Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
46
http://ziyonet.uz/
uchqunlardir. U mash’alni esa mash’al emas, oʻzidan nur sochuvchi dur desa boʻladi; dur
ham emas, porlagan quyosh deyish kerak. Koʻkning yetti iqlimida u sulton, qolgan
hammasi tan boʻlsa, bu hatto ulargajondir. U oʻrtadagi osmonda har tomonga nur sochib,
«Hamma ishning oʻrtachasi yaxshi» degan hikmatni isbotlab turadi.
Yulduzlar yetti qismga taqsimlangani singari, bilki, jahon ham yetti iqlimga boʻlingan.
Ularning hammasi bir-biridan quvvat oladi; har biri ikkinchisidan tarbiya. Quyosh qolgan
oltitasidan ustun boʻlgani uchun u joylashgan iqlim ham unga loyiqdir. Qaerda quyosh
nur sochib turgan boʻlsa, yulduzlar koʻzga koʻrina olmaydi-ku! Uning oʻrnashgan joyi
toʻrtinchi osmondir. Ham oʻzi shu iqlimning tarbiyachisidir.
Yer yuzida ham shu iqlim eng yaxshisi boʻlib, koʻkdagi quyosh uyi kabi benazirdir.
Yerni oʻlchash fani yoʻlga qoʻyilgandan keyin bu joyni toʻrtinchi iqlim deb atay
boshlashdi. Goʻzallikda u jannat bogʻlariga oʻxshaydi; bu bogʻ emas, Xuroson
mamlakatidir. Satxi toʻrtinchi osmondgu ham keng, martabasi yettinchi osmondan ham
baland. Uning ichidagi shaharlarning soni nihoyatda koʻp. Ularning har birining
goʻzalligi xaddan ortiqdir. Shaharlari latofatda oliy bir jannatning oʻzi. Yaxshi odamlari
oʻsha jannatning oq yuzli qizlariga monand. Togʻlarining oldida falak oddiy bir dasht.
Uning choʻqqilarida har kim aylanib, tomosha qilishi mumkin. Bu togʻlarning har
binning bagʻrida yuz xil konlar bor. Bu konlarni ajoyib javharlar oʻziga makon etgan.
Oqib kelayotgan suvlar oddiy chashmalardan emas; ular konlardan oqib kelayotgan
javhar suvlaridir. Dashtlarining satxi oinaning satxiga oʻxshaydi. Oʻsib yotgan oʻtlar bu
oinaning yashil rang zangini tashkil etadi. Uning sabzazorlari osmon gulshanida rashk
uygʻotadi. Tuprogʻiga esa har qanday toza anbar havas qiladi. U yetti osmon boyliklarini
oʻziga sigʻdira olishi mumkin. Etti iqlim tan boʻlsa, bu - siynadir.
Uni jahonning koʻksi deb ta’riflash kerak. Undagi yurak esa goʻzal Hirot oʻlkasidir.
Kimki koʻngulni maqtab, asoslay olgan boʻlsa, uni badan mamlakafining sultoni degan.
Oʻzini bilgan odam buni ham ta’riflab, butun jahon mamlakatlarining podshosi deydi.
Uni «koʻngul» emas, «shoh» desa ham ajablanish kerak emas, chunki shohning joyi ham
oʻrtada boʻladi-ku!
U koʻnguldan joy olgani uchun odam ham undan koʻngul uza olmaydi. U koʻngullarga
yoqib qolgan ekan, bu - ayb emas. Koʻngullardan ham bir-biriga yoʻl ochildi. Ziynati
xuddi inson badanining shaklidek, kengligi koʻngul kishvarining kengligidek. Uni
kishvar dema, bogʻi Eram deb ata; Eram ham emas, Baytulharam deb ata.
Uning tevarak-atrofi shu qadar kengki, xayol elchisi uning hammasini yuz yilda ham
aylanib chiqa olmaydi. Uning satxiga egilgari osmon oʻzi tartib bergan; quyosh soqqasi
bilan tekislangan; uning tuprogʻini mushkka aylantirgan; koʻrinishini behishtning rashki
keladigan qilgan. Qoʻrgʻonning devorlari ham shu qadar mustaxkamki, baland osmon
qal’asi undan uyaladi. Uning atrofidagi burjlari shunday koʻtarilganki, osmon uning
ostida qolganday. Arki ham toʻqqiz osmondan buyuk, yer yuzidan osmon koʻtarilib
turganday, devorlarning kunguralari quyosh kabi tovlanib turadi. Ular malaklar toʻdasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |