Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
4
http://ziyonet.uz/
bittasi dastoriga qistirib qoʻyilgan. Husni oʻtining alangasi gulzor boʻlib, bu gulzorning
har tomonida gulnor ochilib yotibdi. Xoli har qanday baloni daf etuvchi; uning oʻtida
koʻz qorachugʻi yonib, hammayoqqa isiriq boʻyini tarqatadi. Qoshlari oy yuzining
ustidagi xushboʻy yangi oy; uning ikkalasi ham aqlni devona qiladigan darajada chiroyli!
Yanada toʻgʻrirogʻi, bu qoshlar oshiqlarni oʻldirish uchun oʻzaro maslaxatga oʻltirib,
boshini boshiga qoʻshgan. Husnini namoyish qilish uchun u qoshida (jingalak) tugunlar
yasagan. Oʻziga zeb berish uchun «nun» harfiga oʻxshatib yasalgan bir tugunning
ustidagi nuqta shamraning urugʻiga oʻxshaydi. Sunbul sochlarida tugun ustiga tugun, bu
tugunlar tugun emas, xalqa ustiga xalqalardir. Uning zirak taqqan quloqlari safni yorib
oʻtuvchi turk askarlariga oʻxshaydi; goʻyo u oʻlimni oʻylab, ustidan temir sovut kiyib
olgan. Chaqnagan koʻzi noz bilan har tomonga boqadi; bu bilan zohidlar va taqvodorlar
xirmoniga oʻt yoqadi.
Bu oʻtning tutuni kipriklar safining orasidan oʻtganda, ularning hammasini qoraytirib
qoʻyadi. Uning koʻzlari surma qoʻymasa ham qop-qora, fusunkor; jahon bu koʻzlar
tufayli surma rangiga kirgan. La’li labida bir qatra ter dumaloq boʻlib turibdi; u mangulik
chashmasidan tomgan bitta jonga oʻxshaydi. Lab tuklarining har bittasini hayot maysasi
deyish mumkin: ular Xizr turgan qorongʻi zulmatdan oʻsib chiqqan. Kishilarga orzu
boʻlgan baqbaqasida qatra-qatra suvlar koʻrinadi; bu baqbaqa chuqurchasiga suv oʻsha
chashmadan sizib tushgan. Har moʻyi jon tomiridan tortib, kofir zulfi esa imon
tomirlarini ham yulib oladigan. Uning gulrang ipak libosdagi qomati guldor kiyimga
oʻralgan sarvga oʻxshaydi. Uning chopqir oti yashinday tez qadam bosadi; sayr qilib
yurib, yashin-day chaqnaydi. Uning oti yashin boʻlib, ustiga mingan oʻzi quyosh
boʻlgandan keyin uni koʻrib el-xalq kuysa, yigʻlasa, ajablanmasa ham boʻladi. Gul singari
etagini beliga qayirgandan keyin, toʻnining etagidan uning savsan rangidagi koʻylagi
koʻzga tashlanadi. Roʻmolining rasmlari gul koʻrinishida boʻlib, savsan va gullar ustidan
gul sochayotganga oʻxshaydi. Dastoriga bitta gulni qistirib qoʻygani sarv va terakka gulni
payvand qilganlarini eslatadi. Bu qanday goʻzal manzara, oʻzi, ey koʻngul! Bu Xalil
oʻzini urgan gulistonmikan , ey koʻngul?!
Chaqqonligi aqlni kuydiradi; nozikligi ruhni titratadi. Maydonda turgan kishining
boshiga u toʻpolonda shuncha balolar yetsa, tuproq boʻlib ketishdan oʻzini saqlay
olmaydi. Axir, butun zaminu zamon ham u goʻzalning oti oyogʻi ostida-ku!
Uning devsifat oti qayoqqa qadam qoʻymasin, odamlargina emas, malaklar ham bezovta.
Uning ustidagi chavandoz qotil mahbubi esa odamlarni devonavor oʻldirishdan tinmaydi.
Bu yerda agar Shibliy boʻlsa ham, Zunnun boʻlsa ham , ular nam parishonxol bir telbaga
oʻxshab qolardilar. Din ularning motamida oh-voh chekkan boʻlardi; aql piri yosh
boladek ogʻzini ochib qolardi. Har qanday irodali ruh unga boqqanda, ogʻzidan soʻlakayi
oqib turib qolardi.
Bu vaqtda aql ketib, xalq ham ibodatni unutadi. «Taqvo va aql degani oʻzi nima?» - deydi
hamma. U goʻzalni koʻrmagan odamlargina bu oʻtdan omon qoladi, lekin uni koʻrib, kul
Do'stlaringiz bilan baham: |