Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
36
http://ziyonet.uz/
Otining oyogʻiga peshonamni qoʻyib dedim: «Ey nurli shariatning gʻolibi! Jahon ahli seni
koʻrish uchun jonlarini fido qilmoqda. Nima uchun yuzingni berkitmoqdasan? Yopinchiq
pardani yuzingdan yoʻqot! Safga suril, oʻzingni elga tanit!» Hasan dedi:
— Ortiqcha jiddi jahd qilma! Men Uning ishqida jihod qildim. U barcha ahvolimdan
ogoh boʻlib, qanday qadam bossam, U menga hamrohdir. (Siz emas), agar U meni tanisa,
mening maqsadim ham shudir. Tanimasa, nima qilgan boʻlsam, olam eli foydasigadir!
Har bir odam tilagini yordan tilar ekan, yor raqiblardan mahfiy ravishda ish koʻrishi
kerak. Lekin (din uchun) jang vaqtida bu kichik masala boʻlib, nafs bilan jang qilgan
ulugʻroqdir.
Navoiy nafsining kofiri bilan (din yoʻlida) gʻazavot qilar ekan,
Tangri uni mukofotlayajak.
Soqiy, menga el jonidek qadahni olib kel, toki men uni dinimiz dushmanining qonidek
simiray!
(Din yoʻlida) gʻoziy boʻlgan podsho kafidan (xurmodan tayyorlangan) sharobdan ber, uni
ichish bilan oʻzimni shahid qilay!
LIV - Oʻn Yettinchi Maqolat
Bahor yigitligining sofligi haqidakim, nozli rayhonlarini rang-barang ipaklar bilan orasta
qiladi; yigitlik bahorining latofati xususidakim, yuzining gulini rayhoniy xatlar bilan gulu
rayhonni yondiradigan darajada bezatadi; kuz qariligining sovuqligi toʻgʻrisidakim,
gulistondagi daraxtlar bilan qushlar u tufayli ziynatsiz, kuysiz boʻlib qoladi; qarilik
xazonining shiddati toʻgʻrisidakim, badan gulistonining toza gullari u tufayli havoga
sovuriladi
Hamal ayvonini quyosh yorita boshlagach, osmon yer yuziga ham mehr izhor qildi.
Mushksepar sahar shabadalari esib, bogʻda oʻz farroshligini koʻrsata boshladi. Yer yuziga
shoxlarni kokil qilib osiltirib, hatto.bu kokillardan supurgilar yasadi. Shamol shabadalari
farroshlik qilgach, bulut suv tashuvchi boʻlib suv sepa boshladi. Suvning ogʻirligidan
uning beli pastga bukilgach, mis rang chaqmoq unga kamar boʻldi. Bogʻ supurilib, suvlar
sepilgach, rayhonlarning rivojlanish vaqti boshlandi. Ular bogʻdan sekin-asta bosh
chiqarib, bogʻdax emas, qora tuprogʻdan bosh koʻtarib, yulduzlar osmon gulshaniga
hujum qilgani singari yer yuziga hujum boshladilar. Ularning har bin sumanboʻylik bir
boladay, bola emas, gul yuzli mahbubadek. Husnlari ishvai noz bilan toʻla. Muattar
hidlari mushk va anbarning hididay yoqimli.
Koʻkimtir maysalar toʻshak boʻlib, undagi rayhonlargoʻyo behisht hurlaridir.Gul
mahbubasining chiroyida yuz goʻzallik, betiga esa gulob bilan shabnam urilgan. Bolalik
gʻunchasining ishi oʻzini ovutish, yaxshi koʻrgan oʻyini nuqul bekinmachoq oʻynashdir.
Lola oʻynab turib juda qaynab ketdi, yel esa boshidan doʻppisini uchirib yubordi.
Bogʻning har tomonida gul bolalari; ular ikki chamanda ikki saf boʻlib turishibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |