Tabiatda ilon va o’rgimchak turlari



Download 19,09 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi19,09 Kb.
#492281
Bog'liq
Tabiatda ilon va o’rgimchak turlari


Tabiatda ilon va o’rgimchak turlari

  1. Zaharli ilonlar va ularning turlari.

  2. Abjir o’rgimchaklar.

  3. Qora beva.

Zaharli ilonlar va ularning turlari. Kobralar urug’ining sardori — shoh kobra barcha zaharli ilonlar orasida eng kuchlisi va yirigi hisoblanadi. Uzunligi 5,5 metrgacha keladi. Janubiy – sharqiy Osiyoning tropik o’rmonlarida yashaydi. Asosan, zaharli ilonlar bilan oziqlanadi. Zahari o’ta kuchli, odam yoki yirik hayvonga zahar solganida uni o’ldiradi. Tishlaganda organizmga ko’proq zahar yuboradi. Bu ilon zahariga qarshi hech qanday dori – darmon yoki ziddi – zahar foyda bermaydi, bunday bedavo zahardan odam yoki boshqa yirik hayvon tez halok bo’ladi.
Dunyoda eng zaharli ilon nomi uchun da’vogarlar orasida shoh kobradan so’ng Afrika mamba iloni, Avstraliya yexidnasi (sutemizuvchi yexidna bilan chalkashtirmang) va taypan iloni bor.
Afrika va Janubiy – sharqiy Osiyoga ilk bor qadam qo’ygan sayyohlar u yerlarda odam ko’ziga zahar otib, ko’zni ko’r qilib qo’yadigan ilonlar mavjudligi haqida hikoya qiladilar. Bunda ilon 2 – 2,5 metr masofadan turib odam ko’ziga zahar tupurar ekan. Mahalliy xalq bunday ilonga tupuruvchi kobra deb nom bergan. Qizig’i shundaki, o’ta bezovtalangan kobra bir yo’la 28 marta zahar otishi mumkin. Dastlabki 3 – 4 otishda zahar uzoq masofaga yetib boradi, har bir otilgan zahar orasidagi muddat 0,07 soniyani tashkil etadi. Tabiiyki, bunday qisqa muddat ichida odam kiprigini qoqishga ham ulgurmaydi.
Afrikada zahar otadigan kobraning 2 ta turi uchraydi: qora bo’yinli nigrikollis va janubda yashovchi gemoxetus. Bu ikkala ilonning bo’yi 2 metr keladi. Yemishlarini zahar solib o’ldiradi va keyin yutadi. Faqat odamlar va yirik hayvonlarga zahar otadi.
Ko’zga tushgan zaharni peshob bilan yuvish eng yasxshi vosita hisoblanadi. Siydik tarkibidagi ammiak ilon zaharining kuchini qirqar ekan.
Abjir o’rgimchaklar. Kurrayi zaminimizda 27 mingdan ziyodroq o’rgimchak turlari yashaydi, shundan 700 tasi O’zbekistonda uchraydi. Ana shu o’rgimchaklardan 15 ta turi zaharli hisoblanadi. Yaqinda zaharli o’rgimchaklarning yangi turi – Dal qoraqurti topildi.
O’rgimchaklarning oltita emas, sakkizta oyog’i bor. Barcha o’rgimchaklar uchun eng xarakterli xususiyat : ularning nozik va nafis tola – ip ishlab chiqarishidir. Nima uchun o’rgimchaklar o’z
to’riga ilinmaydi? Agarda yopishqoq to’r pashsha uchun qopqon bo’lsa, nima uchun unga o’rgimchakning o’zi ilinmaydi?
O’rgimchak ham pashsha singari osongina to’rga ilinishi mumkin ekan. Buning sababi – o’rgimchak o’z uyida, u o’zi to’qigan to’rni besh barmoqday biladi. To’rni to’qish jarayonida o’rgimchak bir necha xavfsiz tolalar tayyorlaydi, ya’ni ular yopishqoq bo’lmaydi.
O’rgimchak, chayon va qisqichbaqalarning qoni ko’k rangda bo’ladi. Qondan farqi shundaki, odatdagi qonga qizil rangni gemoglobin – qizil pigment va temir elementi beradi, ko’k qonning rangi esa, asosan, mis elementi ishtiroki bilan bog’liq, ya’ni gemosianin tarkibini ana shu mis elementi tashkil etadi. Shuning uchun ham bunday jonivorlarning qoni ko’k rangda bo’ladi.
O’zbekistonda tarqalgan o’rgimchaklarnig eng yirigi boydehqon hisoblanadi. O’rgimchakning O’zbekistonda tarqalgan vakillaridan yana biri – biydir. Uning gavdasi mayin tuk bilan qoplangan. Biy ancha yirik, chaqqon jonivor (ruscha nomi tarantul). XX asr o’rtalarida biy chaqqan kishi tarantizm kasalligiga uchraydi, degan fikr keng tarqalgan edi.
Biyning ruscha nomi Italiyadagi Taronto shahrining nomidan kelib chiqqan. Ular boshqa o’rgimchaklar singari ipakdan to’r to’qimaydi, buning o’rniga ular yerda chuqur in kovlaydi va o’sha yerda qishlaydi. U o’zining o’ljasini poylab yotadi, qulay vaziyat bo’lganida o’ljaga tashlanib, uni oyoqlari orasiga o’rab oladi. Biy o’ljani barcha suyuqliklarini, shuningdek, uning qonini ham so’rib oladi. Ularda nasl uchun qayg’urish yaqqol ko’zga tashlanadi. Bolasi tug’ilgach, bir hafta davomida uni onasi yelkasida ko’tarib yuradi.
Qora beva. Fanda o’rgimchakning 30 mingdan ortiq turlari aniqlangan. Ular ichida faqat, bitta tur, ya’ni qoraqurt o’zining kuchli zahari, yashash tarsi bilan boshqa o’rsgimchaklardan farq qiladi. Qoraqurtning urg’ochisi tim qora rangda bo’lib, gavdasi erkagiga qaraganda bir necha bor katta bo’ladi. Zahar bezi uning bosh qismida joylashgan. Uning uchi ingichga ninasimon o’simta bilan tugallanadi.
Qoraqurt Moldaviya, Qrim yarimoroli, Dog’iston va O’rta Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. O’zbekistonning Zomin – Jizzax va Beshkent cho’llarida ko’p uchraydi. Shuni aytish kerakki, bu o’rgimchak baland tog’li o’tloqlarda, Qashqadaryoning 3500 m balandlikdagi Ko’kabulog’ qishlog’ida, Nurota tizma tog’ida va Qo’ytosh posyolkasi atrofida ham
tarqalgan. Qoraqurt butun umrini o’zi to’qigan ipak to’r ustida o’tkazadi, uning uyalari turli shaklda bo’ladi. To’rga ilingan jamiki bo’g’imoyoqlilar qotaqurtning yemishi hisoblanadi. Hattoki to’rga ilinib qolgan ilon bolasi ham qotaqurtga yem bo’ladi.
Qoraqurtning erkagi 7 yoshda, urg’ochisi 9 yoshda voyaga yetadi. Juftlashish uchun ular bir – birini izlay boshlaydi. Urchish jarayoni boshlangach urg’ochisi o’zidan suyuqlik chiqazadi, u havoda qurigandan keyin oq rangli moddaga aylanadi. Ana shu belgi orqali erkagi urg’ochisini topib oladi. Shu davrdan boshlab ular o’z inlarini tark etib, sayrga chiqadilar.
Birinchi sayrdan keyin urg’ochisi in quradi, erkagi bunda ishtirok etmaydi. Ular mana shu uyada juftlashadi. Bu jarayon 15 – 20 kun davom etadi. Bu vaqtda erkagi ovqatlanmaydi va doimo urg’ochisisni yonida yuradi. Agarda urg’ochisi juftlashishga tayyor bo’lsa, o’zi qulay joyni tanlab, chalqanchasiga yotib oladi. Erkagi kelib biroz uzoqroqdan turib, bir necha bor uni turtib ko’radi, shunda ham urg’ochisi qimirlamasa, erkagi kelib juftlashadi. Bu jarayon ko’pincha 30 – 40, ayrim hollarda 50 – 60 daqiqa davom etadi. O’ta qizig’i shundaki, juftlashish jarayoni so’nggida erkagi holdan toyib qoladi va urg’ochisiga yem bo’ladi. Erkak qoraqurt o’zini qurbon qilishga tayyor turadi.

Referat


Bajardi: Ibragimov Jamshid

2018 год
Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish