Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
31 
http://ziyonet.uz/ 
U oʻzini shunday katta tutadiki, goʻyo uning boshidan osmongacha boʻlgan masofa toʻrt 
enlikday. Oti yoʻrgʻalab borarkan, uning gavdasi togʻday boʻlib koʻrinadi; uni minib yoʻl 
bosayotgan egasi qoplonga oʻxshaydi. Kibr uning xalq bilan muomalasini yuzaki qilib 
qoʻygan, u zulm choʻqqisida xuddi qoplondek oʻltiradi. Qoplon singari it goʻshti bilan 
ovqatlanadi; uning takabburligidan kibr shamoli esadi. 
U achchigʻi chiqib, qoshini chimirganidan pastkash osmon toqini sindirguday boʻladi. 
Kibrdan qoshining hamma tomonidan chimirilgan, kallasidan esa boshqacha bir 
shaytonlik joy olgan. Uning ikki qulogʻida zirak osilib turganday, har bir qoshining 
uchidagi chimirilishdan uning manmanligi koʻrinib turadi. 
Bular hammasi uni hurmat qilishga majbur etadi, lekin - bu hurmat emas, bid’at va 
haromdir. Halqasi koʻcha iti boʻynidagi tasmani qochiradi; uni xalqa dema, la’nat tavqi 
de. Zulmda uning Zaxxokka oʻxshashligi bilinib turadi; yelkasida esa ikki ilon xalqa 
boʻlib yotibdi. U oʻzining shariatga xilofligini koʻrsatib, doim yuzidagi soqolini tarashlab 
yuradi. U doim bid’at bilan shugʻullangani uchun soqoli ham tagidan qirqib tashlashga 
loyiq. 
U zulm oʻqini uchirganda, oʻqning uchini oʻz yuzi bilan egovlaydi. Ikki moʻylabining 
qillari har tomonga gʻulu soladi; undan orzu-havas qushlariga tuzoq yasash mumkin. 
Ogʻzi teskari soʻzdan boshqani demaydi; turgan-bitgani odamlarga ta’na va lofdan iborat. 
Uning yuzini toʻsib turgan soqoli olingach, basharasi nuqul bujurdan iborat ekani 
koʻrinib qoladi. 
Uning boshidagi jigʻasi jilva qilib turarkan, pati uning kallasidan dinni uchirishga xizmat 
etadi. Bu jigʻa unga la’nati iblisdan qolgan boʻlsa ham uni Jabrail qanoti deb ataydi. 
Undagi patlar boyqushning boshidan sugʻurib olinganu, nomini «tovusning toji», deb 
atashadi. Sallasining uchi boʻyniga tegib turibdi; yoʻq, tegib turgani yoʻq, yurgan sari 
gardaniga urilib turibdi. Boʻrkining uchini ichkarisiga bukib qoʻygan; u hirsu havo 
qushlariga uyadir. 
Toʻni ipakdan boʻlmasa,. koʻngli gʻamgin; xitoy matoidan boʻlmasa, qoshl chimirilgan. 
Yuz dastroʻmolchasining ham zarbofdan boʻlishini istaydi; uning chetlariga tilla suvi 
bilan xajv bitish kerak. Oddiy ipakdan hatto libos tiktirmaydi; bunday matodan toʻn 
emas, koʻrpa qildiradi. Orzu-havas deb yupqa boʻzdan koʻylak tiktiradi; yupqaligi 
pashshaning qanotiga oʻxshaydi. Pashshaning qanoti ham emas, xuddi shabnamday; ich 
koʻylagi ham yupqa ipdan. Beliga boylangan belbogʻining iplari ham zardan. Chiroyli 
boʻlsin deb ichidan ham shunaqa belbogʻ boylab olgan. 
Roʻmoli ham zar tikilgan ipakdan; tikuvchi unga oʻzjonini qoʻshib tikkan. Toʻnining 
ustidan oltin chiziqlar tortilgan; hatto etigining na’li ham zarxallangan. Otining ustiga 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish