Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
70
http://ziyonet.uz/
niyatliligi, shunday hayochanligining xosiyati uni butun olamga shoh qildi, adolati esa
olamni panohiga oldi.
Aysh, ey Navoiy, qancha dilkash boʻlsa ham, lekin adab bilan hayo undan yaxshiroqdir.
Ey soqiy, adab shartlariga xozir boʻl, oldimda toʻqqiz bor ta’zim bilan boda tut, toki men
uni «oʻzing ich!» deb, senga qaray, bir tomchi tomdirsang toʻqqiz marta, toʻksang oʻttiz
marta qoʻshimcha ichkazay.
XXXIV - Yettinchi Maqolat
Qanoat haqidakim, «joʻ»(ochlik) soʻzidan soʻnggi harf «ayn» ajratilsa, «joʻ» (ariq) qolib,
najot bulogʻi, hatto hayot chashmasi sari uchish qanoti boʻlib xizmat qiladi, «tama’» soʻzi
har qanday shaklda yozilganda ham undagi xorlik zahrining ta’mini totishga olib boradi;
qanoati odamning ochlikdan koʻzida qon mavj ursa ham, izzati bor; tamagir odam oltin
taxtdan joy olgan boʻlsa-da, xorlikka uchraydi
Kimki qanoatni oʻziga kasb qilgan boʻlsa, bilki, qanoat uni boy qiladi. Oltin, kumush
bilan zebu ziynatlarni boylik deb bilma, balki haqiqiy boylik qanoat xazinasidir. Qanoat
oltini hech qachon yoʻqolmaydi. Ana shu oltinni qoʻlga kiritib, shu orqali boyishga
harakat qil. Kulbada qanoat qilib oʻltirgan darvesh tamagir podshohdan afzaldir. Chunki
tama’ qilish gadoylarning ishidur. Bilki, tama’ etgan kishi gadodir.
Shoh tamagirlik qilsa, u luqmaxoʻr boʻladi; qanoat qilgan darvesh esa podshohdir.
Boshiga toj kiygan odam shoh boʻla bermaydi. Hech narsaga extiyoj bildirmagan odamni
shoh deb bil. Qushlarning ichida anqo shoh hisoblanadi. Bunda malum bir ma’no bor.
Agar fikr bilan voqif boʻlishni istasang, «qone’» va «anqo» soʻzlarining yozilishida
harflar bir-biriga muvofiqdir . Hudxud ovqatga oʻch boʻlgani uchun garchi boshida toji
boʻlsa ham elchi boʻlib qoldi. Boshiga toj kiygan hind oʻyinchisining xoliga boq,
tama’uni chaqa pulga zor qilib qoʻygan. Arzimagan bir odamning qoʻlidan ozgina pul
chiqadigan boʻlsa, toj deb atagan narsasini osmonga otadi. Shoh boshining sharofati
tojdan emas; kimki muhtoj boʻlmasa, oʻshani shoh deb tushun. Muhtojni ham shoh deb
atash mumkin boʻlsa, harf nuqtai nazaridan «muhtoj» soʻzida ham «toj» bor-ku! Kimning
toj kiyganini koʻrib, shoh deydigan boʻlsak, u vaqtda, shu sababga koʻra, muhtojni ham
shoh deyishga toʻgʻri keladi.
Boshiga oddiy qalpoq kiygan odamni shoh deb bilki, u xayr-ehson vaqtida butun jahonni
berishga tayyor. Bir narsasi boʻlmasa ham u shukr deb, qanoat qiladi; xayr-ehson qilish
bilan oʻz nafsini tiyadi. Kimning qanoatdan xujjati boʻlsa, uni yaxshi-yomon deb
oʻltirishning xojati yoʻq, u bunga muhtoj emas. Kimki qanoat sari yoʻl topgan boʻlsa,
xuddi shu taqdir bilan oʻsha shoh boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |