Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
fonusdek boʻlib qoldi. U tufayli aql peshonasi qoraydi. Rux koʻzidan ham u yoshlar 
oqizdi. 
Ishq shunday narsaki, mayxonada ham uning haqida baxs toʻxtamaydi: Ka’baning libosi 
ham shu tufayli qoraygan. May oʻti butning yuzini qizartirib, bayroqqa aylantirgach, 
shu’lasi «Qur’on»ni ham kuydirdi. «Qur’on»ning varaqlarini kuydirayotgan chogʻda oʻt 
yoqaman deb rahlni ham sindirdi. Butxona deb masjidni haqorat qildi; imonni kufrga 
almashtirdi. Taqvo libosini itning ustiga yopqich qildi; yopqichning har yerdagi 
yamoqlarini bezak uchun solingan gul deb hisobladi. Dinsizlikni oʻrganish uchun kitob 
ochib, har qanday xudoga ham sanam deb xitob qildi. Masjidning ichida isyon bodasini 
sotib, mehrob burchagiga may xumini oʻrnatai. Gulshanning ichida guldan oʻt yoqdi, 
mayxona burchagini sharob bilan yoritdi. Bu gulning qanday gul ekanidan bogʻning nima 
xabari bor? Ichidagi mayning qanaqa may ekani bilan xumning qanchalik ishi bor? 
Rux bu gulning tikaniga oyogʻidan ilingan, jon ham shu may isidan mastdir. Uning 
tufayli sarosima aql ishi turli ixtiloflar bilan toʻla: ixtilofgina emas, poyma-poy. 
Poyma-poygina emas, uni ablaxu nodon, deb ayt, nodon ham emas, biyobondagi telba 
deb hisobla. 
Qaydaki ishq oʻti shu’la sochib turgan boʻlsa, u oʻt ustida aql misoli bir xashakdir. 
Kuyib, bu oʻtga koʻra boʻlgan koʻngulning obod oʻlkasi bunga kirmaydi. Chunki qaysi 
koʻngulni ishq makon qilgan boʻlsa, uni ishq oʻz oʻti bilan la’l koniga aylantirdi. Ishq 
boʻlmasa, ikki jahon ham boʻlmasin; ikki jahongina emas, jon ham boʻlmasin! Tan 
ishqsiz boʻlsa, uning joni ham boʻlmaydi; kishi husnni nima qiladi - u oniy bir narsadir. 
Ishq oʻti mamlakat podshohiga uncha nazarga ilinmas oshiqni boridan orttirib, shirin 
qilib koʻrsatadi. Ishq dur boʻlib, koʻngul unga qutichadir; hatto ishq quyosh boʻlib, 
koʻngul unga burjdir. Quyosh ham emas, u bazmdagi yonayotgan oʻtdir; shunchaki 
yonayotgan oʻt emas, kuydirayotgan oʻt. Inson tanasi suyaklarning tuzilishidan tashkil 
topgan uy boʻlib, ishq agar oʻt boʻlmasa, uni kuydirmas edi. Yor husnining ishi oshiqdagi 
ishqni yuzaga chiqarish boʻlib, bu xol odamning sham’ bilan oʻtinni oʻt oldirganiga 
oʻxshaydi. Husn qancha dilni oʻziga qattiq bogʻlasa, ishq oʻti ham odamlarning koʻnglida 
shuncha tez yonadi. Gulda lutfu tarovat qancha koʻp boʻlsa, bulbulning xasratida ham 
gʻufgʻula shuncha koʻp boiadi. Koʻngul yarador boʻlsa, u oh chekadi; oʻtni kovlasang, 
alanga ham shuncha balandga uradi. Ishq uchun jonni oʻrtash mushkul emas; oʻtga ham 
butun jahonni yondirish qiyin emas. Alanga har qanday toshni suv qilib yuborganday, 
ishq ham zolim aqlni eritib yubora oladi. Zohidlik dunyosini yondirib yuborish uchun 
bitta uchqun yetarlidir! Tikon va xashak qancha koʻp boʻlmasin, yashinga bas kela 
olmaydi-ku! Ishq agar filga oʻz kuchini koʻrsatadigan boʻlsa, fil filning oyogʻi ostida 
qolgan chumolidek boʻlib qoladi. 
Lekin oshiq oʻzini oshiq deb atasa, u oshiq emas; har kim ham ishqda sodiq boʻla 
bermaydi. Kimki kezib yurib husn tanlasa, soʻng koʻnglini bu husn egasiga bogʻlasa, 
unday koʻngulni koʻngul dema, u bir parcha toshdir. Sham ham oʻz oʻti bilan xarsang 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish