Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
17
http://ziyonet.uz/
soʻzlari) xijronning qora shomida najot tongiday, furqat qorongʻiligida esa obi
hayotdaydir; u yoʻllagan maktub eng yoqimli xushxabardan iborat boʻladi; farogʻatli
hayot haqida yozgani zavq-shavq belgisidir. Uning xati zulm vaqtida mazlumlar uchun
bu zulmdan qutulish vositasidir. Bu xatni koʻrganda zolimlar vaximaga tushadi. Bu xat
odamlarga nurli quyoshdek foydali, yuksak osmonday qudratlidir. Yangi oy shaklidagi
sarlavha ustiga bosilgan muxr tongning shafaq rangi ustidagi quyoshga oʻxshaydi. Shu
xildagi uning qanday maktublari boʻlmasin, hammasi, oʻylab qarasang, biri biridan
yaxshi. Kim kitob tuzish yoʻlini tanlagan jboʻlsa, unga toza durday qimmatbaho narsalar
nazm va nasrdir. Bular - hikmatli soʻzlar, tarixiy voqealar, hikoyalar, she’r bilan bitilgan
turli-tuman maqolatlardan iboratdir. Bundagi’ajoyib gʻazallar jannatning bogʻiga
oʻxshaydi. Uni ajoyib gʻazal dema, xushboʻy ohuning bolasi deb ata. Bunda uning qalami
gavharlarni qora ipga, xuddi tun ipiga yulduzlarni tizganday tizadi. Unda qogʻozlarning
yuzi mahbubaning yuziga, chiziqlar moʻylabiga, har tomonda sochilib yotgan nuqtalar
esa xoliga oʻxshab ketadi. Sahifalarning har biri bir gulzordek; atrofidagi chiziqlari
bogʻning devorlariga oʻxshaydi. Bu chamandagi atirgullarni tomosha qil. Chamanning
paxsa devori oltindan va lojuvarddan. Har qator xat saf-saf gul, sarv va sumanga
oʻxshash; har ikki misraning orasi goʻyo bir dilkash chaman. Bundagi soʻzlarning har biri
bir tup atirgul; ma’nosi esa uning shirin mevasidir. Baytlari xuddi Ka’ba uyining oʻzi.
Chiroyli koʻrinishi mazmunan Eram bogʻiga monand. Agar unda shunday chuqur
mazmun boʻlmasa, uni odamlar nima qiladi? Bunday nazmni koʻtarib, qayoqqa ham olib
borardi? Kimki bunday varaq va uning Tahririga extiyot bilan qarar ekan, Xudo uni har
qanday yanglish va xatolardan saqlasin!
Bular hammasi (kotiblarning) shoxchalari edi. Asosiy shox deb shundaylarini bilki,
qalamining uchi tilini uzun chinarix, ular «Qur’on» oyatlarini yozishga kirishadi: «Hadisi
Saxix» kabi asarlarni Tahrir qiladi. Bu oʻrinda ular tafsirlarni ham koʻchirishadi.
Ularning Tahriri bilan birga sharxini ham beradi. «Tazkirat ul-avliyo»ni bitib, «Qissas ul-
anbiyo»ni ham koʻchirib, «Ixyo» bilan bir nafas farogʻat topadi, bilimsizlik tufayli oʻlgan
taniga ruh beradi. Goho «Futuxot» ni koʻchirib yozar ekan, uning kushoyishidan yuzlab
odamlar oʻz murodini topadi. Koʻchirish uchun u goʻzal «Kimiyo»ni olar ekan,
odamlarning mis qalbi oltinga aylanadi. Yozishga u «Nafahot»ni qabul qilar ekan,
doʻstlik shabadasi koʻngullarni shabadalatadi. Qalami «Shavohid»ni koʻchirishga kafil
boʻlarkan, bu maqsadining amalga oshishiga dalil. Qalam chiqarib, yana bir yozgani
«Haqoyiq»; nimaiki koʻchirsa, uning bittasi «Maorif»dir . Bu asarlarga koʻz tashlaganlar
koʻngliga fayz nur sochsin! Ularni koʻchirganlar ruhiga ham fayz yetsin!
Kimki shu xilda xat koʻchirish bilan mashgʻul boʻlib, sogʻliq va husnixat unga yor ekan,
Tangri unga shodlik nasib etib, unga xalq xursandchilik xatlarinigina yozdirsin. Qalami
doim uning sahifalariga bezak boʻlsin, sahifalaridan xatoni ozaytirsin. U xat yozib,
qanday chiziq tortmasin, bundan uning maqsad manziliga yoʻl ochilsin.
XLV
Do'stlaringiz bilan baham: |