Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
39
http://ziyonet.uz/
dogʻday bir gap. Ikki bukilgan qad bilan uzun hassa nima-vu bukilgan osmon biian tik
tush chizigʻi nima!
Ogʻiz burchaklarida qimmatbaho durlardan qolmay, tishlari, «singa» oʻxshasa ham,
tishsiz «sin»ga oʻxshab qoladi . Ogʻiz qutiga oʻxshaydi-yu, lekin ichida bir dona ham dur
yoʻq, tishlar «sin»ga oʻxshasa ham dandanasi yoʻq. Yoki tishining tasbehida toshi yoʻq,
ogʻzining eshigida ushlagichi yoʻq. Orqa boʻynida tirishlar paydo boʻlib, baqbaqasidagi
yunglarda tugunlar yuzaga keladi. Yuz a’zosidan oq tuklar oʻsib chiqib, ular hammasi oq
kafan iplarini eslatadi. Boshini quyi solib, .oʻlimni oʻylab, xayrlashish uchun qaddi egila
boshlaydi. Bir necha kun u shu xilda qiynalib, qon yutib, maxrumlik nolasini chekib,
Xudoning buyrugʻi bilan ajal xabarchisi bundan ham koʻnglini tinchitmagunga qadar
ahvol shu.
Ey voh, kimki bu bazmga kelgan boʻlsa, navbat bilan bu qadahni ichmay iloji yoʻq. Bu
mazasi achchiq qadahdan kim ichgan boʻlsa, mast xolda yoʻqlik koʻchasiga yoʻl oladi.
Mast boʻlib, oʻzini bilmay yoʻl yuradi; ketganidan keyin undan hech qanday xabar
kelmaydi. Bu maydan odamlar birin-birin yoʻq boʻlishadi. Vaqt oʻtishi bilan bizga ham
navbat kelib qoladi.
Ey vohki, umr jaholat bilan oʻtti. Oʻlim vaqti yetganda xijolat boʻlib qoldim. Yashab,
umrimni nuqul uyquda oʻtkazdim. Endi uygʻonib qarasam, shorn boʻlib qolibdi. Ish qilish
kerak boʻlgan vaqtda qilmadim, ish qilib boʻlmaydigan kunlar kelishini tushunmadim.
Tiriklikda yiqqarf-terganim ketdi. Endi oʻzimni oʻldirsam ham foydasi yoʻq. Ish qilish
kunlarida yoʻldan adashib, ish qoʻlimdan ketgach, ogoh boʻldim. Vaqt kam qoldi, yoʻl
uzun, may esa achchiq, juda ham, juda ham qattiq ahvolda qoldim. Agar menga Xudo
oʻzi rahm qilmasa, mening ahvolimga voy, yuz marta voy!
Xudo oʻzi umrning kunlarini boʻlib qoʻygan; uning har bir fursati bir ishga moʻljallangan.
Oʻn yoshgacha odam oyogʻi boyloq, gʻaflatda boʻladi; yigirmagacha umr bilimsizlik,
mastlik bilan oʻtadi. Oʻttiz bilan qirqning orasi xursandchilik davridir. Afsuski, menga bu
ham harom boʻldi. Ellikka kirganda kishi taraqqiy topmasa, oltmishga yetganda uning
ishi tanazzuldan iborat. Etmishgacha kishi oyoq ustida tura bilishi kerak; saksonda esa
uning oʻltirishi farzdir. Toʻqsonga kirgandan keyin yiqilishi, yuzga toʻlgandan soʻng
jonni tark etishi kerak. Kishining maqsadi tabiiy yashash boʻlsa, istak bildirib, hamma-
yoqqa borishi, koʻrishi lozim.
Xudo oʻz rahmatiga olib, oʻlmasingdan kushoyish bersa, Navoiy, sen Nux umricha boʻlsa
ham tabiiy umrni koʻzlama. Bunday umrdan yiroq boʻlish yaxshi. Bu - umrmi? Undan
oʻlim yaxshiroqdir...
Umr degani toat-ibodat, Tangri nimani buyurgan boʻlsa, unga boʻysunishi uchun beriladi.
Toat va taqvo qancha yaxshi boʻlsa, yigitlik damlari ham shunchalik dilkashdir.
Yigit kishi qancha aysh va erkalik qilsa yaxshi koʻrinadi. Boq - u namoz oʻqiyotganda
qanday (chiroyli) koʻrinadi!
Do'stlaringiz bilan baham: |