Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
14
http://ziyonet.uz/
Imom Faxr Roziy bilan sulton Muhammad Xorazmshohning hammomda doʻstlik
sham’ini yoqqanlari va imomning soʻzi bilan sultonning takabburlikdan voz kechgani
Sirdonlar davrasining podshosi, dunyodagi barcha dindorlarning imomi Faxriddin
Xorazmni oʻziga oromgoh qilganda, uni koʻrishga Xorazmshoh kelmadi. U soʻrab,
buning oldiga kelmagandan keyin, ilmining qadr-qimmatini saqlab, bu ham bormadi.
Shoh oʻz qilmishidan uyalib, pushaymon boʻldi. Lekin imom bunga parvo qilmadi. Orada
koʻp pardali gap-soʻzlar oʻtdi. Oʻrtadagi parda esa koʻtarilmagandan soʻng bu gap-
soʻzdan ne foyda.
Bir kuni imom hammomga tushgan edi. Shoh ham hammomga yoʻl oldi. Ular bir-birlari
bilan koʻrishib, shoh unga ochilib shunday savol berdi:
— Ey, oʻz ilmi bilan elni bahramand etgan, qiyomat ishlaridan bir xabar ber-chi. U kun
qanday mashaqqatlar yuz beradi? Har bir kishining ahvoli nima boʻladi?
Shoh shunday ma’noli savolni bergan edi, kamolot egasi bunga shunday javob berdi:
— Ey qiyomat kunini bilishni orzu qilgan odam, qiyomat haqidagi savolga eng monand
joy shu hammomdir. U yerda ham shoh bilan gado bir xil ahvolga tushib, shohu gado
barchasi yalangʻoch yuradi. Amaldorlar, kattalar hammasi senga oʻxshab, ichkariga
kirgach, boru yoʻgʻi tashqarida qoladi. Ilmu xunar egalari esa menga oʻxshab, nima
yiqqan boʻlsa, oʻzi bilan olib kiradi, vassalom. Sultonlikdan senga u kuni koʻp foyda
yoʻq, lekin menga ilmim tufayli yaxshilik koʻp boʻladi.
Ey Navoiy, ilm, bilki, sening maqsadingdir. Endi ilmni yiqqan ekansan, unga amal qil.
Ey soqiy, doim menga shunday bodadan tutki, imom uni koʻrib, darxol sajdaga bosh
qoʻysin. Undan kimki ichsa, Xorazmgina emas, Xorazmshoh ham uning oyogʻi ostidagi
tuprogʻ boʻladi.
XLIV - Oʻn Ikkinchi Maqolat
Qalam uchidagi tilikning rang-barang harakatlari va qalam ahllaridan iborat toʻdaning
turlanuvchanligi haqida; u (qalam) qaysi bir xatni koʻchirishga boshlasa, bu uning nomai
a’molining qora boʻlishiga sababdir, kotibga esa baxtsizlik belgisidir; u kaysi bir harfni
tuzatib, qayta yozmoqchi boʻlsa, bu uning yuz sahifasining ham, roqim qogʻozlarining
ham oq boʻlishiga sababdir
Bu qanday bichimi kelishgan, yoqimli narsaki, ovozi ham yaxshi, diqqat bilan quloq
solsang arziydi. Uchi ma’noli gaplarga naqshu nigor beradi, mistarining qashlogʻich
iplari uning tirnoqlaridir. Uning tuzilishi qushga oʻxshab koʻrinadi; tumshugʻidan har
tomonga ma’noli soʻzlarni sochadi. U oʻzi nur ustidan vatan qilgan boʻlsa-da, yemishi -
qorongʻilik ; oq qogʻozning ustiga mushk sochadi. Uning harakatlari tez va bir me’yorda,
lekin uchish uchun unga qanot yetishmaydi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |