Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
42 
http://ziyonet.uz/ 
tashvishlanishga arzimaydi. Chunki jahon bogʻi vafosizdir. Unda umr guliga ham baqo 
yoʻq. Bu bogʻ shunday bogʻki, uning guliga baqo yoʻq, gullari ham shunday gullarki, 
bogʻiga vafo qilmaydi. Bu bogʻ turib, orom olishga noloyiqdir; u gullardan ham dimogʻ 
muattar boʻlmaydi. 
Umrda oʻtgan ishlar oʻtib ketdi. Nimaiki oʻtib ketgan boʻlsa, uni quvib yeta olmaysan. 
Aqlli odam kelmagan ishlardan soʻzlamaydi. 
Ma’lum boʻlmagan ishga nima deb baho berish mumkin? Oʻtgan kun oʻtib ketdi, ertagi 
kun xali kelgani yoʻq. Sening ixtiyoringda shu bugun, balki shu bir dam bor, xolos. 
Oʻtmishning ham, kelajakning ham ahvoli shu; xoziringning oʻzini ham aniq xayol qilish 
qiyin. Hoziring bir ondan iborat, vassalom. Shunday boʻlgandan keyin nega xafa 
boʻlaverasan? Kelmishing ham hisobga kirmaydi, oʻtmishing ham. Hozirgi ahvolingga 
rahm qil, azob tortaverma. Aysh uchun bir nafas vaqt topsang ham uni gʻanimat bil, 
boshqa narsaga alishtirma. 
Har bir nafas vaqting shunday nafis bir javharki, uni sen oʻzingga bir nafaslik doʻst deb 
hisobla. Shu javharni boshqalari orasida eng qimmatlisi deb bil; quyosh la’lini esa unga 
qoʻshni deb bil. Lekin quyosh javharidan bu (vaqt) javhari azizroqdir; latiflikda ham u 
bunga toʻgʻri kelolmaydi. Uning borligini dunyodagi hamma odamlar koʻrib turadi; bu 
esa latofati tufayli koʻzdan nihon. Uning ishi doim kelish-ketish; bu oʻtib ketgandan 
keyin esa kishi uning gardiga ham yeta olmaydi. U odamlarni xashakdek kuydiradi. Bu 
boʻlmasa, inson bir nafas ham yashay olmaydi. 
Bu nafas emas, (hayot) mohiyatining javhari; javhar ham emas, obi hayotdir. Hamma 
narsalar shu bilan tirikdir. Shuning uchun buni obi hayot desam, ajablanma. 
Agar odamlar buni yana ham yaxshiroq tushunsalar, bu nafas Ilohiy nafasdir. Shunday 
nafas tufayli tanga run kirsa ham, lekin inson badani shu nafas bilan tirikdir. Buni Iso 
nafasi deb atasalar ham, aslida buning qiymati Iso nafasinikidan ortiqdir. Rux bilan borliq 
usiz ham bor, lekin busiz hech kim yashay-olmaydi. Shuning uchun buni muqaddas 
nafaslar deb ata; muqaddas ham emas, eng pok nafas deb ata. 
Shunday boylik senga hamnafasdir; usiz sen bir nafas ham yashay olmaysan. Sening 
hamma yurishing, turishing oʻshandan; yurishing, turishinggina emas, butun hayoting 
oʻshandan. Sen esa uni gʻamu ranj bilan, yuz alamu motam bilan oʻtkazasan; gʻaflatda 
uni xor qilib, ortiqcha soʻzlar bilan haromga chiqarasan; bexuda gaplar bilan buzuqqa 
chiqarib, boʻlmagan fikrlar bilan nobud etasan. Unga endi bu qadar dushman boʻlma, u 
qadar zulm va qattiqlik ham qilma. Tangri senga shunday ajoyib marhamatlar koʻrsatdi. 
Uning yuziga boq, boʻlmasam, uning oʻzidan uyal. 
Kel, jahlni qoʻy, aqlli boʻl, bir nafas boʻlsa ham nasihatga quloq os. Boq, senga Xudo 
qanday yaxshiliklar koʻrsatyapti; qanchadan-qancha ehsonlar, ne’matlar beryapti. Butun 
borliqni, pastu balandni yaratgan Tangri seni hayvon yo oʻsimlik, yoki jonsiz bir narsa 
qilib emas, u lutf koʻrsatib, seni inson qilib yaratdi; din yoʻlida musulmon qilib yaratdi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish