Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
8
http://ziyonet.uz/
shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolgʻonni gapirsa ham kam
gapirsa! Qani endi shunday odam bizning zamonda ham topilsa.
Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo boʻlganmizki, ularning oldida
rostgoʻylikdan yomon narsayoʻq. Ulardan toʻgʻrilikni qidirgan kishi qoshlaridagi nomi-
«Chin», o zi nochin jingalak moʻyni topadi, xolos. «Chin» kofirlar mamlakati boʻlsa
ham, nomi «Chin», ya’ni «toʻgʻri» boigani uchun, qara, hatto jannatning oʻzi ham unga
rashk qiladi.
Lekin odamlarga Xudoning oʻzi ato qilgan bu toʻgʻrilik, qara, ularning oldida xato boʻlib
koʻrinadi. Soʻzlashda xato gapirishga oʻrgangan odam notoʻgʻri fikrni toʻgʻri deb gumon
qiladi. Kimki bu davrda toʻgʻri gapirishga odatlangan boʻlsa, u kambagʻallik,
yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu davr istagi egrilik boʻlgani uchun, sen
haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan.
Bu aylanuvchi osmonning hech toʻgʻri ishi yoʻq; uning pargori chizgan chiziqning ham
bironta toʻgʻrisi yoʻq. Kimki toʻgʻrilikni oʻziga kasb qilib olgan boʻlsa, davrning
aylanishi unga doim dushmanlik qiladi. Qalam toʻgʻrilikka yoʻl koʻrsatgani uchun doim
uning boshi kesilib, pastga boʻlib turadi, «Alif» ham toʻgʻrilik alomati boʻlgani uchun,
«balo» (soʻzi) uni, qara, oʻzining orqasiga olibdi . Shoh chaylasining arqoni ham toʻgʻri
tortilgani uchun, qarav boshdan-oyogʻigacha eshilgan: chirmash.
Uchar yulduz toʻgʻri uchgani uchun boshdan-oyogʻi tamom oʻt boʻlib yondi. Ilonning
tana tuzilishi egri-bugri boʻlgani sababli xazina ustida yotsa ham ogʻzida zahar. Yangi oy
egriligidan charx qadami turgan joydan koʻrinadi. Salla ham chirmash oʻralgani uchun
boshning ustiga chiqishi loyiq topildi.
Yoʻq-yoʻq, bu yozganlarimcha emas, balki bu gaplarimning hammasi qalamning xatosi.
Yegrilikning ham, toʻgʻrilikning ham oʻz haqiqiy ta’rifi bor; yolgʻon egrilikdan, toʻgʻrilik
haqiqatdan iboratdir. Sham’ oʻz toʻgʻriligi bilan xursand; boshdan-oyoq kuysa ham, u
nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan boʻlib, hammayoqni yoritsa-da, yerning
ostiga kiradi. Bogʻbon oʻz yeriga reja tortmas ekan, bogʻning koʻrinishi changalzorga
oʻxshab qoladi. Dehqon agar mola bosmasdan urugʻ sochsa, qancha bir xil sochmasin,
ekini, baribir, suvni tekis ichmaydi. Oynaning yuzi qancha tekis boʻlsa, oy yuzlining yuzi
ham shuncha toʻgʻri koʻrinadi. Temir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan boʻlmasin,
yuzning aylanasi unda choʻzilgan xolda aks etadi. Jim turgan suvda quyosh aks etadi:
chayqalgan suvda esa egri koʻrinadi. Xato bilan yolgʻon gapirish hisobga kirmaydi;
chunki uning yolgʻonligi bilingach, undan qochiladi.
Bir kishining soʻzlari boshidan-oxirigacha toʻgʻri boʻlishi mumkin. Aksincha, boʻyalgan,
yovuz boʻlishi ham. Ularning birinchisi ham, keyingi boʻyab gapiradigani, yovuz ham
oʻz ixtiyoridan tashqari xolda shundaydirlar. Ularning peshonalariga shunday yoziigan
boʻlsa, ular nima ham qila oladi?! Alloh bir kishini habibim desa, xalq ham uni «sodiq
xabarchi» deb atay boshlaydi. Chunki uning barcha soʻzlari toʻgʻri boʻlib, roʻpara kelgan
borki uni «saddaq» deydi. U: «Qaysi habib?» desang, osmon oyogʻi ostida xok boʻlib,
Do'stlaringiz bilan baham: |