Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
25 
http://ziyonet.uz/ 
darajasiga koʻtaradi. Uning bu ishlarida ham bir-biriga muvofiqlik yoʻq; mingdan bir ishi 
taxsinga loyiq emas. 
Shunday fikr qilginki, bu pastkash charxning aylanishi xuddi gʻalvirning aylanishiga 
oʻxshaydi. Olamdagi odamlar, xoh yaxshi boʻlsin, xoh yomon, hammasiga shu chanbar 
orasidan joy beradi. Odamlarni u shu ahvolga solib, oʻz gʻalvirini elagani elagan. 
Yaxshini yomondan, pokni nopokdan ajratadi. Yaxshisini pastidan ayirgandan keyin 
ikkovini bir martabada qoldirmaydi. Qaysi biri koʻproq pastkash boʻlsa, oʻshani oʻz 
marhamatiga olib, koʻproq boy qildi. Durni oddiy kaxrabodan farq etmasdan, durga 
aloqasi yoʻq narsalar bilan durlarni koʻmib yubordi. Jahon gulshanida nargis kabi 
kaltabin, nodonlar bor edi, ularning bazmlariga xursandchilik bagʻishlab, kumush 
tabaqlarda oltin qadahlar uzatdi. Tabiati pokiza, behisht gulzorining bezagi deb 
tushunilgan gulni esa, balo tikanlariga mubtalo qilib, uzdi, sovurdi, yoʻqotdi. Rindlar may 
idishiga gʻilof qiladigan terini xoʻtan mushkini saqlaydigan idishga aylantirdi. Qaerda 
rangdor yaman terisini koʻrsa, yuz joyidan qirqib, undan oʻqqa xalta yasadi. Tigʻdek 
odamlarning qonini toʻkkanlarning martabasini koʻtarib, shoh yoniga oʻtqazdi. Oʻq kabi 
toʻgʻrilar esa undan quyida, d’q oʻqdondan bir necha tosh uzoqqa ketgani kabi. 
Qizigʻi shuki, uni yaxshi desang ham, yomon desang ham, agar birpas vaqtini topsa, 
ayovsiz xanjarini ishga solib, yaxshiyu yomon bilan barobar jang qiladi. Kimni loyiq 
koʻrib taxtga oʻtqazgan boʻlsa, oxirida baribir taxtaga yotqizib, xafa qiladi. Kimga bir 
taxta kigizni soyabon qilgan boʻlsa, uni ham oʻsha quruq taxtaning ustida uxlatadi. 
Kimgaki ichib baxra olsin, deb bir jom may tutmasin, oqibatda oʻsha mayga zahar ezib 
qoʻshadi. Oʻsha jomdan may ichmagan, oxirida zaharidan xurush qilmagan kishi 
dunyoda yoʻq. Kimning obroʻ-e’tiborini koʻtarmasin, uning buyrugʻiga butun olamni 
mute’ qilmasin, unga jabr qilib, uni pastlatadi ham, sekin-asta tuproq bilan barobar qiladi 
ham. 
Dunyoda shunday odamlar bor ediki, ular shohlar edilar; mamlakatda adolatning 
posbonlari edilar. Bu,falak ularning birontasini oʻldirmasdan, xoru zor qilmasdan 
qoʻydimi? Boq, Faridun bilan Jamshid qayoqqa ketdi? Yeraj, Hushang va Zaxxok-chi? 
Salm, Manuchexr va Navzar qani? Baxmanu Doroyu Iskandar qani? Qani dunyoning 
xokimi Chingizxon? Qani jahon xoni Temur Koʻragon? Bu pastkash charx ularning 
bittasiga ham vafo qilmay, kimni koʻtargan boʻlsa, uni yana yerga urdi. 
Shuning uchun u bergan davlat va iqbolga shod boʻlma; uning muhabbatiga ham 
ishonma. Uning hech bir xosili ham yoʻq, doimiyligi ham. Ularning hammasidan kech, 
lekin kechikma. U seni magʻlub etguncha, sen uni oldinroq oʻz faqirliging bilan xor qil, 
magʻlub qil. Qoʻlingda bor narsani u olib qoʻymasdan, hammasidan voz kech, qoʻlingni 
tort. Qoʻlingda nimang boʻlsa, parokanda qil, oʻz qoʻling bilan uni sharmanda et. Quyosh 
panjasidek qoʻlingni och, unda qancha kumush boʻlsa, olamga soch. U sening qoʻlingni 
quritishini bilib, bilganingdan keyin, oʻz qoʻlingni oʻzing qurit. 
XLIX 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish