Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
13
http://ziyonet.uz/
tikonday qancha oʻtkir boʻlsa ham, tong yellari uning boshidan gul sochishadi. Odam
oʻldirish ishida qilichdek taniqli boʻlsa ham, shoh uning beliga qimmatbaho kamar
boylab qoʻygan. Uning dili goʻzallarning xolidek qancha qora boʻlsa ham, lekin doim gul
yuzida jilva qiladi. Uning yaramasliklari gapirgan bilan ado boʻlmaydi, lekin uning
dabdabasi undan ham ortiq.
Ul odam oʻzining fazilati va fasohati bilan mashhur, bunisi esa fe’li va qabohati bilan.
Qizigʻi shuki, bunisi qancha yuz odamni xor-zor qilib, qanchadan-qancha obroʻga ega
boʻlgan. Xalq uni «amir» deb ataydi. U shu nom bilan odamlarni oʻz qoʻl ostida tutadi.
Bunga uning buyurganini qilishi lozim. Olim ham uning eshigida xizmatda. Qara,
pastkash nafs shunday farishtasifat odamni la’nati dev oldida xor va zabun etgan.
Bu oʻn marta uning oldiga kirishga taraddud qilsa, darvozabon va qorovul uni
qoʻymaydi. Biror marta agar uning oldiga kirib qolsa, uning diydorini koʻrish bunga baxt
nasib etganday. Bek agar uning xol-ahvolini soʻrab, iltifot koʻrsatsa, bu uni ketma-ket
duo qilgani qilgan. Duosini tugatib, oʻrnidan turib, uyiga joʻnar ekan, uning yerini ham
oʻpadi.
Amir shunday bexud xolda oʻzinikilar va begonalar bilan munosabatda boʻladi,
odamlarni yigʻib, ularga maqtanchoqlik bilan gap tushuntiradi. Xudo haqi, qara, bu
qanday ax vol? Buni ozgina ta’riflash uchun ham til lol. Uning kibru havosini koʻru
buning qashshoqligiga qara!
Ularning oʻrtalarida nima gap boʻlishi mumkin? Unisi johil boʻlib, bunisi olim boʻlsa
ham, bu olim emas, oʻziga zolimdir. Umni kim amalga erishish uchun vosita qilsa, oʻzini
ham, xalqini ham yoʻldan adashtiradi. Olim agar amal uchun pastkashlik qilsa, ilmi uning
bilimsizligiga dalildir. Ilmi boʻlib turib, kim mansabga uchsa, toza terni dengiz suvi bilan
teng koʻrgan boʻladi. Itning maqsadi oʻlimtik boʻlgandan keyin unga bezakdor
yopqichning nima keragi bor? Boshliq boiish uchun ilm qozongan pastkash odam
najosatni ipak libos bilan yopgan boʻladi.
Olim agar oʻz yoʻliga qat’iy amal qilsa, ilmiga qarab ish tutsa, dunyoning harom
mollariga koʻz olaytirmasa, oʻtkinchi dunyoga tikilib qaramasa, bunday odamni sharaf
gavharining koni deb bil, gavhar desang ham, kon desang ham - nima, desang, oʻshanga
tegishlidir. Haqiqiy olim oʻzi konu, yuz tomoni yana gavhar, oʻzi osmonu, har tarafi
yulduzlar! Konidagi gavharlarning ham barchasi pok, osmonidagi yulduzlari ham porloq.
Kimga shunday baxt nasib boʻlsa, u dunyoga koʻz olaytirmasa, ajablanadigan joyi yoʻq.
Egnidagi toʻnida yuzta yirtiq boʻlsa ham, gulning toʻni yirtiq-yirtiq ekani ayb emas-ku!
Quyoshning yalangʻochligi uning ziynati-ku; bulutdan libos kiyganda esa, hammayoqni
qorongʻilik bosadi. Asal qovoqdan nari tursa shirinroq boʻladi. Mushk ham kiyikning
kindigidan ajratilsa, hid beradi. Yer kishining sharafi kiyimda emas; dur sadafdan uzoq
boʻlsa. bahosi kamaydi Pashshaning ham ust libosi zarrin, ammo uning qoʻnadigan joyi
oʻlimtiklarning ustidir.
XLIII
Do'stlaringiz bilan baham: |