Isajon Sulton hayoti. Isajon Sulton ijodi



Download 32,55 Kb.
bet1/8
Sana09.12.2022
Hajmi32,55 Kb.
#882195
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiy jarayon mustaqil ish

Reja:



  1. Isajon Sulton hayoti.

  2. Isajon Sulton ijodi.

  3. “Ozod” romani haqida.



Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich) 1967 yil 7 aprel kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Avazboy qishlog‘ida tug‘ilgan — yozuvchi.
Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ilk kitobi «Molba» 1990 yil nashr etilgan. 1997 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi. Isajon Sultonning hikoyalari har xil badiiy-adabiy nashrlarda chop etiladi, jumladan, «Sharq Yulduzi», «Xalqlar do‘stligi» (Rossiya), «Rus dalasi» (Moldaviya), «Leksikon» (AQSH), «Kurgan Edebiyat» (Turkiya) va boshqalar. 2010 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy-adabiy jurnali “Sharq Yulduzi” nashriyoti tomonidan «Boqiy darbadar» romani chop etiladi. “Ozod” romani esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga sazovor bo‘lgan (2012). «Oydin buloq» va «Kosa tagida nim kosa » hikoyalari “XX asr o‘zbek hikoyalari”dan joy olgan. «Munojot» (1990), «Boqiy darbadar» (2010), “Ozod” (2012), “Bog‘i Eram” (2015) kitoblari chop etilgan.
Toshkentda istiqomat qiladi.
Isajon Sulton jurnalist bilan suhbatda o`zi haqida quyidagilarni gapirib o`tadi:
-Isajon aka, suhbatimizni an’anaviy savol bilan boshlasak, ijodga kirib kelishingiz, ilk mashqlaringiz haqida ozroq so‘zlab bersangiz.
-Ijodga onam qiziqish uyg‘otgan. Farg‘onaning Rishtonida, Avazboy degan kichkina qishloqda tug‘ilib-o‘sganman. Tig‘iz bog‘lari, kishilarining siymolari haligacha ko‘z o‘ngimda. Onamning mahallasi Quyi Avazboy, u Yuqori Avazboyga kelin bo‘lib tushgan. Butun hayotini bolalariga bag‘ishlab yuborgan bu mushfiq zot haqida qancha gapirsam oz. Kishilar to‘ng‘ich farzandiga juda katta umid bog‘lashadi. Onaizor ham adabiyotga shoyon qiziqqani bois, o‘g‘lining adib bo‘lib yetishishini orzulagan bo‘lsa ne ajab… Xullas, o‘n-o‘n bir yoshda bo‘lsam kerak, ikkovlon “Toshkelinchak” degan hikoya yozganmiz. Hozir o‘ylanib qolaman, u mahallar o‘zimda bir nimaga iste’dod bormi-yo‘qmi farqlayolmas, o‘yin-kulgiga qiziqqan paytlarimiz edi. Onaizor “Shu bolamda bir nima bor-ov” deb o‘ylaganmi, ishqilib, meni badiiy ijodga yo‘naltirgan.

Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish