3. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi



Download 27,39 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2022
Hajmi27,39 Kb.
#486954
  1   2   3   4   5
Bog'liq
17-variant


VARIANT №17
1.Xoja Ahror Vali hayoti va faoliyati. Shayxning Movarounnahr va Xuroson ma’naviy va ijtimoiy hayotida tutgan o’rni (akad.B.Valixo’jayev asarlari).
2. Yusuf Hamadoniy maktabi namoyandalari va ularning Markaziy Osiyo xalqlari manaviy ijtimoiy hayotida tutgan mavqyei (N.Komilov, I.Haqqulov asarlari).
3. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi.
4. Mavlaviya tariqati va uning tarafdorlari.
5. «Lison ut-tayr» dostonida hayrat vodiysi tarifi va u bilan bogliq hikoyat tahlili.
1
XU asrda Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan yirik murshidi, temuriy podshohlarning katta nufuzga ega bo‘lgan ma’naviy rahnamosi Xoja Nosuriddin Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) inson dilining taalluqli bolishi xususida ozining marifiy fikrlarini bayon etadi.
Insondagi barcha yuksak xislat va fazilatlari uning qalbi holatiga bogliq bolib, qalbning qoriqchisi aqldir. Aql yaratilishda malakutiy, yani farishtasifat bolib, nuroniy va pokiza tabiati bilan qalb uyini nopoklikdan muhofaza qilib turadi. Agar inson xilqatini tashkil etuvchi tort unsur mutanosibligi buzilib, tanda illat paydo bolsa - buning natijasida nurdan iborat bolgan aql xira tortadi. Qoriqchisi sust bolgan qalb uyiga esa nosoglom tafakkur yol topadi. Mirzo Abdulqodir Bedil CHor unsur asarida insonda uch quvvat jismoniy quvvat, aql-idrok quvvati va ruhiy quvvat mujassam bolsagina, u oliy maqsadga erisha oladi, deb talim beradi.
Godak ulgaya borgan sari ozi yashayotgan olamni, atrof-muhitni yaxshiroq idrok etar ekan, aqli kamolga etganda uni dunyoga keltirgan ota-onasini, ularning fazilatlarini, ixlosu etiborlarini chuqurroq his etadi va ularga mehr qoyadi. Farzandi uni tushunganini, qadrlaganini va mehr qoyganini korish ota-onaning oliy maqsadlaridan biri. Butun olamlarning yaratuvchisi bolmish Parvardigori oliyning insonni mehr bilan yaratishdan maqsadi ham unga ozini tanitish, undan buyuk ixlos va sadoqat korishdan iboratdir. Shu manoda, xususan, Quroni Karimning Vaz-z-zoriyot surasi, 56-oyati karimasida shunday marhamat qilinadi: Mo xalaqtul jinna val insa illa liyabuduni (Mazmuni: Men jinlarni va odamlarni ozimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim). Demak, muvaqqat hayot berilgan inson ham ozini mehr bilan parvarishlagan ota-onasiga qanchalik vafo va sadoqat korsatsa, uning uchun butun olamlarni yaratgan, hayot va rizq bergan, togri yol va ilm bergan, azaldan mavjud va abadiy bor bolgan Parvardigori olamga undan-da buyuk va tarifga sigmas sadoqat va muhabbat namunasini korsatmogi lozim. Binobarin, aqli kamolot darajasida bolgan etuk insonlarning oliy maqsadlari ham muhabbat, qurbat edi. Bu muhabbat kozni quvontiruvchi gozal kozaga emas, balki uni yasagan kozagarga, qalbga zavq-shavq beruvchi mukammal olam ashyolariga emas, balki ularni buyuk hikmat va betimsol sanat bilan yaratgan Yaratguchiga yonalgan edi. Pokiza muhabbat esa ibodatlarning eng afzalidir.
Hazrat Xoja Ahrori Vali ozlarining Volidiyya asarlarida yuqorida keltirilgan oyati karima tafsirida shunday yozadilar: Mufassirlarning aytishlaricha, oyatdagi ibodatdan murod marifatdir, chunki, ibodat zohiriy amallarga taalluqlidir. Ammo, uni zohirga tayin qilinsa, togri bolmaydi, chunki, xilqat (yaratish)dan murod faqat zohir amallar emas, balki zohiriy amallar marifatga tobedur va maqsud aslida shudur.
Marifat dildagi ilm, mushohada va maqsad yolidagi kuchli iroda majmuidir. Bu Haqni tanish yolidagi eng yuksak daraja va eng yaqin yol. Ammo bu maqom Haqni tanishdagi quyi darajalar ibodat (shariat ilmi), aql-idrok (zohiriy, naqliy ilm) tufayli hosil boladi.
Boshqacha aytgana, dildagi ichkaridagi marifatning tashqaridagi qoriqchilari ibodat va zohiriy ilm qudratidir. Ammo, sofiylar YAratguchining ularga marhamati bolmish marifatni qanchalik pinhon saqlamasinlar, uning nuri ularning yuzlarida, kozlarida, sozlarida aks etib turadi. Dildan tashqaridagi bu inikosni (oshkoralikni) yana aql nurlari ihota etadi va muhofaza qiladi. Shuning uchun marifatli inson yuzidagi nurni hamma ham kora olmaydi.
Xalq bolishdan (yaratilishdan) murod marifat ekan, Hazrat Xoja Ahrori Vali (r.a.) juda yoshliklaridanoq ozlarini dil qoriqchilarining tabibi emas, balki dil uyining tabibi sifatida bashorat etadilar. Hikoya qilishlaricha, yosh vaqtlarida Shayx Abu Bakr Qaffoli Shoshiy mozorlarida Hazrati Iso (a)ni tushlarida koradilar va ozlarini ularning qadamlari (izlari)ga tashlaydilar. Ul zot (a) Hazratning boshlarini tuproqdan kotarib, Gam emagil, biz seni tarbiyat eturmiz, deydilar. Bu tush tabiri haqida bazi dostlariga sozlaganlarida, ular senga tib ilmidan nasiba boladi, deydilar. Hazrat bu tabirga rozi bolmaydilar va shunday deydilar: Sizlarning tabiringizga roziligim yoqtur, man vajhi digar bila tabir etdim, va ul tabir ul tururkim, Hazrati Iso (a) mazhari ihyo bila zohir bolsa, oyturlar Isaviy al-mashhad turur. Vaqtekim, alar bu faqirning tarbiyatini ozlariga oldilar, bu faqirda qulubi mayyitalarni ihyo etmak sifati hosil bolur.
Qulubi mayyita olik qalblarni ihyo etmak tiriltirmak tabobatning asl maqsadidir. Hazrat Xoja (r.a.) tabobatning quyi darajasi, yani, tan shifokorligi bilan shugullanishga qanoatlanmay (bunday shifoga inson qatorida boshqa barcha tirik jonzot ham muhtoj), YAratgan tasarrufida bolgan insonlar qalblariga etibor qilishga, olik qalblarni tiriltirishga hayotlarini bagishlaganlar.
Rashahotda keltirilishicha, Hazrati Xoja (r.a.) on ikki yoshlarida ekanlarida hamma ogohlik bilan hayot kechiradi, deb oylar ekanlar: Gumon etar erdimki, Haq subhonahu taolo xalqlarning hammasini bul vajhda yarotub tururkim, ondin gofil bolmaslar. To shariat jihatidan balogatga etmagunlaricha, shunday fikrda bolganlar. Ammo, keyinroq ul zotga malum boladiki, ogohlik YAratganning inoyati bolib, bu martaba bazilarga maxsus, bazilarga riyozat va bazilarga kop harakat va mehnat bilan muyassar bolar, bazilarga umuman muyassar bolmas ekan.
Hazrat Xoja (r.a.) hali naqshbandiya tariqatiga rasman kirmayoq, yoshliklaridanoq, gofil qalblarni uygotish va ularda marifatni zargarona naqsh etishni niyat qiladilar. Bu niyatlari shunday amalga oshadiki:
Xizmatidin har kishi ogoh olub,
Garchi gado mani ila shoh olub...
Yoqki mamolikka nigahbon olub,
Barcha salotun uza sulton olub...
Hazrat marifat tarbiyasida dil holiga alohida etibor qaratadilar. Ozlarining Risolai havroiyya asarlarida dilni jannat bogiga qiyos qiladilar: Dilga jannat nomi berilgan xabarlar bunga dalildir, zero, haqiqatan dilni jannatga qiyoslasa boladi. Ammo dil bihishtiga tabiat dozaxidan otmaguncha etmaysan.

  • Inson shunday yaratilganki, deydilar Hazrat Volidiyyada, uning qalbi taalluqsiz emas. Yani, unda Haq bolmasa, gayr boladi, gayr ketsa Haq qoladi. Dil bosh turmaydi. Barcha haqiqat haqida soz yurituvchilar bir fikrda yakdillarki, marifat Paygambar sallollohu alayhi vasallamga tobeliksiz hosil bolmaydi. Tobe bolish esa tobe bolish zarur bolgan narsani bilishga bogliq. Paygambar alayhissalomning esa sozlari, fellari va hollari bor. Ul zoti sharifning (a) sozlari tilga bogliq, fellari zohirga bogliq, hollari esa botinga bogliq.

Demak, kamolotga intilgan inson dilida basharning yagona komil farzandi va uning barcha sifatlarini kasb etish uchun intilish bolmogi lozimdir.
2

Download 27,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish