3. Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy merosi


Hamadoniy Yusuf Abu Yaʼqub



Download 27,39 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2022
Hajmi27,39 Kb.
#486954
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-variant

Hamadoniy Yusuf Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon shahri) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim.
Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. IsfahonSamarqandBuxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Formadiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir GiloniyGʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.
H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqa yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy H.dan soʻng uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugʻullanganlar. "Rutbat ul-hayot" ("Hayot mezoni"), "Kashf", "Ri-sola dar odobi tariqat", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlar yozgan. "Hayot mezoni" risolasi oʻzbek tilida nashr qilingan (Toshkent, 2003). Xoki Bomiyondan Marv shahriga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gʻijduvoniy, Farididin AttorAbdurahmon JomiyAlisher Navoiy asarlarida H. haqida maʼlumotlar bor. Uning ziyoratgohi Xorazm vohasiga bunyid etildi. Hozirgi Shovot tumanida (ulli pir) Yusuf Hamadoniy Ziyoratgohida. Markaziy Osiyoga tasavvuf ta’limotining kirib kelishi tariqatlar tarixini yoritish an’anasiga ko’ra, o’z davrining so’fiy allomasi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048–1141) nomi bilan bog’liq. Yusuf Hamadoniy maktabida ilmu irfon sabog’ini olgan Ahmad Yassaviy va ‘Abduxoliq G’ijduvoniylar mintaqada tasavvuf taraqqiyotining keyingi bosqichlarida muhim o’rin tutdi va ikki mustaqil tariqat: Yassaviya va Xojagon-Naqshbandiya (keyinchalik Naqshbandiya-Mujaddidiya) tariqatlariga poydevor qo’yganlar. Bundan tashqari Xorazmda «valiytarosh» unvoni bilan mashhur bo’lgan Najmiddin Kubro (1145–1221) mustaqil ravishda Kubraviya tariqatiga asos soldi. Xojagon tariqati XIV asrga kelib, Baho’uddin Naqshband tomonidan yanada takomillashtirildi. Bu esa Markaziy Osiyoda mo’g’ullar hukmronligidan keyingi diniy-ma’naviy hayotning yangicha yo’nalishda shakllanishiga asos bo’ldi. Aynan XIV-XV asrlardan boshlab ushbu tariqat vakillari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshladilar. Amir Temur (1336–1405) va temuriylar tomonidan markazlashgan davlatning tashkil etilishi tariqat vakillarining nafaqat diniy-ma’naviy sohadagi nazariy, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida amaliy faoliyat yuritishlari uchun ham sharoit yaratdi. Xoja Muhammad Porso , Xoja Ahror, ‘Abdurahmon Jomiy (1414-1492), ‘Alisher Navoiy kabi yirik shaxslarning faoliyati esa Xojagon-Naqshbandiya tariqatining keyingi vakillariga ijobiy ta’sir qildi va ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun turtki bo’ldi. Keyinchalik Markaziy Osiyoda markazlashgan ashtarxoniylar davlatining parchalanishi va birin-ketin xonliklarning tashkil topishi (XVII–XVIII asrlar) ushbu hududda tarqalgan tariqatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ma’lum bir davrlarda u yoki bu tariqat namoyandalari ijtimoiy-siyosiy hayotda o’z mavqyeini egallab keldi. Jumladan, yuqori tabaqa vakillari hisoblangan hamda Naqshbandiya tariqatiga mansub Juybor shayxlari XVI–XVII asrlarda Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvuf tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin. Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarining sanog’iga yetish ham qiyin. Bu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligini bunga misol tariqasida qayd etish mumkin . Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining rivojida o’lkadan yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy, ‘Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Baho’uddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi allomalarning xizmati katta bo’lgan. Ularning faoliyati butun islom olamiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ayni vaqtda, ildizi Xojagon tariqatiga borib taqaladigan Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati Markaziy Osiyoda keng yoyila boshladi. Movarounnahr o‘lkasidan ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha yetuk olimlar, fozil ulamolar, buyuk mutafakkirlar va benazir allomalar yetishib chiqqan. Ular ilm-ma'rifatning yuksalishiga xizmat qilish barobarida o‘zlari mansub bo‘lgan yurtning nomini butun dunyoga taratganlar. Bunday allomalarning ko‘pchiligi, shubhasiz, ayni hududda keng tarqalgan tasavvufning turli tariqatlariga mansub shaxslardir. Ma'lumki, islom tarixining ma'lum bir davrlarida tasavvufning Qodiriya, Ishqiya, Rifo‘iya, Shoziliya, Malomatiya, Suhravardiya, Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya kabi bir necha yo‘nalishlari vujudga kelib, ular muayyan davr va mintaqalarda o‘zining ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy nufuziga ega bo‘lgan. Islom olamida keng tarqalgan – XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan suluklardan biri – Baho’uddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya tariqatidir. Bunga sabab ushbu tariqat soddaligi, xalq ommasi tomonidan oson qabul qilinishi va islomning asosiy manbalari – Qur’on va Sunnatga muvofiq ekani bilan bir qatorda, muayyan fiqhiy mazhabga, ya'ni sunniylikning hanafiya mazhabiga moslashtirilganidadir. Umuman olganda, Naqshbandiya sunniylikning barcha me'yorlarini o‘zida mujassam qilgan, diniy tamoyillarga qattiq amal qiluvchilar tanlagan bir tariqatdir . Markaziy Osiyodagi tariqatlarning hammasi diniy tamoyillarga qattiq amal qilgan. Ushbu bandga shuni xulosa qilib aytish mumkinki, naqshbandiya dastlab shaharlarda savdogar va hunarmandlar o‘rtasida keng tarqalgan. Sunniylik e'tiqodiga muvofiq bo‘lgan mazkur tariqat, «xafiy zikr»ga asoslangan. Unda zohiran ko‘zga tashlanadigan xatti-harakatlardan tashqari «suhbat », «nisbat» va «robita »ga kuchli e'tibor beriladi. Naqshbandiya, boshqacha qilib aytganda, Xojagon tariqatining kamolga yetgan bir shakli bo‘lib, uning nazariy asoslari XII asrdayoq Yusuf Hamadoniy va ‘Abduxoliq G‘ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Baho’uddin Naqshband uning asosiy tamoyillarini tartibga solgan. Shuningdek, uning amaliy va nazariy taraqqiyotida ‘Alouddin Attor, Xoja Muhammad Porso, Xoja ‘Ubaydulloh Ahror, Xoja Ahmad Kosoniy (vaf. 1549y.), Ahmad Sarhandiy kabi mutasavvif shayxlarning xizmati katta bo‘ldi.
3

Download 27,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish