Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
50
http://ziyonet.uz/
qolmadi. Taqdirning unga koʻzi tegib, koʻr boʻlib qoldi. Suv qurigandan keyin bogʻ ham
quridi; gul ham qolmadi: gul u yoqda tursin, uning yafrogʻi ham. Binoni suvash,
tuzatishga ham kuch yoʻq; bu ishlarni bajaradigan odamlarning oʻzi ham qolmadi. Bogʻ
va saroy - hammasi yer bilan yakson boʻldi, zulm, tama’ esa birga yuz boʻldi. Zamona
zulmi mollarni olgandan keyin, shu yomon ojizlik, shunday bir ahvolga tushib qoldik.
Shoh shu pardaning oʻzidagi oʻrish-arqoqdan ahvolni tushunib, joni oʻrtandi, boshidan
tutun koʻtarildi. Gʻam qilichi bagʻrini chok-chok qilib, gʻussadan oʻlishiga sal qoldi.
Mastlik gʻaflatidan uygʻonib, joni xumor oʻti bilan yona boshladi. Ayshu ishratdan,
xursand-chilikdan koʻngli sovib, hamma qilayotganlari xato ekanini tushundi. Zolimlarni
yoʻqotishni fikr qilib, adolat qilishni koʻnglidan oʻtkaza boshladi. Xudoning nomi bilan
shu niyatni qilgan edi, shu paytda bir odam xushxabar keltirdi. U dedi:
— Korizni teshib, obi hayotdek pok va sof suv chiqib ketdi. Uy egasi Tangriga shukr
qilib, dedi:
— Ayshga berilgan shoh zulmni qoʻyib, adolatni niyat qilgan edi, bundan darxol yaxshi
xosiyatlar koʻrina boshladi.
Shohga bu soʻz ham tanbex boʻldi; uzr aytish bilan uni boy qildi-da, u bilan xayrlashdi.
Mamlakatga qaytib, adolat koʻrsatdi; gʻam bilan ezilgan xalqni shod qildi; gʻam bilan
ezilgan xalq shod, bu xol mamlakatiga ham tez ta’sir etdi.
Gʻoziy podshohimiz , bir nafas yoʻqki, mamlakat va xalq gʻamini yemasin. Shunday
ekan, uning mamlakati obod boʻlsa, ne ajab! Xalqi ham shod ekan, bunga hayron
boʻlmaslik kerak. To abad uning orzulari ushala borsin! Shu xol xasta Navoiyda ham yuz
bersin.
Soqiy, yoqimli qadahni olib kel, shohni baland ovoz bilan duo qilib, uni menga tut. Jonim
qiynalyapti, birpas uni shod etay, tan uyini shu suv bilan obod etay!
LX - Yigirmanchi Maqolat
Maqsadning oʻtalgani haqida; agarchi bu latif soʻzlar majmuasi shunday bir toʻplamki,
nozik ma’noli soʻzlardan iborat tuhfalar bilan toʻla va nozik ma’noli soʻzlar toʻplami
shunday kemaki, foydali injular unda xilma-xildir; lekin tab’ daryosidan soxilga eng
oldin kelgani narsalarning eng qimmatlilari boʻladi va zexn shabistonidan xam eng oldin
jilva zuhur etgan kelinchaklar boʻladi, shunga koʻra bu toʻplamni saltanat bogʻchasining
oldingi guli va xalifalik chamanining qad koʻtargan nozli sarvi boʻlmish sulton
Badiuzzamon bahodir, hayoti davomli boʻlsin, oyogʻiga nisor qilindi hamda unga
nikoxlab berildi, toki bu nasixatlar uning dilida oʻrnashib qolsin va bu javharlarni
qulogʻiga ossin
Olamda nimaiki mavjud boʻlsa, hammasining siri ichida, oʻrtasidadir. Qaerda ularning
har birining mohiyati zohir boʻlsa, uning aslida unga xos xususiyatlar ham yashiringan
Do'stlaringiz bilan baham: |