Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
58
http://ziyonet.uz/
tutmasligi lozim. Biror ishni bajarish kimningdir taqdirida bor ekan, unga kirishmasdan
boshqa iloji yoʻq. Oʻtga parvona oʻzini devonavor urmasdan tura olmaydi-ku! Telbaning
ham bolalar otgan toshdan yarador boʻlmasligining chorasi yoʻq-ku.
Mening hissamga she’r yozish tushgandan buyon jonim oʻsha oʻt, oʻsha toshdan
qiynalganday qiynaladi. Men u bilan shugʻullanib, na foyda koʻraman, na uni tark eta
olaman. Goho xayolimga shunday fikr keladi: umrni qiynovchi bu bir qancha dagʻdagʻa
she’r deb atalib, uni yozishdan foyda yoʻqdir: uni koʻp yozish - ziyondan boshqa narsa
emas. Kimki birgʻazalni chiroyli qilib yozsa, uni yortushunadi, ta’b egasi tushunadi,
xolos. She’rdagi chin boshdan-oyoq bema’nilik boʻlib, qizigʻi shuki, uning yaxshisi
yolgʻon hisoblanadi. Kimga umrida u bilan shugʻullanish yuz bergan boʻlsa, u ming yil
yashagan esa-da, umri zoe ketgan boʻladi.
Juda soz boʻlardiki, faqirlik qadamini bosib, fano koʻchasida faqirlik jomini koʻtarib
ichib, bu dunyo ishlariga oz mayl qilsam, u dunyoning uzun yoʻlini yaxshi tutsam. U
yoʻlda sharbat ichishni istarkanman, yuragimning qoni menga sharbat boʻlsa, farogʻat
topishim uchun pul kerak ekan, tanimdagi yara-chaqalar tanga boʻlsa; ustimdagi changlar
baxtiyorlik kiyimi, ikki oyogʻim sayr etishim uchun yoʻlovchi boʻlsa; soya uchun chodir
qidirib oʻltirmasam, otimni hech qaerga bogʻlamay yoʻrgʻalatib ketaversam; bu sayrda
har bir qadamim yuz yogʻochga teng boʻlsa, boshimdagi toʻzgʻigan sochlarim menga
sharaf toji boʻlsa; yalang oyogʻim ostidagi tikonlar faqirlik zanjirimga mix boʻlib xizmat
qilsa; boshimga tekkan har toshdan yoriqlar paydo boʻlib, xursandchiligim boshimning
oʻsha joyidan chiqib tursa; qonli koʻz yoshlarimning shohona durlari barcha fano
qushlariga don boʻlsa; u qushlar shu don bilan aylanishib, jismidagi ipdan unga ilinsa;
gʻam xanjari koʻksimni yorib, jismim uyidan dard ahliga muqaddas joy tayyorlasa;
yurgan sari oyoqlarim qabarib, qadamimga bu qabariqlardan yuzlab tiniq gavharlar
sochilsa; yoki yoʻl boʻylab toʻkilgan koʻz yoshlarim qonli oyogʻimning tagiga dur boʻlib
yopishsa; yaralarimdan oqqan qonlar qatra-qatra boʻlib, dard va balo dashtlarini lolazor
qilsa; ohim oʻtining uchqunlari charx urib, yaprogʻini yel sovurgan lolalarning yaprogʻi
oʻrniga har uchquni yaprogʻ, oʻchgan qurumlari esa unga dogʻ boʻlsa; azob-uqubatdan
jismim charchab, yoʻlda bir nafas dam olishni istab qolsam, y’l ustidagi biton togʻ etagini
topib, ustimga osmon etagini yopsam-da, uyquga bosh qoʻymoqchi boʻlganimda biron
qoya tosh menga qattiq bolish boʻlsa-da, yer yuzidagi tuprogʻ toʻshagim boʻlib, gavdam
unga soyadek choʻzilsa; yurishdan tolgan ikkita oyogʻimni Farhod bilan Majnun
qoʻyniga olsa, chunki qalbimda ularning ishqining yuztasi; buzilgan koʻnglumda
ularnikidan ming xissa ortiq dard boʻlsa ham, men birovga buni fosh etmadim, nola
chekib, visol talashmadim; ikkalasi ham bu xolimni koʻrib hayron qolishsa: oʻzlarining
ishqidan esa xijolat boʻlishsa; ishqda ustun ekanimni tushunib, unisi ham, bunisi ham
menga tan berishsa; ishq mening martabamni shunday yuksak, ishqning dardi koʻnglumni
shu qadar keng qilib, yer bilan osmon menga barobar boʻlib, osmonning ochiq gulshani
esa zindon boʻlib qolsa; himmatim shunday avjga chiqqanda, etagimni qoqsam: uning
changlarini malaklar koʻzlariga surtishsa; (orzu qilganimni) koʻz bilan koʻra olish kechasi
kelganda, malaklar qushlarga aylanib qolsa; qushlar ham emas, har tomonda uchgan
koʻrshapalaklarga aylansa; yulduzlar va osmon esa (oddiy) koʻknori va uning urugʻlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |