Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
79
http://ziyonet.uz/
— Tez boʻl, oldin meni oʻldira qol, to men oʻlguncha loaqal u tirik tursin!
Ular bir-birlariga oʻz boshlarini in’om qilardilar. Boshlarini kesdirish uchun tigʻni
talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas xayallash yuz bergan edi, birdan
xaiq’orasida omon-omon boʻlgani haqida nido koʻtarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri
uchun jonidan kechgan edi, shoh ham xalqning gunohidan oʻtdi. Bu ikki yor doʻstlik,
sadoqat tuygʻularini namoyish qilib, elni ham, oʻzlarini ham xalos qildilar. Ey Navoiy,
Xudo senga ham yor bersa, sen ham unga boshingni va joningni fido et. Ey soqiy, mehru
vafo shartlariga sodiq boisang, chin doʻst boʻlsang, bir qadah keltir. Jonim xalqumimga
keldi, menga davo qil, qachongacha va’da berasan, endi va’dangga vafo qil!
Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
1
http://ziyonet.uz/
Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
Hayrat Ul-Abror (Nasriy Bayoni, Davom)
XXXVIII - Toʻqqizinchi Maqolat
I
Ishq oʻti ta’rifidakim, uning shu’lasi balo sahrosining lolalaridir, choʻgʻi baloga duchor
boʻlgan koʻngulning qon boʻlaklaridir; mehnat-mashaqqatning qaro shomi uning tutuni,
bu shomning kuyik yulduzlari uning uchqunlaridir; yor husnining nurlari haqidakim,
uning alangasidan koʻtarilgan bir yolqin bunday oʻtning chiqishiga sababchi, uning
quyoshdek yuzidan tarqalgan bitta nur bunday haroratga asosdir
Yer yuzida endi hayot boshlanib, inson vujudini ruh mayi bilan mast qilganlarida, uning
tuproqdan iborat jismini hikmat qoʻli bilan xuddi Eram bogʻiga oʻxshatib tuzdilar. Yoʻq,
uni Eram bogʻi ham emas, jannat bogʻiga, bogʻ ham emas, hurlar jilva qilgan joyga
oʻxshatib tuzdilar. Har lahzada qushlari yuz afsona kuylashadi, har kim iltimos qilsa,
yana kuylashadi. Uning saxni osmon bogʻidek bezatilgan; har bir guli xuddi toʻlin oyning
oʻzi. Uning gulgun yuzi yangi ochilgan gullardir; uning upasi gulga gulgunlik
bagʻishlaydi. Tik savsan, balki toʻgʻri sarv va shamshod unga qomat boʻlgan. Mushk
hidli sunbul unga zulf; lola va oq gul unga yuz va yonoqdir. Yuzidagi terlari quyosh
chashmasiga oʻxshaydi; bagʻbaqasi oʻsha suvning ustidagi koʻpikdir. Koʻzidan fitnagar
nargislar paydo boʻlgan; labi xuddi kulib turgan gʻunchaning oʻzi. Labidagi tuklar
xurram sabzazofu, sabzadagi shabnam uning terlaridir. Husnu jamol unda oʻylaganingdan
ham koʻp, qancha koʻp oʻylasang, oʻsha oʻylaganingdan ham ortiq.
Lekin dilni tortadigan narsa uning husni emas, elning sabr-toqatini olgan ham bu jamol
emas. Ishq bulbuli oʻz dostonini kuylay boshlaganda tomosha qilish uchun bu boqqa
kirdi. Uning nazari gulga tushishi bilan zor boʻlib, shavq oʻtidan joniga xabar yetdi. Gul
shoxiga oʻltirib, joy tanladi; undagi otashin (qizil) gullar uning joniga oʻt yoqa
boshlashdi. Jonining ichi ishq oʻtidan oʻrtanib, gʻam shu’lasidan koʻngliga iztirob tushdi.
Ishq uning sabru qarorini talon-toroj etdi, gul esa unga firib bera boshladi. Gul unga jilva
qila boshlagach, endi unda sabr qilish imkoni qolmadi. Kuyib-yonib, u shunday qichqiriq
soldiki, buning oʻtidan chamanning ichi qizib ketdi.
Shunday kuyish va kuydirish yuz bergach, shunda oshiqlik va ma’shuqlik namoyon
boʻldi. Ishq tugʻyon solib, rivojlanishi bilan oshiq parishon ahvolga tushib qoldi. Husn
yana yoqimli jilvalar qilib, zulfning qoʻliga balodan tuzoq topshirdi. Jahon
mamlakatining boshiga ishq gʻavgʻosi tushib, zamon ahli ishqning taloniga uchradi.
Ishq degani bu qanday oʻtki, u hujum qilganda uning tutuni va uchqunlaridan osmon va
yulduzlar yaraldi. U tutundan malaklar pashshadek qochdilar. Falak osmonda oddiy bir
Do'stlaringiz bilan baham: |