Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
45 
http://ziyonet.uz/ 
mayini ichib, oshiq xasday bir goʻshada yotganida, yonidan sevgilisi ot oʻynatib oʻtib 
qoldi. Visol kayfi - kuchli, oshiq - zaif edi. Chidayolmay xushidan ketib yiqildi. 
Tayinlangan odamlar birinchi boʻlib oshiqni, qolabersa boshqalarni xonning oldiga olib 
kelishdi. Xon bu bechora mazlum asirlarni koʻrib oʻldirish haqidagi hukm bilan ularga 
gʻazab qildi: 
— Bularning hammasini yer bilan teng eting, paxsaning orasiga olib, ulardan devor 
qiling, yuzlari devordan tashqariga chiqib tursin; hamma tomondan xalq ularni koʻrib, 
ibrat olsin. Bu qaxrdan odamlar hisob olib, ular koʻp azob chekib oʻlsin. 
Jazolovchilar bu buyruqni bilib, hukm qanaqa boʻlsa, oʻshanday bajardilar. Zarrin ohu 
togʻ orasiga yashiringach, yengil shabada xoʻtan mushki ni socha boshladi. Dasht yerda 
bazm qurgan xon otlanib shahar tomon yoʻl oldi. May boshini, ishq oʻti badanini qizdirar 
edi. Shaharning nozanini ham yonida edi. Ularning yoʻli xaligi paxsaning oldidan oʻtdi. 
Har tomondan yuz xil nola va faryod eshitilar edi. Xusumatkor shoh odamlarini qoldirib, 
oʻsha tomonga bordi. U jazoga buyurilganlarning ishq yoʻlida qanchalik mustaxkam tura 
olishlarini bilmoqchi boʻldi. Paxsaning orasida bir toʻda tutqunlar koʻrindi. Ularning har 
biri oʻz ahvoliga yigʻlar edi. Ularning hammalari pushaymon boʻlib turgan edilar. Faqat 
bir oʻsha sof koʻngil oshiq ishqning bu balolariga yaxshi qarab, yuzi kasalmand, 
sargʻaygan, yomon bir ahvolda, devor orasida bir somon kabi turar edi. Har lahza 
Tangriga sano aytib, shukr qilishni joyiga qoʻyardi: 
— Shu fursatda mening jonim chiqayapti. Yorning gʻami esa buni osonlashtiradi,- derdi 
u. Umridan ikki-uch nafas qolganda ham u yor soʻzini soʻzlardi, xolos. Tilida ham yor 
edi, soʻzida ham, ogʻzida ham yor edi, koʻzida ham. Zolim hukmdor uni koʻrib, koʻngliga 
ishq oʻti ta’sir qildi; uni oʻlimdan xalos etib, yorning haramiga xos maxram qildi. Ishq 
balolariga shukr qilgani uchun, boq, u qanday ulugʻ, yuksak martabaga erishdi. 
Bu nafasni, Navoiy, gʻanimat bilib saqla, lekin har nafasda shukr ham qil. 
Soqiy, alvon may yoʻlida oʻldim; may demagin, chinlik bir sanam uchun oʻldim. Chiniy 
qadahlar tutib, meni mast et; Chin odamlari kabi bodaparast qil. 
LVIII - Oʻn Toʻqqizinchi Maqolat 
Xurosonninng misli yoʻq viloyati bayonida... xususan saltanat uyi boʻlmish osoyish joyi -
Hirot tavsifida; garchi (oʻtmishda) bogʻ boʻlsa ham, ammo qurib qolgan edi, lekin shoh 
oqizgan soyning adolati uni oliy jannatning rashki keladigan yerga aylantirdi, agarchi (bir 
vaqtlar) obod boʻlgan boʻlsa ham, biroq buzilib ketgan edi; shaxanshohning quruvchilik 
ehsonidan Chin rasmxonasining ham rashki keladigan joyga aylandi 
Hamma narsalarni yaratuvchi Xudo jahonni bino qilganda, osmonning bir qismini koʻzga 
koʻrinadigan, ikkinchi bir qismini koʻzga koʻrinmaydigan qilib yaratdi. Etti osmonni 
doira shaklida qurib, ularning har bittasini bitta sham’ bilan yoriydigan qildi. Bu 
sham’larning oltitasi tovlanib tursa, bittasi mash’al boʻlib porlab turadi. Ularning uchtasi 
quyiga, uchtasi yuqoriga intilsa, mash’al kabi porlab turgani osmonning toʻrtinchi uyiga 
nur sochadi. U sham’lar sham’ emas, tafakkur kechasi oʻsha mash’aldan sachragan 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish