Hamma ayb yoshlarda emas. Tan olish kerak, tizim mukammal emas



Download 16,12 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi16,12 Kb.
#616738
  1   2
Bog'liq
TEST NAMUNA 01


HAMMA AYB YOSHLARDA EMAS. TAN OLISH KERAK, TIZIM MUKAMMAL EMAS” – 15 YOSHDA TALABA BOʻLGAN JIZZAXLIK YIGIT BILAN SUHBAT


A
Koʻpchilik savol beradi, shuncha joyni bitirib, kelib-kelib oʻqituvchi boʻldingmi deb. Buning oʻziga yarasha tarixi bor. Yoshligimizda maktabda bir voqea boʻlgan. Bir toʻpolonchi doʻstimiz boʻlar edi. Doim shovqin boʻlsa kaltak shuning boshida sinar edi. Bir kuni oʻqituvchimiz kelib, nohaqdan hammaning oldida kaltaklab, ancha izza qildi. Oʻtish davrida edik, oʻsha doʻstimiz oʻzining joniga qasd qilmoqchi boʻldi, falonchi ustoz, hali janozamga kelib oʻligimning ustida yigʻlaysiz, deb xat yozdi. Xudoning inoyati bilan oʻsha yigit bir oʻlimdan qolib, yashab ketdi. Eng qizigʻi, oʻsha yigit menman! Oʻshanda tushunganman oʻqituvchining naqadar kuchga ega ekanligini, yo birovning hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin, yo kimnidir hayotga qaytarib qolishi mumkin. Agar nasib qilsa, men karyeramning birinchi besh yilini oʻqituvchilik bilan boshlayman, faqat birovning hayotiga nuqta qoʻyadigan emas, koʻpchilikni, ruhan oʻlib qolgan odamlarni hayotga qaytaradigan oʻqituvchi boʻlaman, deb niyat qilgan edik. Qisqa muddatda, Allohga shukrki, Oʻzbekiston boʻyicha 10 mingdan ziyod shogird chiqardik. Agar oʻz kasbingizning mutaxassisi boʻlsangiz, odamlar sizning ortingizdan quvlaydi, juda koʻp qoʻmitalarga, katta-katta tashkilotlarga, hokimlarga dars berdik.


B
Biz inson degan zotga juda past baho beramiz, aslida, inson qobiliyatlari, imkoniyatlari, salohiyatini bilganimizda, bu bosimni bundan ming barobar kuchaytirgan boʻlar edik. Ba’zi kitoblarda keladi, eng mukammal inson kim deyilsa, chaqaloqlar deb javob beriladi. Hech qanday gunoh qilmagan, oppoq qogʻozdek boʻladi, xotirasi ham mukammal boʻladi, qiziqishi, diqqatini jamlashi ham bizga nisbatan juda kuchli boʻladi. Biz 10 – 20 marta oʻqib, yodlaydigan narsamizni ular bir marta koʻrishda (fotoxotira deydi) yodlab olishadi. Shuning uchun, koʻp past baho bermaslik kerak ularga. Aslida, yoshligida qanchalik kuchaytirsak, katta boʻlganda shunchalik yengillik boʻladi. Bunga tarixdan misollar juda koʻp. Biz 4 yoshimizda endi oʻqishni oʻrgangan ekanmiz, 4 yoshida qori boʻlganlar bor.


D
Avvalo, hamma ayb yoshlarda emas. Tan olish kerak, tizim mukammal emas. Bizning ta’lim tizimimiz bilan haqiqiy amaliyot oʻrtasida katta farq bor. Oliy ta’lim tizimimizda bitirib kelayotgan yoshlarda shu muammo bor. Ya’ni, nazariya bilan amaliyotning oʻrtasida katta jarlik bor. Eng avvalo, shuni toʻgʻrilab qoʻyishimiz kerak.
Talabalar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, oʻqishga kirishdan avval aksariyati oʻrtacha hisobda kuniga 8 soatdan dars qilgan va kam uxlagan, juda faol turmush tarzida boʻlgan, erta turib, kechroq uxlagan. Oʻqishga 3

kirgandan keyin shu koʻrsatkich, eng yaxshi oʻqiydiganlarda ham, 2 soatga tushib qolgan. 8 soatdan 4 baravar tushib ketyapti. Agar 2 soat yaxshi oʻqisa, bemalol toʻrt, beshga yopadigan talaba boʻlishyapti. Oʻqishga kirishi va bitirishining oʻrtasida pasayish boʻlyapti. Oʻqishga kirgandagi holatim hozirgidan yaxshiroq edi, deydigan talabalar juda koʻp. Aksariyatining “umri” mandat chiqqanidan keyin tugagan.


Bular saharlab turib dars qilishga kuchni qayerdan topishgan? Chunki eng oliy maqsadi oʻqishga kirish boʻlgan. Oʻqishga kirdi, maqsadiga erishdi, undan keyingi maqsadni qoʻymagani uchun faqatgina diplomni kutib yashayapti, xolos. Bu oʻta achinarli hayot. Diplom bir devorday narsa, borasiz, devor qulaydi, undan keyingi narsaga koʻpchilik bolalar tayyor boʻlmaydi. Shuning uchun ishsizlik muammosi boʻladi. Oʻzini aldash uchun chet elga ketishadi, oʻzini aldash uchun magistraturaga kirishadi, ish topolmaydi, ish koʻp bizda, munosib kadr kam.


E
Biz oʻzi korrupsiyaga aralashmay oʻqiganligimiz uchun kam deb hisoblayman, lekin aslida jamiyatda koʻp. Umrimning yarmi Diplomatiyada oʻtgan, 7 yil oʻqib, 4 yil dars berib, 3 yil shu joyga kirish uchun tayyorlangan boʻlsam, hozir 26 yoshdaman, umrimning yarmi Diplomatiya uchun ketgan. Biror marta korrupsiya boʻlgan holatini koʻrmaganman, oʻzimiz ham bermaganmiz. Hamma ham karera qilar ekan, karerasini xavf ostiga qoʻyishga qoʻrqadi, hammaning ham qonuniy ishlagisi keladi. Hech kim oʻz hayotini, jamiyatdagi obroʻsini, oilasi sha'nini oʻrtaga qoʻyib, korrupsiyaga oʻzining xohishi bilan harakat qilmaydi, deb oʻylayman. Eng avvalo, korrupsiyaga sabab maosh masalasi deb oʻylayman. Masalan, 2ta universitetda oladigan oyligimni men oʻzimizning sohada 1 soatda topishim mumkin.


F
Eng avvalo, hayotga nimaga kelganingizni anglab yeting, oliy maqsadingizni tushuning. Vaqtingiz shunda bekorga ketmaydi, umringiz bekorga sarflanmaydi. Tushungandan keyin oʻsha oliy maqsadga erishtiruvchi sabablarni qiling. Birinchisi, ustoz toping. Ikkinchisi, harakatni boshlang. Harakat ham oddiy emas, maqsadli boʻlishi kerak va oliy maqsadga erishish yoʻlida bor kuchingizni, salohiyatingizni sarflang, degan boʻlar edim. Ummatga qanchalik kerakligimizni bilganimizda, biz kechalari uxlamas edik. Biz shu qadar kerakli inson boʻlishimiz kerakki, hatto kasal boʻlishga haqqimiz yoʻq, hatto oʻlib qolishga ham haqqimiz yoʻq, sababi, hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp.


G
Inson hayotiga qiymat berishi, ma’no kirgizishi avvalo, niyat bilan boʻladi. Inson har bir harakatini shu dunyoni yana ham yaxshilashi uchun, insonlarga xizmat qilishi uchun foydali qilgan holda harakat qilishi kerak. Bunda qanchalik koʻp ish qilishingiz emas, qanchalik sifatli va qaysi niyatda qilishingiz muhimroq. 4

Agar sen bir narsani ishlab chiqarsang, bir odam boʻlsa ham umrida shundan foydalansa va muammosi yechilsa, ishi oson kechsa, demak sen bekorga yashamagan ekansan, sen foydali umr kechirgan ekansan.


Hayotda hech qachon kibr qilmasligimiz kerak. Professional boʻlsangiz ham, oddiy oʻqituvchi boʻlsangiz ham, kerak boʻlsa vazirlarga dars berasiz. Qiymat mana shu narsa deb tushunaman men, farqi yoʻq qaysi sohada ishlashingizning, hatto “Maxsustrans”da ishlasangiz ham, eng zoʻri boʻling. Qorovul boʻlsang ham, Oʻzbekistonda eng zoʻr qorovul boʻl. Kim eng zoʻri deb soʻrashsa, mana bu, deb seni koʻrsatishsin.

Download 16,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish