Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
19 
http://ziyonet.uz/ 
Yigʻinda oʻltirganlar hammasi boshingga tigʻ ursa ham, sham’ kabi hammaning koʻzini 
yorita berasan. Tigʻ koʻksingni qancha chuqur yorib kirsa, sen sadaf singari shuncha koʻp 
sof dur berasan. Zamondan iching qancha qon yutsa ham mushk kabi muattar boʻy taratib 
tura berasan. Sendan naf koʻrganlar duoyi joningni qilib, sha’ningga qarata: «Yer yuzida 
yashab yursin!» - deydilar . Kim boʻlmasin seni «Odamlarning eng yaxshisi» deyishadi . 
Bu maqtovlarni sen qanday oqlaysan?! 
Sen insonlarga foyda yetkazishni oʻzingga shior etding; shundan keladigan naf’ni 
oʻzingga yor aylading. Sening xalqqa koʻrsatgan foydang shak-shubhasizdir; lekin bilib 
qoʻyki, bundan oʻzingga tegadigan naf koʻproqdir. Bulut agar dengizga bir tomchi 
tashlagan boʻlsa, dengiz bu bir qatrani asl durga aylantiradi. Dehqon koʻchatlarni 
parvarish qilgani uchun ularning ishi unga gul va meva berishdir. Uyning shiftini ustun 
koʻtarib turadi, lekin shift boʻlmasa, ustunning oʻzi ham qulab tushadi. Maxbuba qoshini 
oʻsma qoʻyib bezar ekan, bunda oʻsmaning koʻngilni olishi qoshga ham bogʻliq. 
Jononning yuzidagi xol qancha yaxshi boʻlmasin, uning asosiy goʻzalligi yuzida. 
Kimki boshqalarga zarar yetkazishni odat qilsa, bundan elga emas, avvalo oʻziga jabr 
etgan boʻladi. Kimki shishani bosib sindirsa, bundan oʻzining oyogʻi yara boʻlishini 
oʻylamaydi. Oʻt xashakka tushib, alanga koʻtaradi; uni kuydirib boʻlib, oʻzi ham oʻchadi. 
Pashsha odamning boʻyniga qoʻnib olib, chaqadi, lekin bir shapaloq bilan maxv boʻladi. 
Kapalakni tutaman, deb orqasidan chopgan bola boʻrkini yerga urib, bosh yalang qoladi. 
Boyqushni tepaman deb qaysi qush qasd qilsa ham, tepgan oyogʻi toʻppa-toʻgʻri tuzoqqa 
ilinadi. Boy xalqqa zulm qilib, yerga urugʻ eksa, urugʻni chumoli toʻdalari talab ketadi. 
Kimki osmonga tosh otsa, u tosh bilan oʻz boshini yoradi. 
Zararkunandalik yomonlikning belgisidir; harorat olovning tabiatidandir. Kishi baxtsiz 
boʻlsa ham, baxtli boʻlsa ham bu uning ixtiyorisiz yuz bergan xoldir. Mushkni nofa 
qancha yashirib turmasin, hidi, baribir, uni xalqqa ma’lum qiladi. Kimning tabiatida 
saxiylik boʻlsa, boylik va faqirlikning unga farqi yoʻq. Xudo bir odamni yaratilishdan 
pok qilib yaratgan boʻlsa-yu, lekin nopok odamlar uni sevmasa, unga buning ziyoni yoʻq. 
Mevaning magʻzi boʻlgandan keyin uning poʻsti ham boʻladi; odamning dushmani ham 
boʻladi, doʻsti ham. Jahon yaxshi va yomondan xoli emas, lekin yomon yuzada boʻladi, 
yaxshi - yashirin. Chunki yomon koʻp, yaxshi oz deydilar. Muqarrarki, mishmishning 
yaxshisi ham kam boʻladi. 
Pastkash odamlardan haq soʻzni eshitib boʻlmaydi: «Qur’on»ni ham dev tilida oʻqib 
boʻlmaydi. Tagi yomon odam e’tiborga noloyiqdir. U hech qachon yaxshini e’tiborga 
olmaydi. Oʻzining yomon fe’lini yaxshi koʻrgan pastkash, muqarrarki, xalq orasidagi 
yaxshilarni yoqtirmaydi. Odamlarning qilmishlaridan ayb axtargan odamning oʻzining 
aybsiz boʻlishi mumkin emas. Hamma narsaga yomon koʻz yugurtirgan odam asal 
oʻrnida ham zahar koʻradi. Kimning barcha xayollari buzuq boʻlsa, toʻgʻri fikrdagi 
odamlarning hammasiga hasadchi boʻladi. Unday odam oddiy toshni la’l deb biladi; 
sadafning har qanday siniqlarini inju hisoblaydi. Oddiy nina unga nayzaning uchi, oddiy 
arqon esa ilon boʻlib koʻrinadi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish