Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
21
http://ziyonet.uz/
Kishilarning soʻz bilan naf yetkazish qoʻlidan kelmasa, loaqal koʻnglidagi andeshasi
yaxshi boʻlishi kerak. Koʻngli odamlarning xursandligidan xursand boʻlkxi lozim;
ularning koʻngli noxush boʻlsa, tashvishiga sherik boʻlish kerak. Kimning xalq gʻamidan
gʻami boʻlmasa, haqiqiy odam boʻlsang, uni odam dema. Birovning oʻlimidan sevingan
odam yo goʻrkov, yo yuvgʻuvchi, yoki jallod boʻladi. Ularning qaysi birini tasavvur
etsang ham, tabiating nafrat bilan toʻladi. Lekin birov senga yaxshilik qilmoqchi boʻlsa,
soʻz bilan senga jon bagʻishlamoqchi boʻlsa-yu, lekin gap bilan buni ifodalay olmasa,
yaxshilikni tilga olganining oʻzi kishi tab’iga osoyish bagʻishlaydi.
Xudo seni shunday nodir qilib, dunyodagi odamlarga naf keltiruvchi qilib yaratdi. Kimki
uning shu amriga mansub boʻlsa, barcha kishilar koʻngliga ham yoqqan boʻladi. Ikki
dunyoning taxti bilan toji bir tomonu bu bir tomon, bilib qoʻy!
Bu sifatdan yaxshi sifatni topish qiyin. Lekin bundan ham yaxshi bir ish bor. Bu -birovga
bir narsa berib, undan olishni odat qilmaslik; naf keltirishu, lekin birovdan naf
qidirmaslik; berish ishini doim xotirda saqlab, berib, bir narsa olishni oʻylamaslik. Bulut
topganini xalqning ustidan sochdi. Shuning uchun Xudo uni osmonga xoʻjayin qilib
qoʻydi. Chumoli odamlar sochgan narsani terishga odatlangani uchun uning ishi tiriklay
goʻrga kirish boʻldi. Gul oʻzining kumush gulbarglarini odamlar ustidan sochgani uchun
Xudo unga yangidan-yangi barg, gʻuncha ato qiladi. U sochgan narsani shamol olib
yiqqani uchun doim darbadar boʻlib, xoru zor. Shisha ham oʻzidagi gulobni odamlar
yuziga sepgani uchun uni avaylab tokchaning ustida saqlashadi. Supurgining odati ham
yigʻish, toʻplash boʻlib, uning eshik orqasida xor-zor boʻlib yotishi bunga bir dalildir.
Sanamlarning zulflari doim mushk tarqatib turgani sababli ular quyoshdek yuzning
tepasidan oʻrin olganlar. Chin diyorining mushki oʻzi qora tuprogʻday bir narsa. Sunbul
uning isidan is olgani uchun boshoqchiday boshi quyi.
Bundan ham baland yana bir martaba bor. Unga yoʻl topish yuksaklik belgisidir. Qanday
in’om boʻlmasin uni ochiq yuz bilan berish, achchiq bodani shirin soʻz bilan tutish kerak.
Saxovat koʻrsatgan kishi muomalada ham xato qilmasa, u bir yoʻla ikkita in’om bergan
boʻladi. Tovoqda turgan mevalar dilga yoqsa ham, ammo ustidagi gullar unga
qoʻshimcha bezakdir. Maxbubaning husni qancha goʻzal boʻlmasin, lekin odamlarning
koʻnglini u yoqimli muomala bilan oladi. Oltin tojning ziynati boʻlsa ham, ammo uning
ustidagi durni hech narsaga taqqoslab boʻlmaydi. Dasturxondagi xushboʻy taom qancha
yaxshi boʻlmasin, ustiga qand sepilsa, yana ham xushroq boʻladi.
Kimki bunday axloq bilan ish tutar ekan, unga birov jafo qilsa, buning uchun u intiqom
olmaydi. Har qanday dilgʻashlikni xursandxkka qabul qiladi, birov qancha jafo qilsa,
vafo bilan javob beradi. Bunday odamni insonlarning insoni deb, haqiqiy odamlarning
eng yaxshisi deb bil. Uni odamgarchilikni toʻla egallagan, yuz kishining odamgarchiligi
qoʻlidan kcladigan deb tushun!
XLVII
Marhamatli Ayyubning bezori oʻgʻri egriligini tuzatgani...
Do'stlaringiz bilan baham: |