dostoni. «Husnu Dil»



Download 97,99 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi97,99 Kb.
#824267
  1   2
Bog'liq
«Husnu dil» dostoni.


«Husnu dil» dostoni.
«Husnu Dil» dostonining syujeti fors-tojik va turkiy tillar adabiyotida
ko`pdan beri keng tarqalgan va qayta-qayta ijodiy ishlangan syujetdir. Chunonchi,XV asrda shoir Fattahiy (1450 yilda vafot etgan) «Husnu Dil» syujeti asosida nasru nazm uslubida tojikcha doston yozgan edi. Bu dostonning qo`lyozmasi Tojikiston fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutining Sharqshunoslik bo`limida saqlanmoqda. Shu fondda saqlanayotgan, Ravzat-ul-ushshoq va hikoyati Ibodullohil G`afuri Nishopuriy va Riyoz-ul-latoif"»nomli qo`l yozma kitobning
89-137 betlarida ham tojikcha, «Husnu Dil» dostoni berilgan. Bu doston o`z syujeti nasriy ifodasi, vazni va boshqa jihatlari bilan, qisman bo`lsa-da, Fattoqiy
variantidan farq qiladi. Shuningdek, mashhur tojik yozuvchisi Mashfiqiy ham (XVI asr) «Gulzori eram» dostonida «Husni Dil» syujetini ijodiy ravishda qayta ishlagan (1571 yil). Fors tojik adabiyotida «Husnu Dil» dostonining boshqa variantlari ham bor. «Husnu Dil» dostoni o`zbek adabiyotida ham xiyla uzoq tarixga egadik. Jumladan, XVI asrda o`tgan oshnozlik shoir Ohiy «Husnu Dil» syujetida doston yozgan. «Husnu Dilning xalq orasida keng tarqalgan
variantlaridan biri shoir Nishotiy dostonidir. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni shu syujet asosida yaratilgan boshqa dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu dostonning ko`pgina qo`l yozma nusxalari Toshkent, Xeva, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda bor.
Dostonning «Husnu Dil» dostonining mazmunidan ravshanki, obrazli va shoir davrining g`oyalari mavqeida g`oyaviy mativlari turib, ajoyib afsonaviy syujet shaklida tinch va osoyishta hayot haqidagi olijanob insoniy ideallarni
ifodalagan. Shoir, aql va ishq, fahm-farosat, himmat-muruvvat, rng-idrok bilan ish ko`rgan taqdirdagina olib niyatlarga erishish, mumkin, degan oqilona xulosalar chiqargan. Nishotiy mamlakatda ranju sitam urug`iga barham berish va olamni har qanday «horu xos»dan tozalab, «Dahr eliga, fayz va zavq» bag`ishlovchi bog`- rog`lar yaratish g`oyasini quyidagi misralarida yaqqol ifodalagan:
Kimki birov qasdig`a o`tni yoqar,
Charx ani ul o`t uza oxir yoqar. Ranju sitam tuxmini eksa birov, Urg`usidir ham oni vaqti darov. Ey naxush ul subhi saodat nasim,
Nakhat anga bor esa davlat shalish. Bahravar andin bo`libon bog`-rog`, Dahr eliga bo`lsa muattar dimog`.
Qilsa jahon sahnini gulzorvash, Qalmasa ul gulshan aro xoru xos.
Dostondagi obrazlar orasida Aql, Fuod, Nazar, Ishq, Husn, Himmat, Qomat, On, Xayol, Vafobonu, G`amza, Ishva, Karashma kabilar ayniqsa muhim rol` o`ynaydi. Nishotiy bu obrazlarning qiyofasi va faoliyatida tinchlik, osoyishtalik,obodonlik va farovonlik g`oyalarini mujassamlashtiradi. Dostondagi
ikkinchi guruh timsallar esi Vahm, Raqib, Foruqa, Foxir, Shayx zarq, Shohi Fasod kabilardan iborat bo`lib, ular zulm va zo`rovonlik, qahr-g`azab nomoyonlari sifatida gavdalanadi. Demak, ziyo va zulmat kuchlarini mujassamlashtiradigan majoziy obrazlar o`rtasidagi kurash dostonidagi konflikt asosini tashkil etib, uning xarakterini belgilaydi.Aql obrazi. Nishotiyning tasviricha, Aql Yunonda podshoh bo`lib zo`r aqlliliga, donishmandligi, shoirligi va axloqliligi bilan ajralib turar ekan, uning adolatidan «Mulk ma`mur» va yaxshi ishlaridan «xalq masrur» bo`lgan ekan.
Ilm ila hikmat aro Luqmon edi, Fahm ila fikrat aro burqon edi. etmagudek fahmi Falotun ango, O`zga edi rasm ila qonun ango.
Mulki jahon ichra qilib adlu dod, Dodi bila erdi jahon mulki shod Adli bila mulk edi ma`mur ango, Fazli bala xalq edi masrur ango. Ilmu adab bobida mohir dag`i, Qariyasanj erdiyu shoir dog`i,
Bo`lganidan zoti qabuli inom, Dahr eli otin der edi Aqli tom.
Ammo Aql shuncha bilim va donish egasi bo`lishiga qaramay, bir daraja parishonhayol va beparvo ekan. U o`zining vaziri Vahmi balo va ishongan maslahatchisi Murimdi Ilhon degan shayx xasofati tufayli ana shunday bo`lib qolgan ekan. Aql shunday kamchiliklari sababli qottiq jazolanadi. Bu esa uning o`z vaziri Vahmning yolg`on gaplariga ishonaverishning oqibati edi. Buning natijasida
Aql noto`g`ri chora tadbir ko`radi. Hatto u Vahmning chaqimchiligi va shayxning bo`qtonlarini o`ylab o`tirmay, Fuod, Nazar, Xayol va Nog`mani asir alib, zindonga solish haqida bo`yruq beradi.
Fuodning ahvoli yomonlashadi. Hakimlar uning kasalini «ishq kasali» deb aytadilar. Aql xa yana o`zining Vahmi balo kabilarning gapiga kirib. Ishq o`lkasiga qarshi jangga otlanadi va bir hamla bilan ishq o`lkasini bosib olmoqchi bo`ladi.
Ammo u Ishq o`lkasining qudratini e`tiborga ham olib o`tirmaydi. U o`z kuchlariga ortiqcha baho beradi, mag`rurlanadi. Nishotiy Aqishohdagi salbiy sifatlarning XVIII asr hukmdorlariga xos ekanligini nazarda tutib ana shunday qahr-g`azobga to`lgan johil va zolim shohlarga yaqin yo`lamaslik kerakligi to`g`risida bo`nday dedi:
Kimki qilur qurbati shohni havos, Qahr o`tig`a yong`usi andoqli xas
Shoh demak kimsaga o`pka havos, Oxir anga oh bo`lur halinafas. Shoh qusuridin o`zing ayla dur, Toki sanga shah degay el bequsur.
Demak, Nishotiy Aqlshohning savodi va ilmini maqtash bilan birga, uning kamchiliklarini ham tanqid qiladi. Shoir Aqlshoh tabiatida sodir bo`lgan
qahrg`azab uning yaramas maslahatchilariga ishonganining natijasi ekanini qayd etib, XVIII hukmdorlarida ham bunday salbiy sifatlar borligiga ishora qiladi.
Fuod obrazi. Fuod Aqlshohning o`g`li. U dunyoga kelganida hikmat eli birgalashib, maslahat bilan unga nam quyishgan. Fuod esini taniy boshlashi bilanoq, hikmat eli tarbiyasida bo`lib, fahm-farosatini oshira borgan. Shoirning yozishicha Fuodning zehni o`tkir bo`lganidan, u etti yoshidayoq qiroatni
o`rgangan, asta-sekin har qanday ilmni ham o`rganib, «har jeki mashhul» bo`lsa, fikr yuritib o`zlashtira borgan. U ko`proq tarix o`qish, she`r san`ati ustida muhokama yuritish bilan shug`ullangan.
Fuod «Qal`ai jism» degan joyda o`sadi. «Qal`ay jism» qasrlari oldida 360 nahr va 440 anhor bo`lib, bundan butun mamlakat foydalanar edi. Aqlshoh shu joyning hukmronligini o`g`li Fuodga topshiradi. Fuod bu joyni adolatparvarlik bilan idora qildi:
O`g`li dag`i ko`rsatibon adlu dod, Mamlakatin ayladi obodu shod. Adl hurufi kabi ko`z birla dil
Xalq anga bog`lab edi muttasil.
Fuodning yoshlik yillari turli fanlarni o`rganish bilan o`tadi. U ilm va hikmat aqllarini hurmat qiladi. Ammo o`z o`g`lini g`oyat sevgan Nafisbonuning unga
«Dahr yomon-yaxshisi»ni bildiradigan, boshdan oyoq «Ishq ila Husn» ta`rifidan iborat kitobni taqdim qilishi bilan Fuod hayotida o`zgarish paydo bo`la boshlaydi. Endi Fuod ishq-muhabbat xayoliga berilib ketadi va g`amgin voqealarga duch keladi:
Lek ichibon rohi muhabbat mudom, Chehralari bor edi gulgun davom
Nishotiy tasviricha, Fuod ko`p bilimlardan xabardor bo`lgan va ayni
zomonda Husnni zo`r otash bilan sevgan ishq yo`lidagi niyatlaridan sira qaytmagan oshiqdir. Ammo u (ko`p) ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, ko`p ichib, mast bo`lganligi natijasida Foruqaning qo`liga tushib, jafo chekadi:
Vahki na xush dedi o`yshun muxtaram, Mast parishon esa ko`rgay sitam.
Fuodning boshiga tushgan tashvishlar uning aqlu farosat va sargaklik bilan harakat qilmay, it bilan ohunu, zog` bilan bulbilni farq qilolmay qolishi natijasida edi. Nishotiy Fuodning bu nuqsonlarni umumlashtirib, unga ham «javhari idrok»ka befarq qarovchilarga ham tanbeh beradi:
Kimda kim yo`q javhari idrok-aql, Kungli emas ainai poki ilm...
It bila ohu bo`libon halqnafas,
Zog` ila bo`lbulg`a bir o`ldi hafas.
Nishotiy o`z qahramonlaridagi bu kamchiliklarni tanqid qilish bilan birga, unga yordam qo`lini cho`zgan Husnga taqsin o`qiydi va uning g`alabasidan xursand bo`lgani holda o`z zamonida ana shunday mehr muhabbat, or-nomus yo`qligidan shikoyat qilib, o`z ahvoliga achinadi:
Ohki man hastaga yo`q yoru or,
Vah ne dedim bal mango qayda diyor? O`lsam agar so`rg`ali yo`qdir ishim, Vah ajab yoqsa ko`ki nashishim...
Nazar obrazi. «Husnu Dil» dostonidagi obrazlar orasida Nazar obrazi o`zining ma`naviy boyligi, g`ayrati, shijoati, harakatchanligi va tadbirkorligi bilan
diqqatga sazovordir. Aslida «Shahri Bedahshon»lik bo`lgan Nazar xalqdan chiqqon va «purhunar» kishi bo`lib, shahzoda Fuodning xizmatkori edi:
Xizmatida bor edi bir pirhunar, Zoti qarovul edi, oti Nazar.
Nazar Fuodning ahvolini bilgach har qanday xavf-xatarga qaramay,
«Chashmayi hayvon kanoridagi jonon»dan xabar olishga junaydiki, bu uning jasurligidan va insonga bo`lgan g`amxo`rligidan dalolat beradi. Dostonda
tasvirlanishicha, u dengizlardan jasur «malloh» (matros) sifatida suzib o`tadi, dahshatli dashtu sahralarda botir sayyoh sifatida kezib yuradi:
Kulzumu ummon aro malloh edi, Dashti jahon sahnida sayyoh edi.
Nazar shoh Foxirning ham, Shayx Zirqning ham yolg`on gaplariga ishonmaydi, ularning so`ziga kirib o`z oldiga qo`ygan maqsadidan qaytmaydi. U
shayxning bemoza va «sidqu safo»dan mahrum so`zlaridan hamda boshdan oyoq bema`ni va tartibsiz va`zxonligidan uning ma`naviy qashshoqligini bilib oladi:
Chunki Nazar ongladi oning so`zin, Ko`rmadi ul shayx so`zining tuzin. Va`zi aro yo`q edi nam`u namo, Chunki yo`q erdi yangi sidqu safo. Xullas oning so`zin eshitti tamom,
Boshdin oyoq bor edi muhmal nizom.
Nazar Shayxni nazar-pisand qilmaydi va aqlu farosati bilan uni mulzam qilib toshlaydi. Bu epizoddagi shayx misolida mujaassib ruhoniylarning riyokorligi, Nazar timsolida haqiqat axtaruvchi oddiy kishilarning halolligi, pokligi namoyon bo`ladi «Daryoi hayrat» epizodida esa Nazarning pahlavonligi gavdalanadi. Shoirning tasviricha Nazarning pahlavonligi turli bilim va hunarlarni egallashida
ham zohir bo`ladi. Nazar obrazidagi bunday ma`naviy fazilatlar «Shahri Habib» epizodida uning shoh Qomat bilan uchrashuvida alohida namoyish ettirilgan. Shoh Qomat Nazarning sadoqati va bahodirligiga qoyil qoladi.
Bu o`zinda shoir Nazarga shunday tavsif beradi: Dedi Nazar borman aningdek faqir,
Hur fan aro tab`im erur benazir. Ilmi nujum, hikmatu advor ham,
Bilgum erur sihr ila ash`or ham. Ilmi riyoziyu ilohiy sango,
Tab`im aro barcha qamohiy mango...
Nazar Vahmi va Murshidi ilhon shayx kasofati bilan zindonga ham umidsizlanmaydi. U zindondan qutilish yo`llarini izlar ekan, faqat o`zinigina emas, balki xayol, G`amza kabi dustlarini ham qutqarishni ko`zlab harakat qiladi:
Har kishikam bor edi yo`ldosh ango, Mehnati zindon aro sirdosh ango. echdi olar bandini dog`i ravon, Chiqtilaru qochtilar eldin nihon...
Xullas, Nazar o`z orzulari bilan qarovchi ijobiy obraz bo`lib, ko`p jihatdan
«Farhod va Shirin»dagi Shopurga, «Alpomish»dagi Qorajonga o`xshab ketadi. U
o`zining harakatchanligi, kurashchanligi bilan Fuoddan ancha ustundir.
Husn obrazi. Husn Shahriyori Ishqning qizi bo`lib, u go`zal, bilimdon, tadbirli, bardoshli bo`lishi bilan birga, vafo va sadoqat timsoli hamdir. Husn naqoshlik, binokorlik, musiqa va she`riyatni juda sevadi. Xayol uning yonida naqqoshlik qilsa G`amza mahoinavozlik qiladi. Husn, Qal`ai diydor»da yashab,
xotin qizlar bilan birga bo`ladi, ornomusi va yurt himoyasi uchun Mardona kurashda sherga teng keladigan bu xotin-qizlarga homiylik qiladi.
Husn Nazarni samimiyat bilan kutib oladi. Fuod ishqning nishonasi sifatida
«Chashman hayvon» aqiqini berib, naqqosh Xayol bilan nag`minavoz G`amzoni unga qo`shib yuboradi. Ammo «Qal`ai diydor»ga lashkar tortgan Aqlshohga qarshi otlanishga majbur bo`ladi. U adashmaslik uchun kengashib ish qilishni birdan-bir
tadbir deb biladi. Shuning uchun ham u o`z farmonida quyidagilarni aytadi: Dedi qiling jam azomlari,
Safhai devondagi nozimlari,
To na kengash qilg`ay alar oshkor Topg`amiz ul maslahat uzra qaror. Neki kengash birla topar irtikob, Bo`lg`usi albatta xatosiz savob...
Husn Aqlshoh qo`shini bilan Shohi Fasod ustidan g`alaba qozongandan so`ng, Fuodning zindonidan qutqarish tadbirlarini o`ylab, bu haqda Vafobonu bilan maslahatlashadi. Bu bilan shoir g`alabaga erishish uchun kengashib ish tutish kerak, degan to`g`ri xulosa chiqaradi.
Husn-ishq sirini har kimga ham bermaydigan o`ylab ish qiladigan, hayoli, iffatli sohibjamol qiz:
Urmas edi degali g`am elda dam, Topmas edi mahrami asror ham.
Uning qalbiga eng yaqin kishilardan biri Vafobonu edeb. Nazar Fuodga qanchalik sadoqat bilan xizmat ko`rsatgan bo`lsa, Vafobonu ham Husnga shunchalik vafodor va fidokor edi. Shuning uchun ham shoir uni Vafobonu deb atagan. Husn o`z muhabbatini yashira olmaydi; buni Nishotiy quyidagicha ifodalaydi:
Mushkni gar saqlasang eldin niqon, Qilg`usidir isi-uq oni ayon,
Mushk ila ishq o`lmag`usi yoshirun, Zohir etar o`t bor ekanni tutun...
Husn faqat o`z sevgisi baxt-saodati uchungina emas, balki do`stlari omadining kelishi, hayotining quvnoq bo`lishi uchun ham jonbozliq qiladi.
Chunonchi, u Nozni Nazarga, Vafobuni Hishmatga, Karashmani Sabrga unashtirish ishiga aralashadi. Nishotiyning fikricha, Husn o`zi va do`stlarining muhabbatini el osoyishtaligi, vatan obodonligi, vijdon pokligi uchun kurash bilan chambarchas bog`langan deb bilgan namusli va qahramon qizdir.
Shahriyori Ishq. Ishq-ideal shoh obrazi. Nishotiyning tasviricha, Ishq kishilarni qadrlash, do`stlikka rivoj berish, maslahat bilan ish ko`rishi, yurt
obodonligi uchun g`amxo`rlik qilish kabi oshjanob insoniy xislatlarga ega bo`lgan. Shoir Ishqning g`alabasidan, riyokorlikning mahv etilishidan quvonadi, she`riga qanot bog`lab, zamoniga etib keladi o`zining zamon «zarqi riyo»laridan uzoq turgan holda, Ishqning fazilatlariga ixlosmandligini bildirib:
To topayin zarqu riyodin xalos, Aylayin ixlosga jonimni xos- deb yozadi.
Aqlshohni engan Ishq bu g`alaba bilan cheklanib, mag`rurlanib qalmoydi, balki Aqlshohning yurti «Mushki badan»ni egallab olgan Shohi Fasodga qarshi kurash ham ochadi. Hamma joyda tinchlik, asoyishtalik o`rnatmoqchi bo`ladi. Ko`pchilikning maslahati bilan Aqlshohni zindondan qutqaradi va o`ziga vazir qilib belgilaydi. Hamma joyda «amn-amonlik», nisbiy tinchlik uchun kurashdan aqllarining ham qadr-qimmatini oshiradi:
Ahli hunar qadrini qildi baland, Etti inod ahlini xoru najand...
Nishotiy bu ideal shohlikda ishq va aql ham, dil va qimmat ham borligini ifodalaydi va qimmat bo`lmagan joyda dunyo, «Chohi balo»dan iborat bo`ladi, deb yana o`z zamonidan shikoyat qiladi:
Yorab etib sabr ila himmatni yor, Ishq janobida mango ber qaror.
Himmat agar bo`lmas edi dovarim, Aql ila dil bo`lmadilar yovarim, Himmat ila bo`lmas esang dastgir. Chohi balo ichra erurman asir...
Ishqning suyangan kishilari Himmat va G`ayratdir. Ular do`stni dushmandan farq qilib, Ishq saltanatiga rivoj beradilar. Binobarin, Nishotiy tasviricha, Ishq
qo`shini ziyo yorug`lik baxsh etadi; dushman tomoni esa «Lashkari Shom»-zulmat bo`lib, u o`limga mahkumdir. Nishotiy bunday majoziy obrazlar orqali, «olam kamyob» bo`lishi kerak degan xalq orzu-umidlarini o`z poetik niyati bilan ulab, romantik tasvir yaratadi:
Ishq erur izohi muallojanob, Andin erur alam eli koyyob, Zot anga aksar erur kimiyo,
Tufrog`a ul qadr berur ham baho.
Roqib obrazi. Raqib razil kuchlar va devlardan iborat bulgan «Lashkari Furqat»ning boshlig`idir. Raqib-ziyo dushmani Shoir Raqib misolida mujassamlashtirilgan qaro guruhlarga nafrat qaraydi, «mol egasiga o`xshamasa, harom o`ladi» degan halq maqoliga ishora qilib, ularning qo`shni va tug`laridan kuladi:
Tug`i aning bor edi andoq garoz, Hashr xunidin qadi erdi daroz Chunki erur el aro bu xushkalom, O`xshamasa mol egasiga harom.
Raqib «Do`zaxnishon» bo`lgan o`z qizi Foruqaning maxrlariga tayanadi. Uning gapiga kirib, Fuod bilan Nazarni dorga, so`ngosmoqni, so`ng ularning
jasadini o`tda yoqib, kullarini ko`kka sovurmoqchi bo`ladi. Lekin qo`lga tushirganidan keyin turli nayranglar ishlatib, g`ayat «firibg`ar tovlamochi ekanini ko`rsatadi. Chunonchi Hilmot uni asir olib, Fuod va Nazar haqida so`roq qilganida, u makkorlik bilan shunday deydi:
Xalqi jahon matlai ogoh emas, Tanimag`an siylamasa ayb emas.
Nishotiy tasviricha, Raqib kishilik jamiyatiga nuqul «ranju sitom» urug`ini
sepadigan qora kuchlar namoyandasidir. Shuning uchun ham Ishq shrhning lashkarboshilari himmat bilan G`ayrat uning ildizini quritish choralarini ko`rib, uni o`zi qazilgan chohga tashlaydilar.
Foruqa obrazi. Foruqa Raqibning qizi bo`lib, «Qalg`ai hijron»ning posponidir. U o`z qiyofasi va xulqi bilan Husn, Vafo, G`amza, Ado, Ishva hamda Karashmaga sira o`xshamaydi. U g`oyat badbasharo, yomon xulqli, haramtabiat va
pastkashdir. Shoir foruqani shunday tasvirlaydi: Bor edi bir duni falokatmoob,
Erdi najas suratu nahs intisob. Umri o`lub zali falakdin ziyod, Qiz edi er topmayin u badnihod.
Talg`at anga bor edi do`zaxnamoy, Xilqat anga otashi qahri xudoy.
Yuz uza churuk yog`och erdi burun, Har era ul borsa, borib ul burun. Baski sovuq yuzlik edi tirojon, Qochmoqi andin tilar erdi yilon.
Oti aning Foruqai joduvon, Qo`rqar edi haybatidin insu jon.
Otasining oti Raqibi muhib, Hokimi darbardi «Visoli habib»...
Foruqa jodugarlik ham qiladi. U mast bo`lib qolgan Fuodga o`zini Husn sifat qilib ko`rsatishga harakat qiladi. Fuod bilan Husn turmushni buzmoqchi bo`ladi. Lekin siri fosh bo`lgach, g`azablanib, Fuod bilan Nazarni dorga osmoqchi bo`ladi. Ammo Shohriyori Ishqning zarbasiga uchrab, tog`dan-toqqa qochib, qilmishiga yarasha jazolanadi.
Nishotiy Foruqani eng yomon va zararli og`uga o`xshatadi va bunday kishilarni jamiyatdan quvib, tog`-tomiri bilan supurib toshlashga undaydi. Pirovardida Himmat bilan G`ayrat uni o`tga tashlaydi.
Shayx Zarq obrazi. Nishotiy riyokor shayxlarni kishilarni jaholatga sudraydigan qabih shaxslar sifatida tasvirlab shayx Zirq va Mushridi obrazlarini yaoatadi.
Shayx Zarqda «na zavq, na nur, na ilm, na amal» bor. U bid`at-kasofat nomoyandasi, u hatto, «g`o`lu shayotin»ga ham rahbarlik qiladi:
Zikr aro yo`q edi juz naqsh fikr, Kayfi pareshon bor edi anga fikr... Shayx dema bir yax edi faqshin, Anda na ilmu, na amal, na yaqin...
Shayxning ichi g`oyat qora bo`lib, birovga yaxshilikni ravo ko`rmaydi, doim va`zkonlik qilib, kishilarni aldashga harakat qiladi. Shayx Zarq va uning muridlari doim ko`z yoshi to`kish kerak, chunki ko`z yoshi kimdir, u bilan molu iqbalga etish mumkin, xazina topish uchun mol jonni nazr qilish zarur, deb kishilarni avraydi:
Nazr qilib xalq ango, chun molu jon, Topg`usi ul dahr aro ganji ravon...
Vahmi balo Vahmi balo Aqlshohning vaziridir. Vahmi obrazi balo ismining o`ziyoq uning xalq boshiga balalar keltiruvchi kishi ekanini ko`rsatadi. Shoir ta`biri bilan aytganda:
Oti aning Vahmi balojo` edi, Baddimu baddin edi, badgo` edi...
Vahmning eng yaramas va xavfli xisloti uning chaqimchiligidir. Kutilmagan
joylarda paydo bo`lib, birovlarning gapini tinglash va chin gapni qo`yib, yolg`on so`zlash uning odatidir. U ana shu yaramas odati tufayli, Fuod va Nazarning boshiga kulfat soladi, Aqlshohni husn va Ishqqa qarshi qo`shin tortishga majbur etadi.
Dostonda Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida «Shah keltirilgan boz va
Bulbul», Gul va Daf», «Nay va Shamshod» masalalar «Kosai va Nargis»,
«Binafsha va Chang» kabi masallar ham keltirilgan bo`lib, ular dostonning uzviy qismini tashkil etadi. Shu bilan birga bu masalalar dostondagi voqealardan qat`i
nazar, mustaqil asarlar sifatida ham ko`zga tashlanib turadiki, ularni ko`zlan
kechirish maqsadga muvofiqdir.

Download 97,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish