Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
47 
http://ziyonet.uz/ 
mehrob boʻlib xizmat qiladilar. Ulardagi lavhalar koshin bilan ziynatlangan; koshinlari 
uni yuzta loiuvard osmonday bezatgan Darvozasiga osmonning fili ham sigʻib ketadi; 
toqi osmon toqidan andoza olgan. Xandaqi yerning tagiga kirib ketgan, chuqur; qal’ani 
yer soqqasidan alohida ayirib turadi. Qal’a ichidagi qoʻrgʻon osmondek yuksak. 
Shaharda yulduzlarcha askarlarning gʻavgʻosi. Toʻrt tomon ketgan yoʻl uning bozorlari; 
u yerda kim boʻlsa, hamma biron narsaga xaridor. Xaridor qanday narsani olishni 
oʻyla’masin, sotuvchilar undan yuz xissa ortigʻini muhayyo qiladilar. Turlicha 
mollarining qiymati bilan har bir doʻkon har qanday dengiz va kon qiymatiga tenglasha 
oladi. Bazzozlar rang-barang kiyim-kechaklarni taxlab qoʻyishgan; ular osmon atlaslari 
kabi qatma-qat turibdi. Qutichalardagi gavharlar va javharlar osmon va undagi 
yulduzlarni eslatadi. Bu bozorga kirib qolgan kishi chiqishga yoʻl topa olmay qoladi; 
aylana berib, kishi butunlay aqlidan adashadi. 
Uning Masjidi Jomei yana bir olam; uning toqi alohida bir katta osmon. Shahar oʻzi bir 
jahon boʻlsa, unda bu ham bir jahon: ikki jahon biri birining ichida nihon. Uning minbari 
osmonga zina boʻla oladi; bu zinaning poyalari Mushtariy sayyorasigacha yetadi. Oy 
unga jahonni yorituvchi qandilday; osmon kamalagining koʻrinishi unga mehrobday. 
Shaharda bu xil binolar behisob; shahar devoridan chetdagilar bu hisobga kirmaydi. 
Qayoqqa koʻz tushmasin, devor bilan toʻsilgan. Hammayoqda obodonlik, odamlar 
oʻltirishi mumkin boʻlgan joy bor. Maxallalar tayinli boʻlishi uchun mahalla ahllari 
shahar-shaharga boʻlingan. Bu mahallalarga shaharlarning oti berilgan; shuning uchun 
Hirotda yuzta shaharning nomi bor. 
Hay, hay! Bu Hirot qanaqa shahar boʻldi?! Uning bir qismi ikkinchi qismidan ajoyib! 
Ikki turgʻun osmondan belgi boʻlgan uning ikki xiyoboni Somonchining yoʻliga 
oʻxshaydi. Unda mavjud xonaqohlarning hammasi obod; kishi uning yoniga borishga 
hayiqadi. Unda ushalgan nonning har biri quyoshning gardishi, qaddi xam, osmon esa 
unga tilanchidir. Bundagi zikr ovozalari falakdan, falak emas, malaklar toʻdasidan ham 
oshib ketadi. Madrasalarning har bittasi alohida oʻz qadriga ega; ulugʻvorlikda koʻk 
madrasasidan ham baland. Ularning nusxasini binokor quruvchilarning yaratuvchi 
qoʻllari chizgan. U yerdagi mudarrislarning dili ravshan, ruhi pok. Shogirdlari har 
varaqni ochganda foyda oladilar; ular Atorudga ham saboq bera oladilar. 
Madrasa toqlarining kengligiga chegara yoʻq. Ularning gumbazi osmon gumbazini 
eslatadi. Gumbazining har koshinida quyosh aksi tovlanib; koʻk gumbazi ichida quyosh 
yurgandek boʻladi. Har tomondagi minoralari shunday balandki, ularni tutam-tutam 
guldasta deb oʻylash mumkin. Ularning qubbalariga oʻxshaydilar. Bu qubbalar ularga 
muqaddas taxt boʻlib, egilgan osmon ularning qafasidir. Qubbalarning choʻziq va yassi 
koʻrinishi ularning Ilohiy taxtga ham ustun boʻla olishiga dalildir. Qubbaning uchi va 
undagi yarim oy oʻz bayrogʻini koʻtarib, Ilohiy taxta va qalamning ma’nosini zohir etib 
turadi. Har kecha muazzin pastni sham’ bilan yoritadi; yulduzlar sham’ini esa falak 
yoritadi. Osmonning aylanishi va sustlashishidan qubba etagida kesishuv chizigʻi paydo 
boʻlgan. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish