Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
20
http://ziyonet.uz/
Bunday odam birovning dasturxonida bitta yumaloq patir koʻrsa, uni osmon saxnasida
toʻlin oy deydi. Odamlarning kaftida paydo boʻlgan qadoqni koʻrsa, hasad qilib, uni
qoʻlida toʻla dur ushlab turibdi deydi. Tun qorongʻiligini tong safosi deb, boyqush patini
humoning pati deb hisoblaydi. Odamlarning (xursandchilikdan) ichgan mayini qon deb
biladi; taajjubki, oʻzi ham ichkisi kelib xasrat bilan qon yutadi. Birov yigʻlab, koʻzidan
dur kabi yosh toʻkayotganini koʻrsa, qaygʻurib, qildek buralib, kuyib yonadi. Birovning
zarxal ayvonini koʻrganda esa oʻsha oʻt bilan oʻz kulbasini kuydiradi. Bir odam gul
hidlasa, unga tikan sanchilgandek boʻladi; birov boda ichsa. uning boshi ogʻriydi. blga
shodlik boʻlsa, uning dardi kuchayadi. Uning joniga mos narsaning oʻzi ham darddir.
Naqd boylikning ofati oʻgʻri boʻlganidek, yaxshilar hasadgoʻy odamlardan doim ozor
topishadi. Gul yuzta husnu latofatga ega, lekin uning muattar hidi qoʻngʻizning joniga
ofatdir. Iblis tugʻma koʻr kabi Xizrni koʻrmay oʻtib ketadi. Kiyimining zumrad rangi
unga zaharli ilon boʻlib tuyuladi. Quyosh yorugʻlik berib, nur sochib turadi. Koʻrshapalak
buni koʻrmasa, kim aybdor?! Tashna elni suv oʻlimdan saqlab qoladi; oʻtga tekkan zamon
esa uni oʻchiradi.
Jinning joyi biyobondir. Gulshan esa uning koʻziga zindon boʻlib koʻrinadi. Quyoshning
javhari pok yaratilgani uchun bulut uning nurini toʻsishga intilsa nima deysan. Porlab
turgan gavhar sopol idishning ostiga tushsa, bundan uning qimmatiga putur yetarmidi.
Arabdan chiqqan paygʻambar butun borliqni yoritti. Abu Lahab yuzini qora qilib nima
qilardi .
Ey paygʻambar soʻzi bilangina shod inson, elga zarar yetkazish xavfidan sen doim
ozodsen. Xudo osmon toqini yaratganida uning ichida bu oʻtkinchi dunyoni ham yaratdi.
Davr gulshaniga zebu savlat berib, uning har bir gulini quyosh yorita boshladi. Bu
charrianni Xudo yaratayotgan chogʻda uning asosiy maqsadi inson gulini yaratish edi.
Inson jamoasidagi eng komil odam mashaqqat yukini eng koʻp koʻtargan odamdir.
Kamolot qozongan odamlarning ham eng komili elchilar podshosi Muhammad
paygʻambar edi. Paygʻambarlik quyoshi bilan bu kamolotini, kamolot avjidagi bu
ulugʻvorligini sening kechangni yoritish uchun chiroq qildi, sening shon-sharafingga esa
maddohlik etdi. Naf yetkazishni u oʻziga asosiy oʻlchoy qildi. Koʻrki, bu oʻlchov seni
odamlarning eng yaxshisiga aylantirdi. Har tasbeh oʻgirilganda, unga sanoxonlik qilardi;
u endi senga maddoh va sanoxon boʻldi.
Sen shunday buyuk martabaning qadrini bil, shunday ulugʻ darajaning shukrini qil. Shukr
nimasi? Naf yetkazishni orttir, xayru saxovat kamarini uzun qil. Oʻzingda koʻp boʻlsa,
in’om ber: koʻp boʻlmasa, oz berishdan or qilma. Agar qoʻl bilan berib xayr qilish iloji
boʻlmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir ogʻiz yaxshi soʻz bilan
xursand qilish kerak boigan vaqtda unga xazina bersang ham u qaramaydi. Soʻz bilan el
oʻlimdan najot topadi; soʻz bilan oʻlik tan qayta tiriladi. Soʻz bilan dinsizlar musulmon
boʻladi; soʻz bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir soʻz bilan qancha
balolar daf boʻladi; qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi. Insonga xos
konning gavhari, bu -soʻzdir; odamzod gulshanining mevasi ham shu soʻzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |