Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
9
http://ziyonet.uz/
jannatdagi sidra va toʻbi daraxtlari oldida xas-xashak boʻlgan kishidir. Uning dinini
ishonchli din ekanligini bilgach, barcha paygʻambarlar unga ummat boʻlish istagini
bildirganlar. Ummatlari toʻgʻrilik, xalollik bilan nido qilishar ekan, «Yolgʻonchilar
mening ummatim emas», degani esga keladi.
Butun koinot azob ichra qolgan chogʻda uning ummatlari najot ahli boʻlgusidirlar.
Shunda barcha paygʻambarlar toʻgʻrilik bayrogʻini koʻtarib, oʻzlarining bu masalada
unga ummat boʻlish istagini bildirar ekanlar, yolgʻonni gapirgan tili va yozgan qalami
tufayli paygʻambarlik safidan chetlatiladi. Xato va yolgʻonni soʻzlash hisobga oʻtmaydi.
Bu bilingach, bundaylar uzoqlashtiriladi.
Kimki yolgʻon gapirishni odat qilgan boʻlsa, uni eru musulmon deb boʻlmaydi.
Yolgʻonchi oʻz gapini oʻtkazish uchun qancha urinmasin, u oʻz gapini bir-ikki marta
oʻtkaza oladi, xolos. Uning bu ishidan xalq gʻofil boʻlsa ham, lekin Tangri oʻzi bu xoldan
voqif. Bu xususiyat elga qancha mahfiy boʻlmasin, yolgʻon baribir oʻzini oxirida ma’lum
qiladi. Yolgʻon tong oʻzini qancha oshkor qilsa ham, uning nurlari, kuzat, baribir uzoq
turmaydi.
Har sohada kkimgadir firibgarlik qilinar ekan, u yolgʻonchilik oldida bir navdir.
Kimki, qizishib turib ont ichgan boʻlsa, onti yolgʻon boʻlsa, aybi yuvilib ketadi. Kimki
oʻzini yolgʻonchi sifatida tanitgan boʻlsa, rost gapirsa ham, xalq uning hamma gapini
yolgʻon hisoblaydi. Bu xususiyat uni doim qiynoqda saqlaydi. Hech narsa bilan u bu
qiynoqdan qutula olmaydi. Kimki yolgʻonchi deb nom chiqargan boʻlsa, oʻzinikilar ham,
begonalar ham uni shu ot bilan chaqirar ekanlar, toʻgʻrilik nomi unga hech qaytib
kelmaydi. Rost gapirsa ham,, xalq unga inonmaydi. Kimning chin gapi el orasida yolgʻon
deb topilar ekan, yolgʻonni chinga aylantirish imkoni bormi?!
Qanday bir ogʻir vaziyatda qolganingda ham, chin gapirishning iloji boʻlmasa, yolgʻonni
ham gapirma.
XLI
Qirgʻovulning chin gapirish oʻrniga yolgʻon gapirib, bir falokat tuzogʻiga ilingani, chin
soʻzni sher yolgʻon deb oylab, ovozini eshitib, yetib kelmagani va uni balo tuzogʻidan
xalos etmagani
Toʻqayda bir yirtqich sher bor edi. Vaxshatda osmon sheridek qoʻrqmas edi. U bolalari
bilan oʻynab, zavqqa toʻlganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U oʻzining
ajralmas bu boyligi -farzandini ogʻziga tishlab asrar edi.
Oʻsha toʻqayda bir qirgʻovul ham boʻlib, bu yirtqich sherning vaxmidan doim qoʻrquvda
edi. Sher boʻlsa bolasini ogʻzida tishlab, dam-badam toʻqayning goh u yogʻiga borardi,
goh bu yogʻiga. Shoʻrlik qush uning tepasida nogahon parr etib uchsa, sher qoʻrqqanidan
seskanib ketar, bolasiga ham tishi botib ketardi. Tishi bilan oʻz bolasini, oʻz jigarporasini
yarador qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |