Mening armiyam mening faxrim
Mustaqil O`zbekistonimizning bugungi kundagi tinchligi va faravonligiga ko`z tegmasin.O`zbekiston yoshlari dunyoning qaysi mamlakatiga bormasin o`z vataniga bo`lgan muhabbati orqali baralla ovozda ``O`zbekiston farzandiman`` deya oladi. O`zbekistonimiz bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatorida yuqori reytinglarda turmoqda. Hamma sohalarda bemalol bellasha oladigan yoshlar yetishib chiqmoqda sport,ta`lim,tadbirkorlik,musiqa yunalishlarida yurtimiz bayrog`ini ko`klarga kutarmoqda.Yana shuni aytib o`tish joizki bu rivojlanishlarning zamirida birinchi navbatda yurtimiz tinchligi sarhadlarimiz daxilsizligi yo`lida jonini fido qilayotgan milliy armiyamiz roli beqiyos. Bizning milliy armiyamiz juda kuchli shakllantirilgan va askarlarimiz zarur qurol aslahalar bilan ta`minlangan.Har kuni erta tongda dasturxon atrofida qo`limizni duoga ochar ekanmiz yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini ta`minlayotgan yurboshimiz va tinchligiz posbonlari bo`lgan harbiylarimizni Ollohim o`z panoxida saqlashini so`raymiz. Armiyamizning bosh shiori ``Tinchlik barqaror bo`lsin `` deya tun-u kun o`z jonini xatarga qo`yib so`nggi nafasi qolguncha vatan oldidagi xizmatlarini ado etayotgan askarlarimizning bosh maqsadidir. Guliston davlar universitetimizda ham shu munosabat bilan bayram tadbirlari uyishtirilmoqda. 7-yanvar kuni Qurolli Kuchlarimiz tarkibidagi Milliy Gvardiya askarlari o`z chiqishlari va konsert dasturlari bilan tashrif buyurishdi.Birinchi Prezidentimiz tomonidan 1993-yildan boshlab 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni deb e`lon qilingan shu munosabat bilan O`zbekiston Qurolli Kuchlarining 28 yilligini nishonlash uchun katta tayyorgarliklar ko`rilmoqda. Vatanni himoya qilish har bir insonning sharafli burchidir Vatanimizning barcha soxalarida mehnat qilishlari uchun zarur bo`lgan tinchligini askarlarimiz ta`minlab bermoqda.
HARBIY QASAMYOD
Men Umirova Xulkar Shaxobiddinovna O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman xalqimga Prezidentimga sodiq bo`lishga tantanali ravishta qasamyod qilaman.
Men O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi va qonunlarini muqaddas bilib ularga rioya etishga harbiy nizomlarni komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so`zsiz bajarishga harbiy intizomga qat`iy rioya etishga halol, jasur va sergak jangchi bo`lishga qasamyod qilaman.
So`nggi nafasim qolguncha ona vatanimning sadoqatli farzandi bo`lib qolishga harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga davlat va harbiy sirlarni mustaxkam saqlashga ajdodlar ruxi bilan qasamyod qilaman.
Jonajon O`zbekiston nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo`lishga qasamyod qilaman.
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo`lay.
Men bu qasamyodni o`z bilimlarimga tayangan xolda ana shunday milliy armiyamiz askarlari qatorida bo`lishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |