Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
11
http://ziyonet.uz/
boʻladi, falak fe’li yomon odamni topsa, uni koʻtaradi, butun olamni uning hukmiga
mute’ qilib qoʻyadi.
Yomonliqni oʻziga shior qilgan Zuxal sayyorasi moviy rang qoʻrgʻon gumbazidan joy
olgan; yaxshilikni qoʻllovchi Mushtariy esa undan quyida. Bu, dunyoning yaxshini
yomondan past koʻrishidan. Bu ahvoldan yaxshilarga doim gʻamu ozor; bogʻda esa
gullarga tikanlar hamnafas, oʻrtoq. Kimki sadafdek peshonalari tirishgan boʻlsa, u
qoʻynini qqimmatbaho durlar bilantoʻldiradi. Kimki durdek sof va pok boʻlsa, olmos
bilan uning bagʻri chok etiladi. Togʻ choʻqqisi qattiq boʻlishga bel bogʻlagan sababli
uning tigʻi oyning yuzini timdalagan. Kimki la’ldek gavhari pok boʻlsa, balo togʻlari
ostida gʻamgin boʻlib yotadi. Otashparast hindu koʻmirdek qorayib ketgan esa-da, u
yoqut taxt ustidan joy olgan. Gul boʻlib yongan oʻt esa eng past yer - kulning ustida.
Kimning asli ham yomon, oyogʻi ham xunuk boʻlsa, toj va tovus kabi hurmatda. Kimki
oʻz chiroyli soʻzlari bilan ozod odamlarni ham oʻziga qul qilgan boʻlsa, sayroqi toʻtidek
boʻynida zanjir. Boshqalarning bagʻrini yorishni maqsad qilib olgan qushlar
podshohlarning qoʻlida orom olmoqda. Minglab dilkash kuylar kuylagan bulbul kul
ichida kuyib xoru zor.
Odamlar Zamzam suvini qancha qiynalib keltirishadi; u esa shisha idishda turgan xolda
sasib qolgan boʻladi. Qadahga toʻlatilgan may odamni buzuvchi narsadir, lekin ne-ne
qizil lablardan u boʻsa oladi. Osmonda quyosh koʻzgudek yarqirab, porlab turadi, bulut
esa koʻzguga puflangan xovurdek uni toʻsadi. Tun oʻz kuli bilan oinaning rangini ochadi,
oy yuzi esa shabnam tushishi bilan zanglaydi. Kapalak yengil tabiat xotindek ma’nosiz
aylanib-oʻrgiladi; tanasidagi rang-barang naqshlar uning ipak kiyimidir. Parvona esa dard
bilan tunni qoʻriqlaydi; qalbida oʻt, ustida eski palos.
Bir kambagʻal odam ilm istab, oʻz shaxridan chiqib ketsa, bu qanday ogʻir gap.
Axvolining baxtsizligidan oyoq yalang, toʻni yoʻgʻidan tanasi ham yalangʻoch. Oyogʻini
tikanlar tirnagan, hatto tikan ustiga yana tikan kirgan. Bu xol oʻqning uchida temiri
boʻlganiga, «xor» soʻzining ichida esa alif turganga oʻxshaydi. Boshidagi eski sallasi ham
kulgulik, tuzoqqa oʻxshab boshdan-oyogʻi tilingan, yirtiq. U maqsadining qushini shu
tuzoqqa ilintirmoqchi, koʻzidan tomgan yosh donalarini don qilmoqchi boʻladi.
Qoʻltigʻida varaq-varaq qogʻoz va kitobi, taxsil olish uchun u shoshib boradi.
U qushdek, goʻyo uchib ketmoqda; qoʻltigʻidagi qogʻozlar goʻyo uning qanot pati.
Muhtojlikdan uning qorni och, ochlik uni ovqatga zor qilib qoʻygan. Kuchsizlikdan
gavdasi qamishday boʻlib qolgan; qamish qalamdek tilini chiqarib, tilanchilik qiladi. To
oʻzining maqsadiga erishgunga qadar yoʻl yurib, nima uchrasa yeb, qanoat qiladi.
Maqsadi oʻzi koʻrmagan bir mamlakatga yetish; u mamlakat uning hatto tushiga ham
kirmagan.
U mamlakatda odamlar koʻp, lekin unga biron doʻst yoʻq. Koʻz oldidan oʻzining shaxru
diyori oʻta boshlaydi. Koʻcha ham koʻp, uy ham, bozor ham. Lekin u qayoqqa borishini
bilmaydi. Musofirlik yuragiga ta’sir qiladi; koʻnglini yolgʻizlik ezadi. Ovqatsiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |