Fe’lning zamon kategoriyasi
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi va ular zamon qo‘shimchalari hisoblanadi.
O‘tgan zamon
-di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b), -gan edi, -gan ekan qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan fe’llarga o‘tgan zamon fe’llari deyiladi.
O‘tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi.
Masalan: — Ehtimol, — dedi Otabek va nima uchundir g‘ayri-ixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzida
bir o‘zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o‘zgarishdan Rahmat xabarsiz
bo‘lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta’qib etar edi. Bu ta’qib Otabekdagi haligi
o‘zga-rishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to‘g‘rida bir mulohaza aytish, albatta
mumkin emas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar. (‘’O’tgan kunlar’’)
Hozirgi zamon
Hozirgi zamon shakllari – harakat va holatning nutq so`zlanib turgan paytda sodir bo`layotganligini bildiradi: Siz oliy o`quv yurtiga kirish uchun tayyorlanayapsiz.
Hosil bo`lishi: 1. -yap (yotib) shaklini tuslash bilan hosil qilinadi: Juda chiroyli muomala qilyapsiz.(P.Qod.)
2. -yotir/ayotir shaklini tuslash bilan yasaladi: O`tib borayotir qanchalar kalom…(A.Orip.)
3. -moqda shaklini tuslash bilan yasaladi: Tong otmoqda, tong o`qlar otar... (R.Parfi)
Masalan: Qutidor qizining peshonasini ushladi:
— Ey-ha, Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi. — O‘zingni teja qizim, o‘rningni qalin
qilib burkanib yot, terlasang yorisharsan, qizim. To‘ybeka, Kumushning choyini oqlab
ber-chi.
Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi:
— Issig‘i bor, yuzi ham qizarib bo‘rtib turibdir.
O‘zining ruhsiz tovushi bilan Oysha buvi ham gapka aralashdi
4. yot, tur, o`tir, yur ko`makchi fe’llari -(i)b shakli orqali tuslanib, hozirgi zamonni ifodalaydi: Mayin shamol esib turibdi. U do`stini kutib turibdi. Bola kitob o`qib o`tiribdi. Imtihonlarga tayyorlanib yuribmiz. Mushuk o`ljasini poylab yotibdi.
Hozirgi zamon shakli o`zaro ma’noviy emas, uslubiy qo`llanishi bilan farqlanadi. Hozirgi zomon shakllarining barchasi uchun xos bo`lgan muhim xususiyat ularning davomiyligi. Harakat o`tgan zamonda boshlanib, kelasi zamonda tugaydi. Shu sababli manbalarda bu zamon hozirgi zamon davom fe’li, ba’zan hozirgi kelasi zamon ham deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |