Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
7
http://ziyonet.uz/
paykarning gulrang yuzi oʻt boʻlib, bu bilan dunyoga oʻt qoʻyishni oʻziga maqsad qilib,
gul yuzidagi har bir ter toza gavhar boʻlib, bu terdan koʻp-koʻp gullar ochilib,
sochlarining har tomonidan mushk isini beruvchi chiziqlar boʻlib, ter namidan oʻtdan
tutun koʻtarilib tursa, uning mijozining latifligi el koʻnglini olish uchun (bir-biriga zid
boʻlgan) oʻt bilan suvni parvarish qilsa, uning latofati qancha desa shuncha boʻlsa, husnu
jamol ham imkoni boricha mavjud boʻlsa-yu, lekin uning qaddi-qomati sarfaroz
boʻlmasa, gulzorida u sarv kabi noz qilib yurmasa, sarvi xiromon boʻlib, toʻgʻri qadam
bosa olmasa, mijgon oʻqlarini ham toʻgʻri moʻljallab ota olmasa, zor oshiqlar unga jonini
bermaydi; odamlarning birontasining koʻngli ham unga giriftor boʻlmaydi. Namozxonlar
mehrobni toʻgʻri qurmasa, koʻz qiyshiq boqib, namoz ham toʻgʻri oʻqilmaydi.
Xatni toʻgʻri yozadigan kishilar haqiqiy sogʻlom kishilardir; xat agar egri yozilgan boʻlsa,
demak, yozgan odam ham toʻgʻri emas. Kimning qarashi toʻgʻri boʻlsa, oʻsha haq.
Kimning qoʻli egri boʻlsa, oʻgʻri boʻladi. Kimki qoii egrilik bilan shuhrat topgan boʻlsa,
xalq uning qoʻlixi kesib toʻgʻri qiladi.
Koʻz tugʻilishdan egri boʻlsa, uning odati bittani ikkita qilib koʻrsatishdir. Oʻzi bitta
boʻlsa-yu, boshqasi tagida boʻlmasa, bittani ikkita qilib koʻrish - koʻp xudolikni tan olish
bilan barobardir.
Sulaymon deb nom chiqargan odamning durri zoti aslida paygʻambarlik dengizidan edi.
U jahon podshohligi taxtini egallagan, ham podshoh edi, ham paygʻambar. Butun dunyo
mamlakatlari uning qoʻl ostida edi; odamlar kabi devu parilar ham uning buyrugʻiga
boʻysunardi. Agar u podshohlik chodirini choʻlga tiksa, qushlar uchib kelib, pati bilan
darxol soyabon boʻlardilar. U ochiq, havoli yerlarga gilam toʻshab oʻltirardi; safarga
chiqsa, yellar unga qoʻshimcha ot vazifasini bajarardi. Devu parilar ham odamlar toʻdasi
bilan birga uning sirli uzugi tufayli buyruqlariga tobe’lik jkoʻrsatardi.
Ushbu zamon xoqoni va podshosi oddiy podsho va xoqon emas, zamon Sulaymonidir .
Uning taxtining poyasi osmon avjigacha koʻtarilgan; toji esa eng tik turgan quyoshga oʻz
soyasini solgan. Saroyining gumbazi osmon gumbaziga oʻxshash boʻlib, bu saroydagi
unga qarashli odamlar yulduzlardir. Martabasining yuksakligi Jamshid boʻysunganlar
Hurmuzu Xusravgacha yoyilgan; mamlakatining kengligi Sulaymonnikicha bor.
Lekin oʻz zamoni Sulaymonga hukmdorligini yurgizish uchun sehrli uzuk bergani kabi,
bunga ham, hukmdorlik qilib turarkan, aylanib turuvchi charx bir uzuk nasib etgan edi.
Kimgaki xonlik qilish muyassar boʻlgan ekan, bu uzuk bilan. hukmronligini yurgizishi
mumkin edi. Uzuk oʻzi sadafdan, lekin xati gavhardan edi. Qanday ajoyibki, davr, zamon
uning xatini «Rostlikdan xaloslik» deb bitgan edi. Shohga agar shu muxrning xati
yordam bermasa, u har narsaga giriftor boʻlishi mumkin edi. Oxirigacha toʻgʻrilik uning
qoiidan tutgani uchun, toʻgʻrilik bilan xalq ham uning farmoniga boʻysuna boshladi.
Kimki toʻgʻrilik yoiini bilmoqchi boisa, bilsinki, bu ikki xil boʻladi. Biri shuki, kishining
soʻzi toʻgʻri boʻlsa, uning soʻzi bilan birga oʻzi ham toʻgʻri boʻlishi kerak. Yana biri
shuki, yolgʻon gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalganidan «toʻgʻri!» deydi. Oldingisi, hech
Do'stlaringiz bilan baham: |