Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
22 
http://ziyonet.uz/ 
Bir kecha hurmatli Ayyub Ilohiy sirlar kayfidan mast boʻlib, toat-ibodat qilib, sham’dek 
koʻzidan yoshlar toʻkib oʻltirar edi. U durdek koʻz yoshi dengiziga gʻarq boʻlib, kuyib-
yonishda sham’ga qoʻldosh edi. Xilvatda bir burchakni oʻziga maskan qilgan, goʻyo bir 
qutichaning ichidan eng toza dur oʻrin olgandek edi. 
Shu kecha bir kisavur uning uyiga laxm kovlay boshladi. Kechasi bilan u yer ostini 
oʻyib, yoʻl qilib chiqqanda, uyda bir odarnning boshini koʻrdi. Ayyub ham buni tushunib, 
indamadi; ibodatda davom etib, buni oʻziga olmadi. Oʻgʻri esa oʻsha teshikning ichidan 
chiqib, uydan nima topsa, hammasini toʻplab, qanchasini koʻtara oladigan boʻlsa, 
moʻljallab, orqasiga maxkam tangʻib bogʻladi. Laxmga kirmoqchi boʻlgan edi, teshik 
kichkina, yuk esa juda ham katta boʻlganidan unga sigʻmadi. «Inining torligidan xafa 
sichqon dumiga gʻalvirni ham boylab olibdi» (degan gap bor). Uning qiynalib qolganini 
koʻrib, Ayyub oʻrnidan turdi-da, eshikni ochib, unga yoʻlni koʻrsatdi. 
— Yuking katta boʻlib ketibdi, teshiging esa kichik. Yoʻldan chiqa qol, mana, eshik 
ochiq. 
U qancha gumrohlik koʻrsatgan boʻlsa, shayx unga shu xilda yoʻl koʻrsatdi. Kishi birovga 
shu xilda yoʻl koʻrsatgandan keyin, u bunday yoʻldan chetga chiqishi mumkinmi?! 
Bu ahvol oʻgʻrini ojiz qilib qoʻydi, ogʻir yuk esa qaddini bukdi. Vujudini bir oʻt yondirib 
dard berib, bundan lojuvard osmonning ham isitmasi chiqib ketdi. Elkasidagi yukni shu 
oʻtga tashlab, oʻz vujudining yukini ham kuydirishga tayyor edi. Bu ranju malolatdan 
muztar boʻldi, xijolat uni xasdek oʻrtantirdi. Na’ra tortib, seldek koʻz yoshi toʻkdi; 
shayxning oyogʻiga boshini fido qildi. Shayxning yaxshiligi, gunohini afv etgani tilini lol 
etdi, marhamatining Vuki esa jismini bexol qildi. 
Shayx marhamat qilib, uning koʻzidagi yoshini artdi, lutf koʻrsatib, boshini yerdan 
koʻtardi. Uning dardu ahvolini tushunib, faqirlik xirqasini kiyishni tavsiya etdi. Tasavvuf 
yoʻli oʻz oʻti bilan uning jonini kuydirib, undan biron nishon ham qoʻymagandek edi. 
Uning butun borligʻi xasdek shu oʻtda kuydi. U shu oʻtdan koʻp yorugʻlik topdi. Kamolot 
egasi uni shunday parvarish qilib, bir afv bilan shuncha narsaga ega boʻla oldi. 
Navoiy, telbalikni qoʻyib, sen ham bir odarnning etagini ushlasang nima qilardi. 
Soqiy, gunohimdan oʻtib, qoiimdan tutki, jonim ogʻzimga kelib, chiqay deb turibdi. Tez 
boʻl, bir qadah bilan menga kushoyish ber. Umrim Nuh umricha boʻlmasa ham, sabrda 
Ayyubcha borman. 
XLVIII - Oʻn Toʻrtinchi Maqolat 
Osmon tuzilishidan shikoyat; uning har biri bir quti boʻlib, har yulduzi pok bir gavhar 
boʻlib koʻrinadi, ammo u shunday bir kuticha hamki, unga zahar, zahar boʻlganda ham 
oʻldiradigan zahar solingan; jahon koʻgʻirchogʻi haqida kinoyaki, u chiroyli va kelishgan 
shoʻx bir jononga oʻxshab koʻrinadi, ammo oʻzi shunday qariyaki, ishi makr va 
koʻzboʻyamachilik, koʻzboʻyamachiligi esa haddan ortiqdir; u marvarid qutisining 
zararini yozish uchun kalamning tili lol: bu qariyaning turgan-bitgani zavoldir 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish