Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
71
http://ziyonet.uz/
Boylik bilan oʻzingni katta deb bilma; qanoat boyligi bilan boshingni koʻtarib yur. Butun
bir osmon bitta non bilan kun kechiradi; oyning gardishini esa koʻksiga tosh qilib boylab
olgan. Shuning uchun
Xudo uning tuzilishini nodir qilib yaratdi, nima qilay desa, shunga qodir qildi. Oʻz yogʻi
bilan qovurilgan sham atrofida osmon ham fonusdek aylanadi. Koʻz doim shuning uchun
ravshanki, u mehrob ostida turib, ikkita bodom bilan oziqlanadi. Ogʻizning ishi ovqat
yeyish boʻlgani sababli chaynash uchun Xudo ikki qator tish ham yaratdi. Zebu ziynat va
tama’dan yiroq turgan kishining tinchligi yaxshiroq boʻladi.
Bilki, durru gavhar quloqqa ozor beradi; quloq uchun eng yaxshi dur deb soʻzni bil.
Isirgʻa oltindan boʻlsa, quloqni ogʻritadi; zarxal etik esa oyoqni ogʻritadi. Yaxshi gapni
quloqning bezagi bil; etik keng boʻlsa, oyoq osoyish topadi. Kishi choʻlda tiniq buloqni
topib olsa, oltin qadah qidirib oʻltirmasdan, sopol idishda ham suv icha beradi. Suv sopol
idishda yaxshi turadi; oina kul bilan toza boʻladi. Koʻzguning dastasi oltindan boʻlmasa
ham, uning yuziga nafas tegmasa boʻldi. Tashna odam suv bilangina xursand boʻladi;
bunday vaqtda u oltin qadahni xayoliga ham keltirmaydi. Ootgan nonni suvga toʻgʻrab,
ivitib yeyayotgan odamga quyoshning gardishi, hayot suvi haqida oʻylashning nima
keragi bor?
Chiroyli boʻlsin, deb kim oshiga sabzi va sholgʻom oʻrniga oltin, kumush, noʻxat oʻrniga
qimmatbaho dur, mayda lavlagi oʻrniga toza la’l solgan?! Ovqatning yuzida zarrin nur
sochuvchi quyosh, tovoq ustida esa non oʻrniga oy kulchasi, non ustidagi koʻk oʻrniga
zumurrad, dasturxon ustida bodring oʻrniga koʻk tosh boʻlsa, Xudo haqi, kel, oʻzing insof
bilan ayt, och odam bu narsalarni qanday qilib yeydi?!
Bular orasida ajoyib narsalar boʻlsa ham, lekin durlari tishlarni sindiradigan ofat;
chaynaganda tishga ozor yetib, yutaman desang, boʻgʻuz jarohatlanadi. Hashamat uchun
qilingan bu osh yeyiladigan boʻlsa, u osh emas balki bir necha boʻlak toshdir. Bu osh
oshqozonga yuborilar ekan, ayt-chi, uni oshqozon qanday xazm qiladi? Oshqozon mayda
toshlarni emas, oʻziga muvofiq oshni xazm qiladi. Ularni sen yeyish munkin boʻlgan
ovqat deb hisoblama; ular boshdan-oyoq odamni oʻldiradigan zahardir. Kimki bu
narsalarning bahosini sanaydigan boʻlsa, oʻzini oʻldirib, xunining bahosini berishi kerak.
Ular xazm boʻlgan taqdirda ham, insofing boʻlsa, boq, bu qanday xaddan oshish va
isrofdir.
Kimki Qorun xazinasiga ega boʻlib, Jamshid mamlakati, Faridun toji uniki boʻlib, xayr
uchun butun bir xazinasining eshigini ochmasa, foydasiz durru gavhar sochmasa, oʻrinsiz
karam koʻrsatmasa, bitta xayrga yuz minglab diram bermasa, ochga ovqat bersa,
yalangʻochga toʻn, yuz soʻm soʻraganga ming soʻm, bir soʻm soʻraganga oʻn soʻm bersa,
qancha boyligi boʻlsa shunga qanoat qilsa, Tangri oldida ham, xalq oldida ham uning
ayblari doim kechiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |