Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
27
http://ziyonet.uz/
Ey, jomga hamdam boʻlib quvongan odam, ishing jaholat xumoridan mastlik. Bunday
aysh senga doimiy boʻldi, hech kamaymadi. Dardu fikring jaholat jomi. Boda ichingda
xumda qaynaganday joʻsh uradi. Bu qaynashdan har doim koʻnglingda ham xuruj. May
vujudingdagi magʻrurlikni kuchaytiradi. Lekin sen koʻp singari oʻzingdan oʻtgan sirni,
oʻz ahvolingni tushunmaysan. Ogʻzingni fisqu fujurning qoʻli ochadi. Gʻaflat mayini
ichib olib, ogʻzingdan xum kabi koʻpiklar sochasan. Na senga oʻlish gʻamidan motam, na
rizqu nasibang tugashidan tashvish! Ajalning muxtasibi kelib qolsa nima qilasan? Uni daf
etish uchun qanday tadbir qoʻllaysan? Jafo toshi bilan qani endi u bu xumga qarab bir
ursa, uni boʻlak-boʻlak qilib, sindirib tashlasa! Jismingga dogʻlar qoʻyib kuydirib,
ichayotgan mayingni qora tuproqqa toʻkib tashlasa! Sopol idishingni chil-chil qilganidek,
la’lga oʻxshagan mayingni yer qoniga aylantirsa!
Bu behisob ichayotgan jaholat maylaring uchun bir kun kelib, albatta, hisob berasan.
Sening bu mastliging necha yil, necha oy davom etishi mumkin? Oyda, yilda bir marta
mast boʻlmasdan xushyor ham yur!
Mast odamning hamma harakatlari bema’ni boʻlib, koʻchadagi bolalarga masxaradir.
Koʻchaning boshida u jinni koʻrinishi bilan bolalar unga tosh yogʻdira boshlaydilar. U
piyoladagi mayni oxirigacha ichib, mast boʻlib, koʻchaga mayxonadan chiqib keladi.
Peshonasi tomlarga urilib, qonagan, boshidagi sallasi yoyilgan, chuvalgan. Yomon itdek
odamlarga oʻz-oʻzidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa
ham boʻladi.
Badanida mastlik dam-badam gʻolib kelib, oʻzini boshqara olmay, boshi ogʻgan tomonga
ketib qoladi. Yoida uchragan yomgʻir suvini koʻrsa, may deb ichadi; soy toshi uchrasa
uni gulday otib yuboradi. Otgan toshidan bolalar goh atrofga tirqirab qochadi, goh yana
bu mast-alastning boshiga toʻplanib oʻynashadi. U boʻlsa goh yiqilib, goh harzamonda
turib, mastlikbilan qoʻlini har narsaga uradi. Shunday qilib, u ketma-ket yiqilib, turib,
yiqilib turib, oxirida shunday yiqiladiki, may ustidan bosib tushadi. May uning axyolini
chatoq qilgan boʻlsa, qusuq uning soqollarini bulgʻaydi. Boʻzchining tarogʻidagi
ohordek, balki qargʻa patidagi iflosdek, qusuq uning soqolini obdan harom qiladi. It esa
yalab, uni yana tozalab qoʻyadi.
Mastlik uyqusi tarqagandan keyin, koʻzini ochib, yana ichishga beriladi. Boshidagi
sallasini ham topa olmay qoladi. Belidagi pulini ham yoʻqotadi. Oʻlikdan kafanini shilib
olganday, toʻnini ham yoʻltoʻsarlar yechib olishgan. Yoʻlda pichogʻini ham olishib,
qinining oʻzini qoldirishgan; kavushining ham bittasi bor, ikkinchisi tushib qolgan.
Toʻnining etagi balchiq, oldi xoʻl, oldi xoʻlu, ammo oldida koʻl ham paydo boʻlgan.
U oʻz uyini qancha qidirmasin, shu uzun koʻchadan boshqa uyni topa olmaydi. Vujudiga
titroq kelib, qaltiratadi; ogʻzida hech ta’m yoʻq, bemaza. Qoʻlini maxkam qoʻltigʻiga
tiqib, qancha qidirsa ham uyining yoʻlini topa olmaydi. Toʻnini oʻgʻri yechib olgani
yetmaganday, qolgan hamma narsalarini koʻcha qorovuli tortib oladi. Tushunsang, bu oʻq
tekkan odamni tuzatish uchun uning yarasini kesib, ichidan oʻqni sugʻurib olganga
Do'stlaringiz bilan baham: |