Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
15 
http://ziyonet.uz/ 
Yoʻq, uni qush dema, u xushboʻy bir ilon, xushboʻy dema, fusungar ilon. Uning 
(sahifadan sahifaga) goʻzal uchib oʻtishlari, qoʻl-oyogʻining yashirinligi bunga dalildir. U 
har tilini chiqargahda, bitta sehr koʻrsatadi. Bunaqa sehrni qaysi bir ilon koʻrsatgan?! 
U ilon ham emas, tilla xazina ustidagi ajdardir. Uning qornida yuz xil ajoyib boylik 
yashiringan. Ogʻzidan tutun chiqaradi. Tutuni orasidan chiqqan har bir munchoq bir 
gavharga oʻxshaydi. 
U ajdar ham emas, chunki u egri; uni yaxshisi Muso (paygʻambar)ning (sehrli) hassasi 
deb atay qol. Boʻlmasa, qanday qilib u butun jahon sehrini, hatto uning ma’nosini va 
ifodalash sehrini ichiga yuta oldi? Tanasining ogʻirligi ham yoʻq darajada; u bu 
zaxmatlarni chekkanda qiynalmaydi! Uni hassa ham dema, balki qalam deb atay qol; 
uning uchini xatga naqsh bituvchi de. 
U dunyoda hamma narsadan oldin yaratilgan. Uning maqtovi - «Qur’on»da ham ketma-
ket uchraydi. U Arshning ustidagi Kursidan joy olgan. Kursining ustiga xat yozish uchun 
taxtacha ham qoʻyilgan edi. Taxtachada qanday naqshlar boʻlsa, uni qalam chizgan edi. 
Uni qalamdan boshqa narsa yozmagan-chizmagan. 
Qalam (oʻz ishi bilan) shuncha sharafga sazovor boʻlgan ekan, (bu bilan ish qiluvchi) 
kotiblar ikki xil boʻladi: maqbul kotiblar va nomaqbul kotiblar. Maqbul va 
nomaqbulining oʻzi ham bir necha xil boʻlib, hammasi xat koʻchirishga istak bildiradi. 
Ularning biri qozixona kotibidir. Uning ishi gʻayriqonuniy boʻlgan narsalarni qoʻllab-
quvvatlashdir. Odil guvohni yolgʻonchi guvoh deb hisoblab, unga pora olgan deb tuxmat 
qiladi. Uning mutlaq xoinligi koʻrinib turadi; uning barcha nohaqligi haqiqat kabi 
ravshan. U qalamning uchini oʻtkir qilib chiqaradi; toʻgʻrilik va insof yuzini yumdalaydi. 
Yolgʻonni isbotlash uchun uzundan-uzoq aybnomalar yozadi; sahifani oʻz yuzidek qora 
qiladi. Barcha xiyonatni diyonat deb biladi, har qanday diyonatga xiyonat etadi. Fisq-
fasod, igʻvo qilib, sarvday toʻgʻri, savsanday ozod odamlarni ham oʻz yoʻliga yurgizadi. 
Pul bermasa, boʻydoq oʻtgan Iso (paygʻambar) ustidan ham nikohida toʻqqizta xotini bor, 
deb yozishdan toymaydi. Pora uchun birov bir bosh uzum beraman desa, jannatga 
oʻxshagan butun bir bogʻni kuydirishi mumkin. Xalifaning qizini hindu bilan nikohlaydi, 
buning uchun unga ichgani bir kosa suv boʻlsa boʻldi. Nikoh xujjatini yozish uchun pul 
talab qiladi: taxsin olish umidida bu xujjat sahifasini bir qancha qaydlar bilan toʻldiradi. 
Kimki oʻz qalamini shu xilda ishlatsa, bilingki, u xatini ham oʻz yuzidek qoraytirgan 
boʻladi. 
Keyingisi xiylagarlikni oʻziga kasb qilib olgan muftidir; uning oʻy-fikri xiyla va makrdir. 
Koʻnglida u qanday egri niyatlarni oʻylagan boʻlsa, bu uning yozgan fatvolarida ham 
toʻgʻri koʻrinib turadi. Jannat hurlariga u ochkoʻzlik kiyimini kiydiradi; nimaiki «xashan» 
(«xunuk») boʻlsa: uni «xasan» («chiroyli») deb yozib, goʻzallashtiradi. Bema’ni ashula 
aytgan boʻlib, zahar sochadi. Quyoshni sham’ning tubiga yashirishga qodir. Nayrang 
iplari uning oʻziga zanjir boʻlishi kerak, lekin oʻrtada aybdor yo Amr, yo Zayd boʻlib 
chiqadi . «Ha»ning oʻrniga «yoʻq», xatoning oʻrniga savobni yozadi va orqasiga «bu 
yogʻini Xudo biladi», deb qoʻshib qoʻyadi. Oʻzining qilgan ikki gunohi koʻziga 
koʻrinmay, oʻz gunohiga Xudoni ham sherik qiladi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish