Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
69
http://ziyonet.uz/
tursang, shuncha foydalidir; agar bu xizmatga umuman kirmasang, bundan ham ajoyib va
yaxshi boʻlardi.
Yoʻqlik (fano) xazinasidan kim ogoh boʻlsa, unga qanoat mamlakatining podshohligi
nasib boʻladi. Agar bunday xizmat sening boʻyningga majburiy tushib qolsa, senda uni
bajarmaslikka ixtiyor yoʻq. Qisqacha qilib aytay, loʻndasini eshit, buning qanday
boʻlishini ochib tushuntiray. Senga shoh xizmatini qilish nasib boʻlsa, toʻrtta ishni
oʻzingga saylab ol: oldindan niyatingni uning niyati bilan rostla, boshqa niyatlarni
koʻnglingdan chiqar. Yana biri, xizmat qilishning vaqtini bil, xizmat qil, lekin
qilmagandek tur. Yana biri, yaxshi-yomon soʻz ogʻzingdan chiqmasin: odamlarning
yaxshi-yomoniga ham qarama (gapini e’tiborga olma). Yana biri, bu xizmatdan
qiynalsang ham, azob cheksang ham, adab shartiga koʻra, hamma yaxshi-yomonga chida.
Bu xizmatdan tashqari tursang, buning ahvoli boshqa; podshoga yaqinlashsang, bu
yaqinlikning ham turlari bor. Bu ishlarning hammasi senga muyassar boʻlsa, sening
yulduzing baxt bilan yorigan boʻladi. Lekin bular hammasi, ey ojiz odam, gapning bir
qismidir. Toʻlasi shuki, agar nogahon sen boylik toʻplash odatidan or qilib, faqirlik uyiga
yoʻl olsang, ayniqsa shunday ahvolga tushganda tavozu’ koʻrsatishing shart. Xudoning
naq roʻparasida unga umid bogʻlab tura bilish kerak. Agar senga osmonning kuch-qudrati
nasib boʻlsa ham, yer yuzida sen kamtarlikni tanla. Gʻam-gʻussa yuki seni togʻdek ezib
tursa ham, uning ostida sen tuproqdek tura ber. Boshingga toshlar yomgʻirdek yogʻilsa
ham, binafsha kabi boshingni yuqori tutib tura ber. Tavozu’ vaqtida vafo qilish, adab
qoidasiga koʻra hayoli boʻlish kerak. Ana shu vositalar bilan ma’qul boʻlib, asl maqsad
tomon yoʻlga tushgan boʻlasan.
XXXIII
Noʻshirvonning hayo bogʻida nargis koʻzidan koʻzining nargisi uyalib, nargis koʻzlik
gulrux yorini quchoqlashni istamay, oʻzini chetga olishni istagani
Noʻshirvon valiahdligi chogʻida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi.
Koʻngli gʻuncha singari toʻla qon edi, lekin gʻam sirlarini pinxon tutardi. Unga visol
muyassar boʻlgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi.
Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor
shahzoda yorini quchmoqchi boʻlgan edi, gul’uzor ham bunga rozi boʻldi. Dilbar
hamdami tomon u qoʻlini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning koʻzi tushib qoldi.
Shunda ahvoli oʻzgarib, u qoʻlini tortib oldi. Sumanbar yori hayron boʻlib, soʻradi:
— Qoʻlingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi? Adabli shoh
bunga shunday javob berdi:
— Shunday bir visol damida menga mone’lik qilgan narsa nargisning shahlo koʻzi
boʻldi. Hayo koʻzi bilan olijartoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek
koʻzlari yoshga toʻlib, oʻrnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof
Do'stlaringiz bilan baham: |