Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
72 
http://ziyonet.uz/ 
Shunday odam ham borki, oʻzining hech boyligi yoʻq boʻla turib, qilayotgan sarfi bilan 
qanoatlanmaydi. Bunday odam oʻrinsiz sarf-xarajat qilishga oʻrgangan kishini koʻrib, 
oʻshaning qilganini qilishni orzu etadi. Uning xazinasiga qoʻli yetmay turib, oʻshaning 
ehson va isrofgarchiliklarini havas qiladi. Oʻzining oddiy xashagini sarv bilan yonma-yon 
qoʻyadi. Xarob otini Raxsh orqasidan choptirmoqchi boʻladi. Oʻzi kiyish uchun ustiga 
palos topa olmaydi, lekin birovlarga naqshli liboslar bergisi keladi. Kimning oʻy-fikri 
shunday boʻladigan boʻlsa, oldinlari uning birovdan qarz koʻtarishga zarurati tugʻiladi. 
Qarz koʻtarishdan boshqa xunar topa olmagach, oladi-yu, lekin qaytarib bergani tanini 
topa olmay qoladi. Olingan mablagʻni u qora yer bilan barobar qilib sarflaydi; 
va’dasining vaqti yetib, qarz bergan odam qarzini qistay boshlaydi. Qarz koʻtarib, sarf 
qilib sovurib, isrof tufayli hamma narsasidan ajraladi. 
Shundan keyin u odamlar orasida sharmanda boʻlib, terga botadi yoki boshini olib, bir 
yoqqa qochib ketadi. U shuncha, yana yuz shuncha alamlar tortadi, lekin bular hammasi 
unga yana yuz xissa kam. Qanoatni tark etish uni vatanni tark etishga olib keldi; boshiga 
esa yuz ming balolarni keltiradi. 
Kimki qanoatni maxkam ushlagan boʻlsa, uning ahvolida bu xil qiyinchiliklar yuz 
bermaydi. Mehnat qilib, ikki chaqa pul topish shoh in’om qilgan xazinadan yaxshiroqdir. 
Xotirjamlik bilan ichilgan qatiqsiz ugra osh birovning minnat bilan bergan shirin 
kulchasidan afzalroqdir. Kuni bilan qiynalib mardikorlik qilib, kechasi oʻz uyini ma’mur 
qilish tama’ toqini balandga koʻtarib, mardikorlikni yuz bor pastga urishdan yaxshidir. 
Yoʻqchilikni boʻyniga olib, unga koʻnikkan odam eng yaxshi odamdir. Qanoat mulkidagi 
saroydan joy olishni moʻljallagan odam yaxshilarning yaxshisidir. 
Bunday odamning koʻngliga bogʻni sayr qilish fikri kelsa, osmon gulshanini tomosha 
qilish bilan kifoyalanadi. Goʻyo osmon gumbazi uning uyining nilufar rang gumbazidir. 
Bogʻining saxni esa koʻk rangdagi osmonning oʻzidir. Osmon aylanasi goʻyo uning 
uyining toqidir; nur sochayotgan quyosh esa uyining toqidagi toʻgarak shaklli naqshdir. 
Kun uning gulistonidagi gul, oy uning xonasidagi shamdir. Kechani qoʻriqlayotgan 
yulduzlarning sabru qarori qolmay, shu shamning atrofida parvonaga oʻxshab 
aylanishadi. Osmon va shafaq uning bazmini qizil fonusdek yoritib turadi; yangi chiqqan 
oyning oʻrogʻi esa uning naqsh soladigan asbobiga oʻxshaydi. 
Ha, shunday xayollar bilan u qanoat qiladi; nafs istaklarini man’ etadi. Bunday odam oʻz 
tasavvurlariga berilib xursand, yaxshi narsalarni eslab, shundan bahramand boʻladi. 
Agar bunday kishining himmat oti tezlik qilib, hayotda bundan ham kattaroq qadam 
tashlashni orzu qilib qolsa, kul ichidagi bir qancha choʻgʻni buyuk osmon va uning 
yulduzlari deb hisob qilsin! Butun jahonni bir xovuch tuprogʻcha, jannat daraxtlari va 
mevalarini bir tutam xashakcha koʻrsin! Osmon qasriga u oʻz vayrona uyini alishmasin, 
falakning toqiga esa qiyshaygan ayvonini bermasin! Uning bir parcha yuragi unga ovqat, 
hatto xursandchilik qilishi uchun yoqut boʻlsin! Oʻzi xor, qamishning ildizi bilan kun 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish