Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
49
http://ziyonet.uz/
podshohlik ishida kerakdir. Lekin hammasi qolib, u bitta adolati bilan mangulik topdi va
qiyomatga qadar yaxshi ot qoldirdi.
Adolat hamma narsadan yuqori boʻlib, dindagi yuz qoidadan ham yuksakdir. Butun
odamzod orasida dunyoda buning oti ham unikidan yuz xissa ortiq qolsa ajab emas.
Odamzod bor ekan, olam bor ekan, olam ichida odamzod yashar ekan, adolat bilan olam
yuzini obod qil, yaxshi xulq bilan dunyodagi odamlarni shod qil. Butun odam va
odamzod, yoʻq, bu ikki olamgina emas, yana bir olam ham sening hukmingda-ku!
LIX
Bahromning may ta’siridan baxtining koʻzi uyquga ketib, mamlakatining binosi bu
seldan yiqilgani va mazlumlar faryodidan uygʻonib, buning chorasini koʻrgani
Yazdijird jahon mulkini tark etgach, Bahrom maishatga berilib ketdi. Gʻaflat bodasi uni
mast qilib, mastgina emas, bodaparast qilib qoʻydi. Shoh mayni ichib, mastlik uyqusiga
ketishi bilan boshqa mastlar uning mamlakatini xarob etishga boshladi. Koʻngli
xastalarning koʻnglini ovlashni oʻylamay, ishlari faqat dashtda ov qilish edi. Ichkilik
ichib, yomonlik qiluvchilar uning mamlakatini yer bilan yakson qilishdi.
Bahrom ov qilib yurib, bir kun adashib qoldi. Shunda u birovning chaylasiga kirib,
mehmon boʻldi. U chayla emas, xijronning qora kechasidek qorongʻi, zulm-sitam
qushlarining tuzogʻiga oʻxshagan, oshiqlarning koʻngul uyidek buzuq, yogʻochlari oʻqqa
oʻxshab har tomondan chiqib turgan joy edi. Bu chaylani zulm oʻqlari teshgani koʻrinib
turar; bir necha mazlumlar u yerdan boshpana topgan edi. Zamona zulmidan ularning
hammasi yalangʻoch, zulm qoʻlining shapalogʻidan hammasining qaddi bukilgan edi.
Bitta qotgan non bilan suv olib kelib, uy egasi ularga xizmat qila boshladi. Shoh ahvolni
koʻrib, nima gapligini soʻradi.
U:
— Axvol mana shu koʻrib turganingday, - deb javob berdi. Shoh dedi:
— Bu faqirlik, ojizlik, muhtojlik nimadan? Buning hamma sirlarini roʻyi rost ayt? U
dedi:
— Burun ahvolimiz yaxshi edi. Bizning ahvolimizni zulm xarob qildi. Shoh xalqning
ahvolidan xabardor emas. Unga may va kuydan boshqa narsa kerak emas. Uning
odamlari tama’ ogʻzini keng ochib, mamlakatni yer bilan teng qilishdi.
Shohning koʻziga roʻpara bir koshona koʻrindi, lekin uning har xonasi vayrona edi. Shoh
soʻradi:
— Bu vayrona ilgari nima edi? U javob berdi:
— Saroy edi. Atrofi esa bogʻ edi. Unda eskidan-eski daraxtlar, yangi chiqqan gullar
oʻsar edi. Ikki tegirmon koriz suvi ham bor edi. Bu ajoyib suv dehqonchilik daromadlari
bilan shu joyni kent, hatto shahar qilib yuborgan edi. Endi korizga qarashga kuch
Do'stlaringiz bilan baham: |