Mavzu:Tabiiy va kimyoviy tolalar
Reja:
Tolalar deb nimaga aytiladi?
Tolalar turlari
Tabiiy tolalar
Kimyoviy tolalar
Tolalar olinishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Kimyoviy tolalar esa o‘z navbatida sun’iy va sintetik tolalarga bo‘linadi. Sun’iy tolalar tabiiy YMB larni (selluloza, oqsil va hokazo) kimyoviy qayta ishlash asosida olinadi.
Sintetik tolalar sintetik monomerlarning polimerlash va polikondensatlash reaksiyasi orqali sintez qilib olinadi. Quyida sintetik tolalarning eng muhim vakillari bilan tanishib chiqamiz.
Kapron — keng tarqalgan poliamid tola hisoblanadi va uni sanoatda olishda ε-kaprolaktamdan foydalanadi. ε-kaprolaktamni σaminogeksan kislota molekulasidagi karboksil bilan aminogruppalarning o‘zaro ta’sir mahsuloti deb qarash mumkin:
Kaprolaktamni kapron tolasi hosil qiladigan polimerga aylantirishini soddalashtirilgan holda quyidagicha ifodalash mumkin. Dastlab, kaprolaktam suv bilan birikib, σ-aminogeksan kislotaga aylanadi, so‘ngra uning molekulalari o‘zaro birikib, makromolekulani hosil qiladi:
O H O
|| | ||
H N (CH )2 2 5 C OH H N (CH ) 2 5 C OH
O H
|| |
H N (CH )2 2 5 C N (CH ) 2 5 COOH mH O2 Umumiy holda:
H O
| ||
nH N2 (CH ) COOH2 5 N (CH2 5) C mH O2
n
kapron
Hosil bo‘lgan polimer smola ko‘rinishga ega. Tola olish uchun bu smolani suyuqlantirib, filyeralardan o‘tkazildi. Kapron tolasi pishiqligi, yemirilishga chidamliligi bilan tabiiy toladan ustun turadi. Lekin bu tola yuqori temperaturaga chidamsiz. Kapron iplari mustahkam va zararsiz bo‘lganligi uchun jarrohlikda ishlatiladi. Kaprondan baliq ovlash to‘rlari to‘qiladi. Kaprondan kord gazmollar tayyorlanib, undan avtomashinalarga karkaslar yasaladi.
Anid (neylon) tolasi geksametilendiamin va adipin kislotaning polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadigan poliamid polimerdir:
HOOC (CH2 4) COOH HNH (CH ) NH2 6 H HOOC
(CH2 4) COOH HNH (CH2 6) NH H
O O H H
|| || | |
C (CH2 4) C N (CH2 6) N mH O2
n
neylon
Neylon tolasidan chiroyli va pishiq to‘qimalar, trikotaj kiyimlar, arqonlar, avia va avtokordlar tayyorlanadi.
Lavsan poliefir tola hisoblanadi. U o‘z tarkibi jihatidan ikki asosli aromatik kislota — tereftal kislota bilan ikki atomli spirt — etilenglikolning murakkab efiridir.
HOOC COOH 2HO CH 2 CH OH2
O O
||||
HO CH 2 CH2 O C C O CH 2 CH OH 2H O2 2
Bu murakkab efir polikondensatlanganda YMB — lavsan hosil bo‘ladi:
O O
|| ||
C C H6 4 C O CH2 CH2 O
n
lavsan tolasi
Lavsan tolalariga tabiiy tolalar (paxta tolasi) qo‘shilganda yuqori sifatli gazlama—trikotajlar hosil bo‘ladi. Bunday gazlamalar yaxshi, sifatli, g‘ijim bo‘lmaydi. Lavsan shuningdek, transportyor lentalari, kamar, pardalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
CH2=CH—CN — akrilonitrilning polimerlanishi natijasida nitron tolasi olinadi:
Nitron tolasining puxtaligi junning puxtaligidan ikki barobardan ziyodroq ortiq, bu tola issiqlikka xlorin tolasidan ko‘ra ancha yaxshi chidaydi, nitron tolasining yorug‘likka chidash xossasi har qanday boshqa tolanikidan ortiqdir, bu tola atmosfera ta’siriga berilmaydi. Uning kimyoviy barqarorligi ancha yuqori, jumladan, o‘rtacha konsentratsiyali kislota va ishqorlarning ta’siriga bardosh beradi. Shu bilan birga, bu tola issiqlikni yaxshi saqlaydi, yumshoq, mayin bo‘ladi va tabiiy junga boshqa hamma tolalardan ko‘ra ko‘proq o‘xshaydi.
Nitron tolasi o‘zining barcha sifatlari jihatidan, qimmatli to‘qimachilik materiali bo‘lib chiqdi. Undan kastum va palto to‘qimalari, trikotaj, sun’iy mo‘yna, shuningdek, sochiq, dasturxon, choyshab, gardin va boshqalar tayyorlanadi.
Nitronning kamchiligi shundan iboratki, u ishqalanishga yaxshi chidamaydi, shu sababli nitron tolasi, masalan, paypoq to‘qish uchun uncha yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |