Mardlik, matonat va jasorat maktabi Tomirida milliy g‘urur jo‘sh urmagan, Vatanga muhabbati bo‘lmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Bu g‘urur, vatanparvarlik qachon paydo bo‘ladi? Harbiy xizmatni o‘taganda, albatta
Mardlik, matonat va jasorat maktabi
Tomirida milliy g‘urur jo‘sh urmagan, Vatanga muhabbati bo‘lmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Bu g‘urur, vatanparvarlik qachon paydo bo‘ladi? Harbiy xizmatni o‘taganda, albatta. Qolaversa, milliy armiya safida chinakam er yigitlar, mard o‘g‘lonlar xizmat qiladi. Aslida Vatanimiz tinchligini asrash nafaqat harbiylarimiz, mard o‘g‘lonlarimiz, balki barchamizning muqaddas burchimiz. Har yili 14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yosh avlod qalbida ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz sarhadlari xavfsizligining ishonchli garovi ekanligi hamda mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:
— Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 9-dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 377-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash;
— ta’lim muassasalarida 2017-yil 15- dekabrdan 2018-yil 15-yanvarga qadar «Harbiy vatanparvarlik oyligi»ni e’lon qilish, oylik davomida ommaviy vatanparvarlik tadbirlarini va yanvar oyida «Tarix» va «Davlat va huquq asoslari» fanlari oyligi davomida o‘tkaziladigan tadbirlarda ajdodlarimizning buyuk merosini e’zozlash, qadriyat va urf-odatlarga hurmat, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga e’tibor qaratish;
— ta’lim muassasalarida Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida o‘qituvchilardan iborat targ‘ibotchilar guruhini tuzish va ular ishtirokida «Ertalabki saflanish», «Tarbiyaviy soat» va «Ma’naviyat kuni»da «Men Vatanimga tayanchman» shiori ostida «Mardlik va jasorat» darslarini tashkil etish;
— ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ongida Vatanga muhabbat, mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar, Ikkinchi jahon urushi va Qurolli Kuchlar veteranlari ishtirokida «Avlodlar uchrashuvi», «E’zoz», «Ehtirom» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
— tadbirlar mazmunida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar aks etishi;
— o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiylik kasbiga yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o‘quvchilarning harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablariga ekskursiyalarini uyushtirish;
— Toshkent shahridagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga o‘quvchilarning (biriktirilgan mas’ul xodimlar — o‘qituvchilar, sinf va to‘garak rahbarlari kuzatuvida) sayohatlarini tashkil etish;
— bolalar musiqa va san’at maktablarida «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!» shiori ostida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar festivali, «Barkamol avlod» bolalar markazlarida shu mavzuda ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil etish;
— Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim muassasalari va Mehribonlik uylarida sportning harbiy-amaliy va texnik turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish lozim.
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish o‘quvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash bilan birga, ularda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mavzu:Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!
(5—10-sinflar uchun «Mardlik va jasorat» darslarini o‘tish bo‘yicha bir soatlik dars ishlanmasi) Darsning maqsadi: o‘quvchilarga milliy armiyamiz hamda uning nufuzi, harbiy bilim yurtlari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berish hamda sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini ta’minlayotgan harbiylarimizga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, ularda keyingi yillarda erishilgan yutuqlarimiz haqida tushuncha hosil qilish.
Jihozlar: o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan referatlar, rasmlar, shuningdek, Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, harbiy vatanparvarlik mavzusidagi videofilm va roliklar. (Darsga urush va mehnat faxriylari, harbiylar, Vatanimiz sarhadlarini himoya qilib, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning yaqinlari, mahalla faollari, ota-onalar, Yoshlar ittifoqi vakillari taklif etiladi.) Dars shiori: «Yurtingni, elingni qo‘riqla har on,
Senga ishonamiz, mard, jasur o‘g‘lon». Dars turi: interfaol.
Dars metodlari: viktorina, guruhlarda ishlash, munozara.
O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Darsning borishi: dars O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlanadi. Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:
1-guruhga: O‘zbekiston Respublikasining milliy armiyasi haqida nimalarni bilasiz?
2-guruhga: O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topishi¬ning huquqiy asoslarini bilasizmi?
3-guruhga: Oliy harbiy ta’lim muassasalari haqida nimalarni bilasiz?
1-guruh: 2015-yili O‘zbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari o‘rin olgan armiya¬lar reytingida 48-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston hozirgi vaqtda 420 ta tank, 715 ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimi, 69 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa ko‘plab qurol-aslahaga ega, armiyada xizmat qilishi mumkin bo‘lgan aholi soni esa 15,7 milliondan oshadi.
2-guruh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi hamda «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining «Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni, deb e’lon qilindi.
1995-yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, 2000-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
3-guruh: Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchla¬rimiz uchun 30 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Mamlakatimizda ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tay¬yorlash, malakasini oshirishning samarali tizimi yaratilgan bo‘lib, bular harbiy okruglarning Serjantlar tayyorlash maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi malaka oshirish fakultetlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi huzuridagi ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oliy kurslari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasidir. Bu o‘quv maskanlari harbiy xizmatchilarga o‘z professional, nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish, harbiy-jangovar faoliyatida tajriba va malakalarini oshirish imkoniyatini bermoqda.
O‘qituvchi: Harbiy ta’lim muassasalari faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
1-guruh: Hozirgi kunda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik, Chirchiq oliy tank qo‘¬mondonlik-muhandislik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘¬mondonlik-muhandislik, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetida malakali harbiy xizmatchilar tayyorlanmoqda. 1995-yili O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu dargoh zimmasiga malakali ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qolaversa, harbiy sohadagi ilmiy-amaliy tadqiqot hamda ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mamlakatimizda harbiy ta’limni rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
2-guruh: 2012-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakulteti tashkil etildi. Tibbiy xizmat bo‘yicha yuqori malakali ofitserlar, zaxiradagi ofitserlar tarkibini tayyorlash, Qurolli Kuchlar tibbiy xodimlarining harbiy va kasb tayyorgarligi darajasini muntazam oshirib borish, maxsus bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish mazkur fakultetning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
O‘qituvchi: Konstitutsiyamizning qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish fuqarolarning burchi ekanligi qayd etilgan? O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tuzishdan maqsad nima?
1-guruh: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bo‘lim 11-bobi 52-moddasida «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deya belgilab qo‘yilgan.
2-guruh: Konstitutsiyamizning «Mudofaa va xavfsizlik» bobidagi 125-moddasida “O‘zbekiston Res¬publikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yax¬litligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi”, deya keltirilgan bo‘lsa, 126-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega”, deya belgilab qo‘yilgan.
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, «Tinchlik uchun kurashish» deganda nimani tushunasiz? Buning uchun siz qanday ishlarni amalga oshirishingiz kerak? O‘qituvchi o‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov fikrlaridan misollar keltiradi: Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo‘lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo‘lda kerak bo‘lsa jon fido qilish — shu yurtning jasur o‘g‘lonlari, o‘zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo‘lib kelgan.
Har qaysi el, har qaysi yurt chetdan keladigan yovuz ofatdan ko‘ra, o‘z ichidan chiqadigan sotqin, iymonsiz, o‘zining manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, kerak bo‘lsa, eng yaqin kishilarini ham sotadigan, o‘zini o‘stirgan, voyaga yetkazgan Vataniga qo‘l ko‘taradigan qabih kimsalardan nihoyatda ehtiyot bo‘lishi kerak.
Mardlik va jasorat haqida o‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozara uyushtiriladi hamda eng buyuk jasorat — bu ma’naviy jasorat ekanligi haqida tushuncha beriladi. Dars Vatan va tinchlik haqidagi she’rlar bilan mustahkamlanadi.
Uyga vazifa: «O‘zbekiston Res¬publikasi Qurolli Kuchlari — yurt tinchligi va xavfsizligi kafolati», «Harbiy islohot — zamonaviy professional armiyaning asosi» mavzularida insho va referat yozish.
Respublika тa’lim markazi
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |