Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
28 
http://ziyonet.uz/ 
oʻxshaydi. Boshi aylanib, koʻngli ham ozib, qulogʻini yejkasiga qoʻyib berkitishga 
harakat qiladi. 
Shu xilua u har tomonga borib-kelib, qara, ne shakl, ne qiyofaga kirdi! Unga ichish ham 
bir boʻldi, shuncha azob-uqubat tortish ham. Buni xumor dema, yuz balo degin: ular 
hammasi bir boʻlib, uni oʻziga mubtalo qilgan. Uning oʻziga oʻzi qasd qilishini tomosha 
qil; oʻz joniga oʻzi zulm qilishiga bir qara. 
Bular oʻzi hammasi biri biridan qiziq ishlar... Bundan ham qizigʻi yana shuki, u oʻzining 
bu ishlarini oddiy mastlik, shunchaki bir rindlik, qalandarlik, beboshlik deb xayol qiladi. 
Bu ishlarning hech biri koʻngliga ogʻir botmaydi; xijolat tortib, oʻlmaydi ham. Shuncha 
qabohat unga ta’sir etmaydi; bu qabohatlarning hammasini joyiz deb biladi. 
Ha, shum kampirning qizi qancha xunuk boʻlsa ham, uning koʻziga behishtdagi hur 
boʻlib koʻrinadi. Qobiliyatsiz shoirga: «Nima deyapti?» deb yurma deyman. Nima 
be’mani gap gapirsa, uning oʻziga senr boʻlib tuyuiadi. It qozondagi oshga tilini 
tekkizgani uchun yuz qoralik belgisi sifatida yuzi qizil boʻldi. Kimki odam oʻldirib, jallod 
nomini olgan boʻlsa, u oʻz oʻgʻlini oʻldirsa ham xursand boʻla beradi. Goʻngning isidan 
koʻngli ochilmasa, qora qoʻngʻiz uni yumalatib yurmas edi. Kimki koʻmir sotishni 
boʻyniga olgan boʻlsa, yuzi qora boʻlganidan or qilmaydi. Boyqush obod yerlarda xafa 
boʻlib oʻltiradi; vayrona burchaklarda esa tovusdek tovlanadi. May inson tanasini xarob 
qilsa, ajablanish kerakmi? Sel uylarni buzib olib ketsa, hayron boʻlishga oʻrin yoʻq! 
Sel uylarni yiqitib, odamlarni bevatan qiladi; sel balo seli boʻlib, uylar vayrona boʻlsa, 
odamni mast qilib yiqitish ichkilikning xususiyatidir. Uning jism uyiga u, bilki, balo 
selidir. Uni jism uyi dema, jon uyi de, jon uyi ham dema, imon uyi de. Har tomondan 
tugʻyon qilib kelgan selga shoh uyi ham bir, darvesh uyi ham. 
Kim bemazalik qilib bodani icha bersa, uning aql chirogʻi xiralashadi. Agar chiroqning 
alangasiga bir qatra suv tomsa, uyda yorugiik boʻlishidan qoʻlingni yuvasan. Aql chirogʻi 
qanday chiroqki, kishi kechasiyu kunduzi uning ustidan may suvini jom-jom quyadi. 
Mash’alning aylanasi ustiga ham bir kosa suv quysang, u oʻchadi. Mana, chiroqning 
ahvoli. Suv bilan mash’alning oʻti ham xiralashadi; mash’alning oʻti u yoqda tursin, 
manqalning oʻti ham. Manqalni qoʻy, koʻra boʻladimi, tandir boʻladimi, baribir, unga suv 
tekkandan keyin, unda na issiq qoladi, na nur. Majusiy oʻtxonaga suv quysa bir nafasda 
sandal daraxtining oʻtini obnusga aylanadi. 
Kimki shu suvdan oʻziga xursandchilik xosil qilmoqchi boʻlsa, uning uyini qorongʻilik 
bossa ajab emas. Demak, uni suv dema, u shunaqangi bir oʻtki, yetti osmon xirmonini 
kuydiradi. Osmonni kuydirishga qodir boʻlgan bu shu’la xas-xashakka tushsa, undan 
nima qoladi? 
Ey inson, vujuding uyi xuddi shu xashakning oʻzidir; zaif taning bir xovuch tuproq. Bu 
xashakka qachongacha oʻt qoʻyasan? Bu tuproqni qachongacha sovurasan? Ichkilik ham 
dard oʻti, ham afsus suvidir; yoʻq, u doʻzax oʻti, ham toʻfon suvidir. Bu oʻtni oʻz 
vujudingning xas-xashagiga urma; bu suvni bir xovuch tuprogʻingga quyma. U garchi 
suvdek tiniq, yaxshisi boʻlsa ham, lekin uning suvligidan oʻtligi ortiqdir. Har qanday suv 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish