Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
38
http://ziyonet.uz/
tomonda qator-qator mevali daraxtlar; ularning saf-saf boʻlib turib jela tortayotgani hind
baliqchilarining saflarini eslatadi. Ularning hammasi yalangʻoch va bir tekisda qora, soy
suvidan ularning hammasiga zanjir bogʻlangan. Shamolning qattiqligidan ular yalangʻoch
asirlar toʻdasi kabi ingraydilar. Barglar barg emas, yoqish uchun bir toʻplam oʻtin;
shoxlarini esa doʻzaxning kundasi desa boʻladi. Jannat gulshaniday bir joy doʻzaxga
aylanib, doʻzax uning oldida behishtning bogʻiga oʻxshab qoldi.
Umr gulshanida yuz bergan kuz va bahorning ham ana shu gulistondagi ahvol bilan
oʻxshashligi bor. Umr quyoshi chiqadigan vaqt boʻlib, inson tanasi hamalga kirib, amal
ola boshlagach, gʻuncha oʻzida yoʻq darajada kula boshlaydi; xaddan ortiq koʻp gullar
ochiladi. Etilib ochilgan har gul jilva qilib, gʻunchaning begʻamligi ham dilkash
koʻrinadi. Bu vaqtda insonning maqsadi oʻynash, yeb-ichishdir. U shu ikki ish bilan
shugʻullangani shugʻullangan. Aql sham’i uning miyasini yoritgunga qadar, koʻngliga
aqliy sezgi tushgunga qadar, uning yangi nixolday qomati choʻzilib, sodda miyasi aql
bilan toʻla boradi. Bora-bora goʻzallarning yuzi gul rangiga oʻxshashini, gʻamzalariqon
toʻkishini, koʻzlari naqadar oʻynoqiligini, uning oʻz koʻzlariga noz qiliqlarini
oʻrgatganini, qiliqlarni esa unga afsungar oʻrgatganini tushuna boshlaydi. U jafo qilib,
odamlarning jonini, qoshini yoy, kiprigini oʻq qilib ovlaydi. Oshiqning koʻzini uyquga
rom etgan boʻlib, uning koʻzlariga uyquni harom qiladi. Qadah koʻtarib, yuzini oʻtdek
qizartiradi; dini islomdan esa tutun chiqaradi. Bazmda u labini mayga tekkizish bilan
jonini, aql-xushini nobud qiladi. May labida yongan oʻtni tezlashtirib, terlab, yuzi
qizargandek boʻladi. Bu may oʻtidan ham yonuvchi oʻt bormi? Ularga suv tegishi bilan
battar yonadi-ya! Mayin tuklar orasidagi la’li lablari kulib, oʻzining obi hayoti bilan
oshiqlarni xalok qiladi.
Uning yuzida mayin tuklar safga tizilishi bilan rangidan sabzalik va gullik bartaraf boʻla
boshlaydi. Bogʻ endi chechak va gullarni tark etib, navbat barg bilan mevaga keladi. Bu
xolatda inson tab’i yengiltaklikdan nafratlanib, odamda vazminlik va idrok paydo boʻla
boshlaydi. Jahl va xato xirmoni mingta boʻlsa ham, ilm mash’ali ularni kul qiladi. Inson
kabi daraxt ham xashamatli kiyim kiyib, ilmu adab mevasini beradi. Inson ishi doim
jununni daf etish, odati barcha fanlarni egallash boʻladi. Birov tafsirlarni oʻqib
bahramand boʻlsa, birov hadislarni oʻrganib e’tibor topadi. Birov madrasani oʻziga
oromgoh qiladi, birov xonaqohda xilvatga chekinadi.
Yoshlik mahalining mevalari toʻkilib boʻlgach, baqo gulshanining obi-tobi keta
boshlaydi. Qomat daraxti gʻam yelidan bukilib, chehra guli xazon bargiga aylanadi. Tan
koʻchatida ham barg yozish havasi yoʻqolib, bunday havasni sovuq havo uchirib olib
ketadi. Yuz ham xazon bargining rangiga kirib, uning sarigʻligi bolalarga kulgi. Koʻzlar
uyning burchagini talashib qisiladi; qoshlar esa bu uyning eshigiga parda osa boshlaydi.
Koʻz bu uyning burchagiga kasal boʻlganidan kiradi, qoshlar esa quyosh nurini toʻsish
uchun parda tutadi. Tuprogʻda, toʻtiyoda koʻrish qobiliyati qancha boʻlsa tugʻma koʻrda
shuncha. Koʻzning koʻrish chirogʻi oʻchgandan keyin, har qanday shisha oynak unga eski
Do'stlaringiz bilan baham: |