Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
29
http://ziyonet.uz/
qaynab turganda, koʻrinishi ruvdir, lekin uning kuydirishini oʻtnikiga solishtirib
boʻlmaydi. Oʻtga kishi qancha qoʻl ursa ham, unga qoʻl tekkan bilan, qoʻl kuymaydi.
Kimki qoʻlini qaynagan suvga tiqsa, qoʻli unga tegishi bilan oʻldiradi.
Xullas, uning oʻti oʻtu suvi ham oʻt, rangi oʻtu jozibali yolqini ham oʻt. Kimki bu toʻrt
oʻt ichiga tushib asir boʻlsa, chaqmoq chaqqan joyda ipak toʻqimaday yonadi. Qaysi
badanda bu toʻrt oʻt yonsa, uning issigʻidan badanidagi toʻrt unsur ham oʻrtanadi. Bu
oʻtda toʻrt unsurgina yonib, yoʻq boʻlib ketmaydi, aqlu xis, dinu islom ham yoʻqoladi.
Oʻtga shunday issiq berish xususiyati xos ekan, uning yomonligini qaysi suv daf eta
oladi? Yashinni toʻfon suvi ham pasaytira olmaydi; gulning oʻtini bahor suvi oʻchira
olmaydi. Bu oʻtning joniga ofat boʻladigan suv tavba vaqtida afsus-nadomat koʻz
yoshlarini toʻkishdir. Shunday koʻz yoshi oqib turgan vaqtdagina bu oʻt daf boʻladi, bu
oʻtgina emas, yoʻq, hatto doʻzax oʻti ham. Kishi bunday qatrani qaerdan topadi? Oʻzi bir
qatra boʻlsa ham, naf i daryocha-ku! Kimki oʻz gunohlariga pushaymon boʻlib, koʻz
yoshi toʻksa; uning har qatra koʻz yoshi maqsadiga yetishi uchun gavhardir. Bulutdek
hayo bilan koʻz yosh toʻkar ekan, uning har bir qatrasi durning aslidir. Birovni maqtab,
majburan tavba qildirilsa, buni tavba deb tushunma: birovning tavba qilishga aqli
yetmasa, «Qur’on»ni oʻrtaga qoʻyib, shartlashishni ham; yoki birov mast boʻlib toʻpolon
koʻtarganda, qasam ichtirib, uni bu ishdan qaytarishni ham. Bular hammasi taqdir oʻti
oldida bir xasdir. Bular tavba hisobida ham emas. Kimki taqdirning qoʻlida beixtiyor
tavba qilar ekan, unda ixtiyor bormi!
Tavba, bu - oʻz aybidan xabardor boʻlishdir, oldida turgan yoʻlning xavfliligini
tushunishdir; yoki yoʻldan adashib qolgan vaqtda, bu ahvolga oʻzining aybdorligidan
ogoh boʻlishdir. U, bilsaki, Xudo hamraa vaqt xozir, nima qilsang, hammasiga nozir,
uning koʻnglini pushaymonlik oʻti yondirsa, jonini xijolat oʻti kuydirsa, shu xolatda u
tafakkur qilib, oʻz qilmishlariga nafrat bildirsa, shunda unga yana Ilohiy lutf etib, bitmas-
tuganmas jozibaga erishib, Xudo uni oʻzligidan judo qiladi, oʻz xoliga mutlaq qoʻyib
qoʻymaydi. Shunda u «Ilohiy tavba» bilan zafar topsa, bunday tavba haqiqiy tavba
hisoblanadi.
Xudoning oʻzi shunday karam qilmasa, odam nima qila oladi? Oʻzligi bilan uning
qoʻlidan nima keladi? Gʻoyibdan ilxom kelmasa, tavba tavba emas. Kishi oʻz aybidan
oʻzi qutula olmaydi. Odam oʻz ixtiyori bilan gunoh qilmaydi. Bu gunohning tavbasi ham
unga ma’lum emas. Xudodan amr boʻlib, u tavba qilsa, bu - chindir. Bu tavbani
Xudoning oʻzr saqlamasa, bandasi sindirishi ham mumkin. Tavba qilish uchun Xudo
kimga tavfiq bergan boʻlsa, uning tavbasi sinmaydigan, haqiqiy tavbadir. Oʻzlik bilan
qilingan tavba buzilishi mumkin boʻlgan tavbadir. Ilohiy tavba qilishdan kel, shundan
gapir.
LI
Bani Isroilini Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi,
qasamning qof toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitgani
Do'stlaringiz bilan baham: |