Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
54
http://ziyonet.uz/
Tavakkal qilmasa yurish sust boʻlsa ham, maslaxatsiz, dabdurustdan tavakkal qilma.
Kengash vaqtida baxs yuz bersa, xafa boʻlma. Shu bilan birga juda uzun kengashning
ham keragi yoʻq.
Moʻljallangan ishingga kuching yetsa, uni bir nafas ham vaqtidan oʻtkazma. Bogʻdagi
gulning jilvasi sahar vaqtidadir; kech qolsang, uni bolalar terib olgan boʻladi.
Oʻz ishingga qancha berilmagin, uni Tangri ishi bilan qoʻshib olib bor. Odil nasihatchi
begʻaraz boʻladi; bilib qoʻy, bunday odamning bahosi yoʻq. U xato qilsa, uni doʻstlik
bilan tuzat. Xato qilmaslik Tangrigagina xos.
Urush kuni dushmanga yuzlanganda qoida bilan oldin saflarni tuz. Jangda xatosiz, aniq
hujum qil; bilki, kishining oʻlimi taqdiriga bogʻliq. Ajal shomida kishi uyida yotmaydi;
umri boʻlsa goʻrga tushib oʻltirmaydi. Alam qilib turganda ikki qadam orqaga yurguncha,
harakat qil, olgʻa qarab bir qadam bos. Garchi zafar Xudoning marhamatidan boʻlsa ham,
harakatni buning moʻtabar sabablaridan deb bil.
Sen sipoh tortib, shunday harakat qilki- xalqning duosi seni oʻz panohiga olsin. Shunga
intilki, jang yuz berganda xalqning oh shabadasi koʻzingga changni urmasin. Oʻchli
dushmanning mingta oʻqi xalqning bir oh oʻqichalik yarador qilolmaydi. Jangda begona
odamlarni yengsang, buning shukronasiga ularni oʻldirishga harakat qilma.
Bu nomada men nimalarni yozgan boʻlsam, hammasiga shoh ning ishlari men uchun
qoʻllanma boʻldi. Agar ishda shohga oʻxshash boʻlsang, «Bola otaning koʻrinishidir»,-
degani boʻladi. Uning qadami boʻyicha qadam bossang, yoʻlda koʻp ranju pushaymonlik
koʻrmaysan. Bolani murid, otani esa pir deb bil; har ishida uning buyrugʻining ta’siri
boʻladi. Baxt va qarib yurishni istasang, bu pir oldida hech ayb ish qilma.
LXI
Xoja Muhammad Porsodan haj ahli duo qilishni soʻragani va oʻgʻli Xoja Abu Nasr (otasi)
Xoja Muhammad Porsoning iltimosi bilan duo qilgani
Pok Xoja janoblari Alloh yoʻlida «Qudsiya» va «Fasl ul-xitob» degan asarlarini
yozganlar. Osmon monand gumbazda u kishining kavushlarining izlari qolgan boʻlib u
kishining laqabi «Porso» ekanligi bejiz emas.
Garchi oʻzlari asr yagonasi boʻlsalar u kishining oʻgʻli kimsan - Xoja Abu Nasr edi.
Tasavvuf yoʻli - faqrda otasi poklarning podshosi - pokiza tabiati boʻlsa, bu pokiza tabiat
podshoning oʻgʻli edi.
Kunlarning birida Muhammad Porso Makkaga boradigan boʻlib qoldi. Xoja Abu Nasr
ham shu ishga jazm qildi. Otasi yoʻlboshchilik taraddudida boʻlsa oʻgʻli unga eng yaqin
sirdosh maxram boʻldi. U choʻlda ketayotib, bir qadam bossa, bu ham unga ergashib,
izma-iz, qadam-baqadam borardi. Bir necha kun davomida ular choini bosib oʻtib,
(nihoyat) maqsad manziliga ham yetib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |