg’iyona 3)Baqtriya 4)Toshkent 5)Farg’ona 6)So’g’diyona 7)Bekobod 8)Xo’jand A)1,3,5 ,8 B)1,2,4 C)2,3,6 ,7 D)1,4,5
37.Kushon davlatida kimning hukmronligi davrida Hindiston , Xitoy, Rim bilan savdo va elchilik munosabatlari yo’lga qo’yilgan?
A. K.Kadfiz B. Vima Kadfiz C. Kanishka D.Guyshuan 38.Quyidagi qaysi shaharchalar xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan edi? A)Dalvarzintepa, Eski Termiz B)Qiziltepa, Afrosiyob C)Zartepa, Qoratepa D)Ko’zaliqir, Qal’aliqir
39.Makedoniyalik Aleksandr qanday maqsadda Aleksandriya Esxatani qurdiradi? A)o’z qo’shinlari orqasini mustahkamlash maqsadida B)Spitamen isyonini bostirish maqsadida C)saklar qarshi kurash uchun D)o’z qo’shinlarini joylashtirish uchun
40. Xronolоgik хatoni toping. А) Milоddan avvalgi V-IV аsrlаrdа O’rta Osiуo hududidа dаstlаbki tаnga pullar tarqаlgan B) Miloddаn аvvalgi IV аsrda sаklar, massagetlar, va xorazmiylar Аhamoniylar davlati tarkibidan chiqib, mustaqil bo’ldilar C) Oybo’yirqal'а уodgorligi milоddаn аvvаlgi IV-III asrlar bilan belgilanadi D)Miloddаn avvalgi II-I asrlardа Farg’onа уuqori taraqqiу еtgаn
41. Oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari qaysi yodgorlikdan topilgan? A)Qadimgi Termiz B)Dalvarzintepa C)Surxko’tal D)Ayritom
42. Hindistonning ma’lum hududlarini o’z davlati tarkibiga qo’shib olgan hukmdorlarni toping. A)Kudzula Kadfiz, Vima Kadfiz B)Diodot, Makedoniyalik Aleksandr C)Mitridat I , Yevtidem D)Kanishka, Demetriy
43. Qadimgi Rim qonunchiligi … A)”12 jadval qonunlari”dan iborat edi B)asosan patritsiylar manfaatini himoya qilgan C)asosan plebeylar manfaatini himoya qilgan D)og`zaki qonunlarga asoslangan edi
44. Mil.avv III asr o`rtalarida Karfagen davlati qaysi hududlarni o`z ichiga olgan edi? 1.Shimoliy Afrika 2.Misr 3.Kichik Osiyo 4.Sitsiliya 5.Sardiniya 6.Korsika A)1,5,6 B)2,3,4 C)1,3,4,5 D)1,4,5,6
45. Misr yana yagona davlatga birlashganidan qancha vaqt o`tib Rim imperiyasining “oltin asri” sodir bo`ldi?
A) 7 asr B) 3 asr C)9 asr D)11 asr
46. Quyidagilardan bir xil vazifani bajaruvchi xudolarni toping. 1.Maat, Yustitsiya, Femida, Shamash 2.Tot, Ganesha, Afina 3.Osiris, Indra, Dionis 4.Ptax, Poseydon, Neptun 5.Xatxor, Diana, Artemida A)1,2 B)2,5 C)1,3,4 D)1,3
47. Xitoyda Sin Shixuandi hukmronligi boshlanganidan 30 yil o`tgach … A)rimliklar tomonidan Karfagen vayron qilindi B)Spartak qo`zg`oloni boshlandi C)Xitoyda Sin sulolasiga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi D)karfagenliklar tomonidan Kann yaqinida rimliklar armiyasi tor-mor qilindi
48.Magadha, Malla, Koshala davlatlari vujudga kelgan asrlarni toping? A. VII-V asrlar B. mil.avvVII-VI asrlar C.mil.avv VI-V asrlar D. mil.avv VIII-VII asrlar
49. Makedoniyalik Aleksandr fors podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor keltirganidan 660 yil o’tgach . . .
A)Rim shahriga asos solindi B)Rimda respublika o’rnatildi C)G’arbiy Rim imperiyasi quladi D)Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo’g’ozidagi Vizantiy shahri e’lon qilindi
50.Quyidagi voqealarning qaysi biri “buyuk yunon koloniyalashtirishi” davri nihoyasiga yetgan asrda yuz bergan?
A. Buddaviylik dini vujudga keldi B. Yangi Bobil podsholigi tashkil topdi. C. Etrusklar 12 ta shahar davlat tuzadi. D. Finikiyada alifbo yaratildi

Download 19,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish