Reja: Tinch elning bog‘i ko‘karar



Download 17,5 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi17,5 Kb.
#416790
Bog'liq
Mening armiyam mening faxrim


Mening armiyam-mening faxrim
Reja:
1.Tinch elning bog‘i ko‘karar.
2.Askar bo‘lish orzusidagi bolajonlar.
3.Mardlar qo‘riqlaydi vatanni.
Inson va tinchlik so‘zi havo bilan suvdek egizak. Inson hamisha tinchlikka intiladi, tinch osmondan nafas olishni, har tong uyg‘onganida tinchlik bilan uyg‘onishni xohlaydi. Huddi quyoshga talpingandek tinchlikka talpinadi. Buvijon va buvajonlarimiz har duolarida yurt tinchligi va osoyishlatiligini so‘raydilar, sababi ular tinchlik qanday ne'nat ekangligini chuqur anglashadi. Ushbu tinchligimiz hamda millatimiz kelajagi yo‘lida kurashgan sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Spitamen, Shiroq, Cho'lpon, Fitrat,Avloniy, Abdulla Qodiriy kabi bobolarimizni barchamiz yaxshi bilamiz. Biz yoshlar bu tinchlik-bizning baxtimiz ekanini anglashimiz lozim. Sababi urushlar tufayli qanchadan qancha oilalar boquvchisidan, yakkayu yagona o‘g‘lidan ayrilganlar. Hatto otasini ko‘rmay, biror marta "dadajon" degan so‘zni aytmay qon yig‘lab qolgan go‘daklar qancha bo‘lgan.
Mustaqillikdan so‘ng yurtimiz har tomonlama rivojlandi, jumladam armiyamiz ham mustahkamlandi. Harbiylarni ko‘rgan har kim borki ularga havas nigohi bilan boqadi. Shular qatorida kichik bolajonlar ham, ulardan: Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?-deb so‘rashsa, Ko‘plari " harbiy bo‘laman, vatanni qo‘riqlayman" deya javob berishadi. Bu faxrli kasb ekanligini hatto kichik bolajonlar ham his qilishadi. Vatanni qo‘riqlashdek yuksak vazifani bolaligidanoq his qila boshlashadi. Kiyayotgan kiyimlari bilan, o‘ynayotgan o‘yinchiqlari bilan, yurishlari va hatto ovozlari bilan ham ularha o‘xshashlikka harakat qilishadi.
Yuragida Vatan tuyg'usi bo‘lgan har bir askar yurti uchun hatto jonini fido qilishga tayyor bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz-xalqimizning ishonchli va mustahkam qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovar qobilyati va tayyorgarligi bilan bir qatorda vatanparvarlik tarbiyasiga ham jiddiy e'tibor qaratyapmiz. Ya'ni har bir askar va serjantda, generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va g‘urur kuchli bo‘lishi kerak".Darhaqiqat, askarlarimiz nafaqat jismonant sog‘lom, balki ma'nan ham sog‘lom bo‘lishi ham muhim. Ya'ni askar kasbini, yurtini sevmay, uni his qilmay turib vazifasini sidqidildan bajara olmaydi. Masalan, birorta askarimiz dushmanlar qo‘liga tushib qolsa, armiyamiz haqidagi sirlarni bilish evaziga ko‘p narsalar va'da qilishsa, rozi bo‘lmasa, o‘lim bilan tahdid qilishsa hech ikkilanmay o‘limni tanlay oladigan ruhda tarbiyalangan bo‘lishi lozim. Zero harbiylikdan yuqori unvon bu-xalqimizning ishonchiga sodiq va munosib bo‘lishdir. Bu kasb egalari va oila a'zolariga albatta oson emas, ayniqsa farzandlari, boshqa kasbni tanlagan otaning bolalariga nisbatan kamroq mehr ko‘rishadi, ammo shunga qaramay otasining izidan harbiy bo‘layotgan farzandlar yo‘q emas. Ishonch bilan ayta olamanki bu kasb mard o‘g‘lonlarimizning kasbi.Sizlardan minnatdormiz, aziz harbiylar bayramingiz muborak bo'lsin, yurtimiz doimo tinch bo‘lsin, sizlar bilan faxrlanamiz!
Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish