“9-May Xotira va qadrlash”



Download 44 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi44 Kb.
#686538
Bog'liq
9-may xotira va qadrlash




“9-May Xotira va qadrlash”

Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda, shu jumladan, poytaxtimiz Toshkentda ham bog` va xiyobonlar bunyod etildi.
Ana shunday ziyoratgohlardan biri Mustaqillik maydonida joylashgan. Maydon to’rida motamsaro ona haykali turibdi. Vatan himoyasi uchun farzandlarini jangga yo’llagan onalarimiz ramzi bo’lan bu haykal urushda qurbon bo’lgan minglab onalarni eslatadi.
Poytaxtimizda ana shunday maydonlardan yana biri “Shahidlar xiyoboni” dir.
Bu yerda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etilgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho’lpon kabi bobokalonlarimiz nomi bitilgan ramziy qabri bor. Bu joydan odamlar arimaydi.


1937-1939 yillar…
Qatag’onning qaro kunlari…
O’zbekistonda o’sha yillari manbalarda qayt etishicha, 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olindi. Ularning 6ming 920 nafari otib tashlandi. 37 ming nafari esa qamoq va surgunga mahkum etildi.


Istiqlol va mustaqillik tufayli istiqlol fidoiylarining aziz va tabarruk nomlari yana qaytadan tiklanadi. Asosiysi, Yurtboshimizning 2001 yil 1-maydagi farmoniga ko’ra 31-avgust “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” deb e’lon qilinishi ham ularga bo’lgan cheksiz hurmat na’munasidir.


Qariyib 4 yil davom etgan qonli urush, insoniyat boshiga juda ko’p kulfatlar soldi.Urish yillaribir yarim million yurtdoshlarimiz shiddatli janglarda ishtirok etdilar.
450 mingdan ziyod mard yigitlar tinchlik, osuda hayot uchun bo’lgan qonli janglarda halok bo’ldilar.
Urishda yetim qolgan 200 mingdan ortiq bolalarni o’zbek xalqi o’z tarbiyasiga oldi.G’ofur.G’ulomning sheri: “Sen yetim emassan” o’qiladi.
Toshkentlik Shoahmad Shomahmudov va Bahriniso opalar oilasi 14-nafar yetim bolani o’z qaramogiga olishib, bor mehrini insonlar xotirasiga azim shahrimizning “ Xalqlar do’stligi” maydonida yodgorliklar majmui ham o’rnatildiki, u bizlarni har doim tinchlikning qadriga yetishga, yurtimizga munosib farzand bo’lishiga undaydi.


Kelajagi buyuk davlatning munosib farzandlari bo’laylik. Uning sarhadlarida hech qachon o’q ovozi eshitilmasin!


Frontdan omon qaytgan, front orqasida o’z mehnatlari ilan g’alabaga hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz, urish faxriylari bu kun e’zozda.Prizidentimiz tashabbuslari bilan Nuroniylar jamg’armasi tashkil qilindi va 2007- yilda ularga 50 ming so’m pul berildi.


Poytaxtimiz markazidagi mustaqillik maydonida janglardan qaytmagan askar farzandlarini intizor kutayotgan onalar hurmatiga bunyod etilgan yodgorliklar bor. Undagi munis ona haykali goyo: “ Sen mening qalbimdasan, jigarim!” deyotgandek.
Haykal qarshisidagi yonib turgan mangu olov onaning umid chirogini yoritib turgandek. Bu holatlar ziyoratga kelganlarning qalbini larzaga soladi.
Ajdodlarni eslab ulardan ibrat olsak, o’zimizdan keyingi avlodlarga ibrat bo’la olamiz.
Assalomu alaykum, aziz harbiylar!
Avvalo, barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 77-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Barchamizga ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tashabbusi bilan 9-may sanasini yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlash yaxshi an’anaga aylanib qoldi.
Mana shu ulug‘ ayyom kunida hammamiz eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltiramiz. Ayni vaqtda jang maydonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘-salomat bo‘lib yurgan muhtaram faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Hech shubhasiz, bu dahshatli urush, butun insoniyat qatori, bizning xalqimizga ham mislsiz kulfat va yo‘qotishlar olib keldi.
Ikkinchi jahon urushida yuzlab yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab otalarimiz, bobolarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlandilar.
Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib, urush maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.
O‘ta og‘ir va mashaqqatli yillarda xalqimizning insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. El-yurtimiz mamlakatning urush bo‘layotgan g‘arbiy hududlaridan evakuatsiya qilingan turli millatga mansub 1,5 millionga yaqin bolalar, ayollar va keksalarga boshpana berib, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi. Ulug` Vatan urushi davrida O`zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming o`zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar o`zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo`lgan.

O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan zavodlarda keksalar, ayollar, o‘smir bolalar tunu kun mashaqqatli mehnat qilgani – haqiqiy fidoyilik, qahramonlik namunasi, desak, aslo xato bo‘lmaydi. Bunday misollar buyuk G‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushgani, xalqimiz dunyoni fashizm balosidan xalos etishga qanday katta hissa qo‘shganini yaqqol ko‘rsatadi.


Tarixning ana shunday beshafqat va suronli sinovlaridan yorug‘ yuz bilan, har tomonlama munosib o‘tgan xalqimizga har qancha ta’zim qilsak, har qancha tasannolar aytsak, arziydi, albatta.
Siz, muhtaram faxriylarimizning urushdan keyingi og‘ir tiklanish yillarida qanday buyuk xizmat qilganingizni xalqimiz aslo unutmaydi. Sizlarning mardlik va matonatingiz, mehnat jasoratingiz bugungi va kelgusi avlodlar uchun hamisha ibrat namunasi bo‘lib qoladi.
Shu kunlarda odamlarimiz yurtimizda, barcha viloyat va tumanlarda barpo etilgan Xotira maydonlariga kelib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ymoqda. Urushda halok bo‘lgan o‘z yaqinlari, ota-bobolari xotirasini yod etmoqda. Bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilib, ularning duosini olmoqda.
Buyuk G‘alabaning 77-yilligi munosabati bilan poytaxtimizda, barcha shahar va qishloqlarimizda ko‘plab tadbirlar, urush qatnashchilari bilan uchrashuvlar, xotira marosimlari o‘tkazilmoqda. Ayni paytda hammamiz yaxshi tushunamizki, barchamizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, hayot yo‘llarida bizga tayanch va suyanch bo‘lgan ota-bobolarimiz oldida biz doimo qarzdormiz. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan hurmatli nuroniylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirilmoqda, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda, jumladan, pensiyalari oshirilmoqda, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilanmoqda, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirilmoqda. Hurmatli harbiylar, mo‘tabar otalarimiz, mehribon onalarimiz boshimizdagi toji davlatimiz ekanini hech qachon unutmaylik. Bu g‘animat, ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadigan hayotda ularni qancha qadrlab, imkon qadar umrlarini uzaytirishga qancha harakat qilsak, ikki dunyoda aslo kam bo‘lmaymiz.
Agarki mendan, dunyodagi qaysi oila eng baxtli, deb so‘rashsa, men hech ikkilanmasdan, keksalari bosh bo‘lib, izzat-hurmatda hayot kechirayotgan oila, deb javob bergan bo‘lardim.
Mana shu qutlug‘ bayram kunlarida butun xalqimiz bunday dahshatli urush endi hech qachon qaytmasin, deb chin dildan niyat qilmoqda. Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayot uchun shukrona bildirmoqda. Dunyoda turli qarama-qarshiliklar keskinlashib, terrorizm, ekstremizm xavfi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda tinchlik degan bebaho ne’matning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Biz “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak”, degan da’vatning mohiyatini chuqur anglagan holda, tinchlik uchun har birimiz mas’ul ekanimizni unutmasdan, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashashimiz kerak.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlar, reja va dasturlar – bu mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘ladimi, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimi, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya sohalari faoliyatini takomillashtirish bo‘ladimi, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish bo‘ladimi – bularning barchasi ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilganini, o‘ylaymanki, sizlar yaxshi tushunasiz.
Bugungi qutlug‘ ayyomda ota-bobolarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur askarlarimizga, ofitser va generallarimizga Navoiy davlat pedagogika institute Tarix fakulteti nomidan, o‘z nomimdan samimiy minnatdorlik izhor etaman. Fursatdan foydalanib, bugungi davramizda ishtirok etayotgan siz harbiylarga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan yana bir bor qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun tashakkur.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish