Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
24 
http://ziyonet.uz/ 
Rustamdek bir azamat u makkor qariyani uchratib, oʻsha goʻzalga yetishish orzusida 
gʻamga asir boʻlganini izhor etdi, deylik. Qariya oʻrtada qoʻshmachilik qilib, 
qo£shmachilik dema, makr-xiyla koʻrsatib, shunday yashirin sehrgarliklarni namoyish 
qiladiki, natijada ikki toqni juftlashtiradi. Ularning nikohini maxkamlash vaqti kelganda, 
toʻy oldi qaliniga jonining javharini soʻrattiradi. Hozir toʻy oldi qalini uchun jonini 
soʻratgan boʻlsa, ertasiga toʻydan keyingi qalin uchun imonini talab qiladi. Ra’nodek 
goʻzal mahbuba uning yordami bilan oshigʻini oʻziga ibodat qilishgacha olib keladi. 
Uning shunday oʻzini past tutishini, kamtarligini koʻrib, endi unga pul ham da’vo qila 
boshlaydi. Toʻy oldi qaliniga jonini soʻrab, keyingi maxrga imonini talab qilib, jonini, 
imonini olgandan keyin esa, bu dunyo uyidan uni surgun qiladi. Uni bu uydan chiqarib
boshqani kiritadi, yana boshqa bir begona odamni oʻziniki qiladi. Unisiga vafoni tark 
etgan edi. Bunisiga ham oʻsha jafolarni koʻrsata boshlaydi. 
Qizigʻi shuki, bundaylarning yuzi kelib mingi ketadi; mingtasi ketgandan keyin yuz 
mingtasi keladi. Kelish-ketish ishlari shu xilda tuzilgan boʻlib, hayot - bazmga kelib-
ketishday bir gap. Zamonning ishi shu xilda qurilgan boʻlib, evoh, u doim aylanib turadi. 
Azaldan oxirigacha shu xol boʻlib, keluvchilarning ham, ketuvchilarning ham son-
sanogʻi yoʻq. Ularning yuzi boʻlsa ham, mingi boʻlsa ham, falak ularni yoʻq qiladi. Uning 
jafolaridan oh, yuz ming oh! 
Falak aylanganda ikki chiziq xosil qilib, bu mintaqa va muaddil chiziqlari ikki 
belbogʻday uning beliga boylangan. Shuni koʻriboq odamlar uning nima maqsadda 
belining ikki yeridan boylanganini tushunadi. Uning aylanishidan xosil boʻlgan kunduz 
ham, kechasi ham tunu kun goh pastga tushadi, goh tepaga chiqadi. 
Bu mashaqqatdan quyoshning yuzi sargʻaygan; hatto yangi oy ham oʻzidan ketib,/bexud. 
Uning yetkazgan gʻamidan tong toʻnini yirtgan, shorn ham motam libosida. Issigʻini 
koʻtargani uchun oʻt oromsiz, yelni yugurtirgani sababli xor-zor. Suv ham uning 
dagʻdagʻasidan jahongashta; qattiq shamoli tuprogʻni changga aylantirgan. Uning qasd 
qilishi natijasida dengiz zahar rangida, zahar ta’siri uni qaygʻuga solgan. 
Uning zulmi bilan konning baxti qora; goʻyoki ichi laxta-laxta qon bogʻlaganday. Durga 
u shuncha koʻp zulmlar qildiki, oʻz ahvoliga toʻkilgan bir qatra yoshday boʻlib qoldi. 
Uning nayzasi la’lga shunday ochiq urildiki, natijada yarasidan bir qatra qon chiqardi. 
Uning gʻamidan bulut ahvoli ham chatoq; goʻyo oʻz dardiga bir qora oh chiqarganday. 
Undan chashma ham dushmanlik koʻrib, bir koʻz boʻlib qolgan, oʻz ahvoliga qaygʻurib 
koʻz yoshi toʻkadi. 
Bulbul uning xasratidan figʻonda, gul toʻni shu tufayli yuz yeridan chok. Lolada ham 
yangi dogʻlar paydo boʻlgan; koʻz yoshlari esa u dogʻlarni qonga boʻyagan. Shishaning 
koʻzidan qonini oqizib, mayining oʻtidan odamlarning jonini kuydiradi. Garchi u 
kishilarning joniga oʻt solsa ham, shu oʻtini ham hammadan baribir qaytib oladi. Shunga 
qaramay falak hammaga oʻzini doʻst tutib, oʻzini odamlarning ahvoliga gʻamxoʻr qilib 
koʻrsatadi. Bir necha kun odamlarga xursandchilik bagʻishlab, bir necha kun ularning 
xojatini ravo qiladi. Birovni mansabda Qorun darajasiga, birovni martabada Faridun 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish