Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
18
http://ziyonet.uz/
Yoqutning husnixat tufayli podshohlar oldida xam, darveshlar oldida xam hurmati
ortgani va mamlakat yozuviga hurmat ahllari oʻz belgisini uning bitgan sahifasi boʻyicha
tortgani
Fano bogʻining gul tupida oʻltirib shuhrat qozongan kishining gulshani Suxravard edi . U
nafsu havo deviga yoʻl bermaslik uchun osmonning haqiqat avjidagi uchar yulduzi
boʻlgan edi. Bir kuni u xalifaning saroyi tomon bordi. Bu Haq rahmatining ofatga qarshi
borganiga oʻxshardi. Hijoz aholisi Ka’baga e’tiqod qilgani singari xalifa Musta’sim ham
unga nisbatan koʻp hurmat bildirdi. Uni taxtga chiqarib oʻltirgʻizib, soʻng oʻzi oʻltirdi.
Goʻyo quti bittayu gavhar esa ikkita edi, yoki burj bittayu ustida ikkita yulduz turganday.
Shayx adab bilan soʻzlamoqda edi, xalifa esa yerga koʻz tikib, jim turardi. Atrofda ne-ne
odamlar oyoq ustida xizmatda, ne-ne odamlargina emas, hatto shahzodalar ham.
Shu payt Shayx odamlarga qaragan edi, koʻziga Yoqut koʻrinib qoldi. U birdan
xayajonlanib, oʻrnidan turib ketdi; xalifa hayratlanib, unga shunday xitob qildi:
— Ey, ne-ne tushungan odamlar oyogʻining changi boʻlgan odam, shohlar ham senga
qullik qilib, bu bilan faxrlanadilar. Bunday oliy martaba unga qaerdan kelganki, sen unga
bu xilda extirom koʻrsatmoqdasan?
Shayx dedi:
— Qaysi bir hurmat va martaba Xudo unga bergan hurmat va martabadan yuksak
boʻlishi mumkin? Uning ishi doim «Qur’on» koʻchirish boʻlib, hech kim u singari
koʻchira olmaydi. U Xudoning soʻzlariga ziynat bergani uchun uni hurmat qilish bizga
vojibdir.
Tushungan odamlarning boshligʻidan Yoqutni bilgach, shoh unga oʻz majlisiga kelib
oʻltirishni buyurdi. U qoʻli pok odam xatining yaxshiligi sharofatidan mamlakat podshohi
bilan hamsuhbatlikka muyassar boʻldi.
Bilki, Navoiy, nima soʻz yozsang ham, Haq soʻzidan boshqa soʻzga qalam urma.
Ey soqiy, yoqutrang maydan olib kel, limmo-lim qilib quy. U bodani menga tutki, bir
totib, kaxrabo rangini yoqut rangiga aylantiray.
ХLVI - Oʻn Uchinchi Maqolat
Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqidakim, peshona teri bilan zebo rayhonlarning
boshiga gavharlar sochadilar; yuzlarida bulut orasidagi chaqmoqdek kulgi koʻrinib turadi;
shabnam toʻkilgan chinordek, qoʻllari kaftining teri bilan yerga yonboshlagan xas-
hashaklarni sugʻoradilar; dilining kuyishi chinornikidek rangu roʻyida oshkor
Ey insonlar orasida tong kabi kumush sochishga oʻrgangan odam, sening mehring quyosh
mehriday umumiydir. Xalq yuziga tong kabi kulib boqasan; elning boshida charx kabi
aylanasan. Agar yomgʻir oʻrniga tosh yogʻsa ham, togʻdek boshingni yashirmay turasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |